1. Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari
Download 59.4 Kb.
|
soliq v abyujet
2.2. Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo‘lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas. G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L.Xarrot, N.Kaldor, A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasini yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, frantsuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funktsiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish. Uning fikriga ko‘ra birinchi funktsiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yuli bilan amalga oshiriladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funktsiyasi I.Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo‘lib ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo‘la olmaydi. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqe’likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi. Bizning fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: 1. Soliqning fiskal funktsiyasi 2. Tartibga solish funktsiyasi. 3. Rag‘batlantirish funktsiyaschi 4. Soliqning nazorat funktsiyasi. 5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi. 1. Soliqlarning asosiy funktsiyasi - fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o‘z daromadlari manbaiga ega bo‘lmagan qismini (ko‘pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zining mablag‘i etishmaydigan tarmoqlarni (fundamental opgan, teatrlar, muzeylar, ko‘plab o‘quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari ko‘p moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funktsiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xo‘jaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak. Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali hosil bo‘ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo‘shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo‘yicha tortiladi. Soliqlarning ko‘pchiligi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini o‘zgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi. Download 59.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling