1. Chakka suyagi tuzilishi va kanallari. Ponasimon suyak tuzilishi,teshiklari. Tepa suyagi tuzilishi


G’alvirsimon suyak(os ethmoidale)


Download 28.37 Kb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1297480
1   2   3   4
Bog'liq
Savol-Javoblar.kalla

G’alvirsimon suyak(os ethmoidale)

kalla asosining oldingi qismida joylashgan, ko’z kosasi va burun bo’shlig’ining devorlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Bu suyak 3qismdan iborat:

  • 1.G’alvirsimon plastinka (lamina cribrosa)- gorizontal joylashgan bo’lib, unda g’alvirsimon teshiklar(foramen cribrosa) joylashgan bo’lib,undan 1-juft nerv hidlov nervi(nervus olfactories) o’tadi. G’alvirsimon plastinka ustida xo’roz tojiga o’xshash o’simta(crista galli) va uning qanotlari(ala crista galli) bor. 2.Perpendikulyar plastinka(lamina perpendicularis) – pastga yo’nalib, burun to’sig’ining yuqori qismini hosil qiladi.

3.G’alvirsimon labirintlar(labyrinthus ethmoidalis)- 1juft bo’lib, havo saqlovchi g’ovak katakchalardan(cellulae ethmoidales anterior, media et posterior) dan iborat.
Bundan tashqari ko’z kosasini ichki devorini hosil qiladigan lamina orbitalis plastinkasi mavjud.



  1. Os frontale(peshona suyagi)

Peshona suyagi toq bo’lib,kalla qopqog’ining oldingi qismini hosil qilishda ishtirok etadi.Bu suyakning 2ta yuzasi bor:
1.Tashqi tomonga qaragan facies externa
2.Miyaga qaragan ichki yuzasi facies interna Peshona suyagining 3ta qismi bor:serbar qism(squama frontalis), juft ko’z kosasi va burun qismlari bor.Serbar qismining tashqi yuzasida 1juft peshona bo’rtig’i (tuber frontale), uning o’rtasida burun usti sohasi(glabella)joylashgan.Peshona qirrasining asosida ko’r teshik(foramen caecum) joylashgan.



  1. Ensa suyagi(os occipitale) – 3qismdan iborat:

a) asosiy qism – pars basilaris
b) yon qismlari – pars lateralis
c) serbar qismi – pars squama
Bu qismlar birlashib, kalla bo’shlig’ini umurtqa kanali bilan qo’shuvchi katta teshik (foramen magnum) ni hosil qiladi.
Asosiy qismi(pars basilaris) – old tomonda bo’lib, ponasimon suyak tanasiga qo’shilib ketadi va shu sohada nishab(clivus) ni hosil qilgan.
Yon( pars lateral) qismining tashqi yuzasida – bo’g’im bo’rtig’i (condylus occipitalis) va uning o’rtasida til osti nervi kanali( canalis hypoglossalis) o’tadi. Ensa bo’rtig’ining orqa tomonida bo’g’im chuqurchasi (fossa condylaris), uning tubida esa bo’g’im kanali (canalis condylaris) bor.
Serbar qismi(squama occipitalis)- ichki yuzasining o’rtasida xochsimon tepalik(eminentia cruciformis) serbar qismini 4ta chuqurchaga bo’ladi,uning markazida ichki ensa bo’rtig’i (protuberantia occipitalis interna) bor. U pastga tomon torayib, ichki ensa qirrasiga(crista occipitalis interna) ga davom etadi. Serbar qismlarning 4ta qismi uzunasiga va ko’ndalangiga vena egatlar yordamida ajratilgan.
9. YUQORI JAG’(OS MAXILLA)

  • Yuqori jag’ (os maxilla)- juft suyak bo’lib, uning tanasi(corpus), 4ta o’simtasi(processus) va 4ta yuzalari(facies) bor.Yuzalari:

  • 1.Facies anterior

  • 2.Facies orbitalis

  • 3.Facies nasalis

  • 4.Facies infratemporalis

  • Yuqori jag’ tanasida(corpus)- havo saqlaydigan yuqori jag’ bo’shlig’i(gaymor bo’shlig’i) ya’ni sinus maxillaris bo’lib,u burun bo’shlig’iga tirqish(hiatus maxillaris) orqali ochiladi.4ta o’simtalari:

  • 1.Processus frontalis

  • 2.Processus zygomaticus

  • 3.Processus alveolaris

  • 4.Processus palatinus

  • Tanglay o’simtasida keskich kanal(canalis incisivus) teshigi bor. Undan n.incisivus o’tib,yuqorigi kesuv va qoziq tishlarni innervatsiyalaydi.

  • Facies anterior yani oldingi yuzasida foramen infraorbitalis(ko’z kosasi osti teshigi) bu teshikdan n.infraorbitalis o’tib yuqori jag’dagi kesuv,qoziq va qisman premolyar tishlarni innervatsiyalaydi.Bu teshikdan pastroqda fossa canina (it chuqurchasi) joylashgan.Ko’z kosasi yuzasidan margo infraorbitalis(ko’z kosasi osti qirrasi) bilan ajralib turadi.

  • Facies orbitalis(ko’z kosasi yuzasi)- ko’z kosasining pastki devorini tashkil qiladi.

  • Facies nasalis(burun yuzasi)- burun bo’shlig’ining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi.

  • Facies infratemporalis(chakka osti yuzasi)- chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalarni hosil qilishda qatnashadi.Bu yuzada yuqori jag’ bo’rtig’i( tuber maxilla), unda yuqori jag’ning orqa alveolyar teshiklari(foramin alveolaris posterior) mavjud.

10. PASTKI JAG’(OS MANDIBULA)



  • Pastki jag(os mandibula)- toq suyak bo’lib,chakka suyagi bilan birgalikda chakka pastki jag’ bo’g’imini hosil qiladi.Pastki jag’ quyidagi qismlari bor:corpus mandibula(tanasi yoki bazisi), ramus mandibula(shox qismi) va 2ta o’sig’i bor ya’ni oldingi tojsimon o’simta(processus coronoideus) va orqa bo’g’im o’simtasi(processus condylaris) bor.Ikkita teshigi mavjud:a) foramen mentale va b)foramen mandibular

11. Yonoq suyagi(os zygomaticum)





  • Yonoq suyagi eng qattiq bo’lib,3ta yuzalari va 2ta o’simtasi bor:

  • 1.Facies lateralis- foramen zygomaticofaciale(yonoq- yuz teshigi) bor.

  • 2.Facies temporalis- foramen zygomaticotemporale(yonoq- chakka teshigi) bor.

  • 3.Facies orbitalis- ko’z kosasining lateral-pastki devorini hosil qilib, unda foramen zygomaticoorbitale teshigi) bor.

  • O’siqlari: processus frontalis(peshonaning yonoq o’simtasi bilan birikadi) va processus temporalis(chakka suyagining yonoq o’simtasi bilan qo’shilib, arcus zygomaticusni hosil qiladi).

12. TANGLAY SUYAGI(OS PALATINUM)

  • Tanglay suyagi juft bo’lib, sutura palatina mediana(o’rta tanglay choki) yordamida birikkan. Bu suyakda 2ta plastinka bor:lamina horizontalis et lamina perpendicularis. Bu ikkala plastinka birikib o’rta chok ya’ni sutura palatina mediana ni hosil qilib, qattiq tanglay (palatinum osseum) ni hosil qiladi.

  • Perpendikulyar plastinka burun bo’shlig’ining lateral devorini hosil qiladi.Bu qismda canalis palatinus major et minor bo’lib, katta va kichik tanglay teshiklari (foramenlari) bo’lib ochiladi.


  • Download 28.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling