1. Chakka suyagi tuzilishi va kanallari. Ponasimon suyak tuzilishi,teshiklari. Tepa suyagi tuzilishi
Download 28.37 Kb.
|
Savol-Javoblar.kalla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foramenlari(teshik)
Ponasimon suyak(os sphenoidale) juda murakkab tuzilgan bo’lib,kalla suyagining asosi o’rtasida deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashgan holda joylashgan.Ponasimon suyaktaning tanasi(corpus), katta va kichik qanotlari(ala major, ala minor) va qa notsimon o’simtasi(processus pterygoideus) qismlari mavjud. Ponasimon suyak tanasi(corpus) noto’g’ri kub shaklida.Uning ichida havo ponasimon bo’shliq (sinus sphenoidale) bor. Suyakning yuqori ya’ni miyaga qaragan yuzasi,orqa, oldingi,pastki va 2ta yon yuzalari bor.Suyak tanasining yuqori yuzasining o’rta qismida turk egarchasi(sella turcica) joylashgan bo’lib,unda gipofiz bezi joylashgan. Foramenlari(teshik)
1.Canalis opticus 2.Fissura obitalis superior 3.Foramen rotundum 4.Foramen ovale 5.Foramen spinosum 6.Foramen lacerum 7. Canalis carotica Сanalis opticusdan bosh miyaning 12juft nevlaridan 2-juft nerv nervus opticus o’tadi. Fissura orbitalis superiordan 3-juft nervus oculomatorius,4-juft nervus trochlearis 6-juftnervus abducens o’tadi. Foramen rotundum dan nervus maxillaris o’tadi. Foramen ovale dan nervus mandibularis o’tadi. Tepa suyagi(os parietale) – juft bo’lib, kalla qopqog’ining yuqori yon qismlarni tashkil etadi. Bu suyak to’rt qirrali va to’rt burchakli suyakdir. Tepa suyagi margo frontalis yordamida peshona suyagi bilan va shu sohada angulus frontalisni, margo occipitalis yordamida ensa suyagi bilan va shu sohada angulus occipitalisni, margo squomosos yordamida ponasimon suyakning katta qanoti va chakka suyagining pallasi(pars squomosa) bilan va shu sohada angulus sphenoidal va angulus mastoideusni hosil qiladi. Ikkita tepa suyaklari o’zaro margo saggitalis yordamida birikkan. Qavariq tashqi yuzasining markazida tepa bo’rtig’i (tuber parietale) joylashgan, undan pastroqda chakka mushaklari boshlanadigan ustki va pastki chakka chiziqlari( linea temporalis superior et inferior) joylashgan. Download 28.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling