Nervus olfactorii
Download 6.28 Kb.
|
`12 juft
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nervus oculomotorius
- Nervus trochlearis
- Nervus abducens
- Nervus accessories
Nervus olfactorii meatus nasi superiordagi regio olfactoria sohasida joylashgan(burun shilliq qavatida). Hidlov neyronidan akson chiqadi u fila olfactoria deyiladi. Har bir tomondan15-20 ta fila olfactoria chiqadi. Ular bulbus olfactoriusga(Mitral hujayralar) boradi. Mitral hujayralari aksonlari tractus olfactoriusni hosil qiladi va trigonum olfactoriumga boradi. Trigonum olfactoriumdagi hujayralar 3 ta lateral, oraliq, medial tutam hosil qilib po’stlog’dagi hidlov markazlariga boradi. Nervus oculomotorius o’rta miya moddasidan (miya oyoqchalari asosida oq moda ichida 3- va 4-juft nervlar yadrolari joylashgan) fossa interpedincularis miya oyoqchalari o’rtasidan chiqadi. Fissura orbitalis superior orqali ko’z kosasiga kiradi. Ko’z kosasida 2 ta tarmoq hosil qiladi: ramus superior va ramus inferiror. 1) ustki shox (ramus superior) - ustki qovoqni ko' taruvchi muskullar (mm. levator palpebrae superior) va ustki to'g'ri muskul (m. rectus superior) ga boradi; 2) pastki shox (ramus inferior) - pastki qiyshiq muskul (m. obliquus inferior), pastki to'g'ri muskul (m. rectus inferior) va ichki to'gri muskul (m. rectus medialis) ga boradi. Parasimpatik tolar qorachiqni toraytiruvchi muskul (m.sphincter pupillae) va kipriksimon muskul (m.ciliaris ko’z gavharini harakati). Nervus trochlearis nery tolalari dastlab orqaga yo’naladi yuqori miya chodirining yonidan chiqib qarama qarshi tomonga yo’naladi so’ng tolalar oldingi tarafga o’tadi va fissura orbitalis superior orqali ko’z kosasiga kiradi. Ko’z soqqasini ustki qiyshiq muskuli (m.obliquus superior) ni innervatsiyalaydi. Nervus abducens uzunchoq miya bilan ko’prik orasidagi orqa ko’ndalang egatdan chiqadi ( yana bu egatdan 7- va 8- juft nervlar chiqadi) va fissura orbitalis superior orqali ko’z kosasiga kiradi. Ko’zni tashqi to’g’ri muskulini (m.rectus lateralis) ni innervatsiyalaydi. Nervus accessories asosan harakatlantiruvchi tolalardan tuzilgan. Uzunchoq miyadan bir necha ildizchalar bilan chiqib, so'ng birlashadi. Ustki ildizchalar uzunchog miyadagi adashgan nerv chiqgan egatdan, pastki ildizchalar esa orqa miyaning V - VI bo'yin segmentlaridan chiquvchi nervlarning oldingi hamda orqa ildizchalari o'rtasidan chigadi bir-biri bilan yo'l-yo'lakay qo shilib, yuqoriga ko tarilib foramen magnum orqali kalla bo’shlig’iga kiradi. Ustki va pastki ildizlar qo’shilib turuncus n.accessoriini hosil qiladi. Bu nerv kalla ichidan tashqariga foramen jugulare orqali chiqadi va 2ta ichki va tashqi tarmoqqa bo'linadi.Ichki tarmoq - ramus internus adashgan nervga qo'shilib ketadi, tashqi tarmoq - ramus externus m. sterno- cleidomastoideus, m. trapezius ga tarmoqlar beradi. Download 6.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling