1. Changlanish. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet3/7
Sana29.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1308066
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
changlanish gullarni changlanishga

О‘z-о‘zidan changlanish. Ikki jinsli gulning changchilarida yetilgan changning ayni shu gul urug‘chisi tumshuqchasiga tushishidir. Agar bir о‘simlik gulidagi changchilar ikkinchi о‘simlik gulidagi urug‘chi tumshuqchasiga tushsa chetdan changlanish sodir bо‘ladi. Chetdan changlanish gulli о‘simliklarning asosiy changlanish usuli hisoblanib, u kо‘pchilik turlar uchun xosdir. О‘z-о‘zidan changlanishning bir necha kо‘rinishlari ajratiladi. Agarda ayni bir guldagi changch bilan urug‘chi changlansa, avtogamiya deb ataladi.
Changlarning urug‘chi tumshuqchasiga tushishini changlanish deyiladi. U bir necha xil usulda boradi: 1) О‘z-о‘zidan changlanish – avtogamiya (avto - о‘z-о‘zidan gamos - qо‘shilish) (138-rasm).
138-rasm. Asarum europaeum dagi o`zidan changlanish. 1-pixi; 2- changchisi.

2) Chetdan changlanish – allogamiya (allos - boshqa). Avtogamiyada chang shu gul urug‘chisining tumshug‘chasiga tushadi va changlantiradi. Geytonogamiya (geyton - qо‘shni) - bir о‘simlik guli changining shu о‘simlikdagi boshqa gulning urug‘chisiga tushib changlantiradi. Ksenogamiya (ksenos - begona) – bir о‘simlik guli changining boshqa о‘simlik guli tumshuqchasiga kelib tushishi va changlantirishi.


1. Dixogamiy. Ba’zi gullarda о‘z-о‘zidan changlanishga qarshi moslamalari bо‘lishi mumkin. Masalan, dixogamiyada changchilar bilan urug‘chi bir vaqtda yetilmaydi. Changdonlar urug‘chi yetilishidan oldin yorilsa – proterandriya deyiladi (gerangullilar, gulxayridoshlar, murakkabguldoshlarda, piyozguldoshlarda). Tumshuqcha changdon yorilishidan avval yetilsa, proteroginiya deyiladi (karamguldoshlar, atirguldoshlar, boshoqdoshlarda)
2. Geterostiliya. Ba’zi о‘simliklarning bir xil gullari ustunchasi − uzun, bir xillariniki esa kalta yoki о‘rtacha bо‘lishi mumkin. Ba’zi gullarining changchilari tumshuqchadan qisqaroq, ba’zilariniki balandroq, ba’zilariniki urug‘chi tumshuqcha bilan bir tekis joylashgan bо‘ladi. Bu hodisaga geterostiliya yoki turlicha ustunchali deyiladi (139-rasm.).
139-rasm. Navro`zguldagi geterostiliya hodisasi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling