1. Changlanish. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet4/7
Sana29.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1308066
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
changlanish gullarni changlanishga

3. Nomuvofiqlik. Urug`chi o’z tumshuqchasiga tushgan changni qabul qilmaydi va changning o’sishiga to’sqinlik qiladi. Bu hodisa nomuvofiqlik hodisasi deyiladi. Chang urug`chi tumshuqchasiga tushgandan so’ng u o’sa boshlaydi. Chang o’sishi ob-havo sharoiti hamda o’simliklarning gullash davriga bog`liq bo’lib, o’sish vaqtida shishadi, keyin ekzin teshikchalari (paralari) orqali o’simta sifatida chang naychalari chiqadi ba’zan bitta changdan bir nechta chang naychalari hosil bo’lishi mumkin (masalan qovoqdoshlar, gulxayridoshlar oilalarida), biroq ulardan faqat bittasi o’sib rivojlanadi boshqalari esa qurib qoladi.
Gullashning mohiyati changdonning ochilishi, urug‘chi tumshuqchasining chang qabul qilishga tayyorlanishidan iborat bо‘ladi. Gul generativ kurtakdan paydo bо‘ladi. Ochilmagan gulkurtakka g‘uncha deyiladi. G‘unchada gul a’zolari ekzogen bо‘rtmalar holatida akropetal rivojlanadi. Gulning rivojlanish davrida uning ichki a’zolarining tezroq taraqqiy etishi g‘unchaning ochilishiga sabab bо‘ladi. Gullashning oxirida tojbarglar kattalashadi. Gullash, ya’ni gul ochilgandan to tamom bо‘lgungacha bо‘lgan vaqt bir-ikki soatdan bir necha haftagacha chо‘zilishi mumkin. Ba’zi boshoqdoshlarda urug‘chi tumshuqchasi 3-4 sutka davomida yetilib turadi. Sо‘ngra changdon yorilib chang chiqadi.
Changlanish usullari
Entomofiliya. О‘simliklar chetdan hasharotlar yordamida changlansa entomofiliya (entomos - hasharot) deyiladi. Entomofil о‘simliklarning kosacha va tojbarglari och ranglarda va gullari yirik (Rafflesia arnoldii gulining diametri 1m, kо‘knoridoshlarning, lolalarning gullari) hidlari yaxshi bо‘ladi. Ba’zi о‘simliklarning gullari sassiq hid chiqaradi. Unday gullarning о‘ziga xos hasharotlari bо‘ladi.
Ba’zi hasharotlar gulga niktar uchun emas, chang uchun keladi: masalan, na’matak о‘simligining changi tarkibida 15-30% gacha oqsil bо‘ladi, hasharotlar uchun tо‘yimli ovqat hisoblanadi. Ba’zi hasharotlar (asalari, qovoq arilar) esa changlarni yemasdan, lichinkalari uchun uyalarining kataklariga tо‘ldiradi.

140-rasm. Orxisguldoshlarning changlanishi: 1-orxideya gulining oldingi tomonida ko`rinishi; 2-tumshuqcha va changchi; 3-polliniylarning shirali yostiqchali bandi; 4-gulqo`rg`onsiz gulning yon tomondan ko`rinishi; 5-orxisgul polinariyasi bor hasharot; n1-n2- polinariyaning boshlang`ich holati; пл-polliniy; пб-polliniy bandi; ше-shirali yastiqcha; n- polinariyl T-urug`chi tugun; p-tumshuqcha; чя-changdon yarmi; nux- pix.


Zoofiliya. Tropik regionlarda gullar turli xil umurtqali hayvonlar: qushlar, kо‘rshapalaklar bilan changlanadi. Bu hayvonlar gulning gulshiralari bilan ovqatlanadi. Bular qatoriga kolibrlar, Avstraliyadagi asal sо‘ruvchilar, Afrikadagi niktarchilar misol bо‘ladi.
Tropik mintaqalarda ba’zi о‘simliklar kо‘rshapalaklar bilan changlanadilar va ularni – xiropterofiliya deyiladi. Kо‘rshapalaklar uchun tunda guli ochiladigan kо‘p nektar ajratadigan yoqimsiz hidli, shilimshiq moddalar ishlab chiqaradigan kо‘p changi bо‘lgan, tо‘pgulida guli mustahkam turadigan о‘simliklar kerak. Amerika va Тropik Osiyo iqlim sharoitida o’sadigan bazi bir o’simliklar (baobab, bananning bazi turlari, Janubiy Amerika jun daraxti va Osiyo Durmani) esa ko’rshapalak yordamida changlanadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling