1 Chet el psixologiyasida shaxs nazariyasi


Download 116.26 Kb.
bet14/20
Sana12.02.2023
Hajmi116.26 Kb.
#1192225
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Xolbotirov Sherzodning psixologiyadan tayyorlagan slaydi

Analizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi. Analizatorning o‘zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat. mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig‘ining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. analizatorning o‘zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.

Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi.

Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.

Sezgi turlari va uning qonuniyatlari

Bizni o`rab turgan va mavjud bo`lgan barcha narsa va hodisalar o`zga xos xususiyatlarga ega. Xususiyatlar bu predmetlarning belgilaridir.

Belgi bu predmetni boshqalardan ajratadigan omilidir. Xususiyatlar bevosita bizning ongimizda aks etib, bunda sezgi organlari ko`rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri tuyushni roli katta. Bu eng oddiy psixik jarayon bo`lib, narsa va hodisalarning xususiyatlari fizik jarayonlarni sezgi organlariga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning xususiyatlarini alohida-alohida namoyon bo`lishi sezgi deb ataladi. Sezgi paydo bo`lishi uchun nima zarur? 1. Buning uchun biror sezgi organiga ta’sir etuvchi predmet zarur. 2. Sezuvchi apparat zarur.

Aks etish xususiyatiga va retseptorlarining joylashgan urniga qarab sezgilar odatda 3-guruhga ajratiladi. 1. Tashki muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo`lgan eksterotseptiv sezgilar. 2. Tananing ichki a’zolarida va to`qimalarida joylashgan hamda ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptoralarga ega bo`lgan interotseptiv sezgilar. 3. Retseptorlari mushaklarda va paytlarda o`rnashgan propriotseptiv sezgilar: ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi. Ba’zi sezgi turlarida adaptatsiya hodisasi mavjud bo`lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o`zgarishlariga va taassurotlariga moslashish ko`nikish imkoniyatini beradi. Sezgilar doimo ta’sirning kuchiga bog`liq bo`ladi, shuning uchun sezgilar ma’lum chegara ichida hosil bo`ladi. Sezgilar doimo bir-biriga ta’sir etadi va o`zaro munosabatda bo`ladi. Analizatorning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi.


Download 116.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling