1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
10 SINF KONS[1]
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. 5. 120 g 60% natriy ishqorining eritmasini neytrallash uchun qanday massadagi (g) propion kislotasi kerak bo‘ladi. 6. 400 g 20% natriy ishqorining eritmasini neytrallash uchun qanday massadagi (g) moy kislotasi kerak bo‘ladi. 7. 80 g 80% natriy ishqorining eritmasini neytrallash uchun qanday massadagi (g) valerian kislotasi kerak bo‘ladi. 8. 90 g massadagi sirka kislotasiga, kaliy metali qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan tuzning massasini (g) hisoblang. 9. 29,6 g massadagi propion kislotasiga, natriy metali qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan tuzning massasini (g) hisoblang. VII. Dars bayoni: Nomenklaturasi. Sistematik (xalqaro) nomenklatura bo‘yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to‘yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi oldiga ikkinchi radikal (R O Alkoksigruppa) nomi qo‘shiladi. Masalan:
CH3 O CH2 CH3 metoksietan C2H5 O C4H9 etoksibutan Oddiy efirlar asosan ratsional nomeklaturaga muvofiq, radikallar nomiga efir so‘zi qo‘shib aytiladi. Masalan: CH3 O CH3 C2H5 O C2H5 dimetil efiri dietil efiri Dimetil efir Dietil efir Izomeriyasi. Oddiy efirlarda radikallarni turini o‘zgarishiga ko‘ra izomeriya kuzatiladi. Masalan: metilpropil efir, metilizopropil efir, dimetil efir Umumiy formulasi R—O—R’ bo‘lgan organik birikmalarga oddiy efirlar deyiladi. Oddiy efirlarga spirt gidroksil guruhlarining vodorod atomi o‘rniga radikal almashingan yoki suv molekulasidagi ikkita vodorod atomi o‘rniga radikallar almashingan deb qarash ham mumkin. CH3 O CH3 + HI CH3 O H + CH3 I Oddiy efirlar va bir atomli to‘yingan spirtlarning empirik formulasi bilan bir xil, shuning uchun ularda sinflararo izomeriya kuzatiladi. Masalan:
C2H5OH CH3 O CH3 C3H7OH CH3 O CH2 CH3 Olinish usullari. Dietil efir etil spirtini sulfat kislota ishirokida qizdirilishi bilan olinadi. 2C2H5OH C2H5 O C2H5 + H2O Sanoatda spirt bug‘larini yuqori haroratda katalizator ustidan o‘tkazib olinadi. Masalan: dimetil efir olish uchun metil spirt bug‘i ustidan temperature ta’sirida Al2O3 o‘tkaziladi. CH3OH + CH3OH CH3 O CH3 + H2O Fizik xossalari. Dimetil va etilmetil efirlar gaz, o‘rta vakillari suyuqlik, yuqori molekulalari qattiq moddalardir. Kimyoviy xossalari. Efirlar oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydigan barqaror moddalardir. Ular ishqor va suyultirilgan kislotalar ta’sirida o‘zgarmaydi, shuning uchun ko‘pgina kimyoviy reaksiyalarda erituvchi sifatida ishlatiladi. 1. Oddiy efirlar konsentrlangan yodid kislota ta’sirida spirt va alkilgalogenidlarga parchalanadi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling