1-dars “A” test til—ijtimoiy hodisa


Download 20.07 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi20.07 Kb.
#256016
  1   2
Bog'liq
1-dars A


1-DARS “A” test TIL—IJTIMOIY HODISA

  1. Qaysi javobda dunyoda so’z jihatdan eng badavlat til nomi berilgan?

A) arab tili B) ingliz tili C) ispan tili D) xitoy tili

  1. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bugungi kunda insoniyat nechta tildan muomala vositasi sifatida foydalanib kelmoqda?

A) 3000 B) 5000 C) 7000 D) 9000

  1. Quyida ko’rsatilgan davlatlarning qaysi birida fors tili aloqa-aralashuv quroli sanaladi?

A) Tojikiston B) Qatar C) Eron D) Yaman

  1. Ma’lumki, jamiyatdan uzilgan, insonlarning aloqa-aralashuviga xizmat qilmaydigan til o’lik til sanaladi. Qaysi javobda ana shunday til nomi berilgan?

A) boshqird tili B) shved tili

C) lotin tili D) mo’g’ul tili



  1. Qaysi ilmiy mulohaza to’g’ri emas?

A) Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi.

B) Har qanday til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi.

C) Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh tillar sanaladi.

D) Dunyo tillar qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi.



  1. Qaysi javoda turkiy tillar oilasiga mansub bo’lmagan tillar berilgan?

A) qoraqalpoq, turkman, qozoq

B) ozarbayjon, tatar, chuvash

C) tojik, afg’on, arab

D) gagauz, xakas, yoqut



  1. Hozirgi Xitoy Xalq Respublikasi hududida yashayotgan turkkyzabon xalq nomi qaysi javobda qayd etilgan?

A) boshqird B) uyg’ur C) qirg’iz D) tuva

  1. Qaysi javobda qadimgi oltoy tilidan kelib chiqmagan, tarixiy ildizlari turkiy tillar bilan tutashmaydigan til nomi qayd etilgan? A) yapon tili B) koreys tili

C) tungus-manjur tili D) xitoy tili

  1. Turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub tillar berilgan javobni toping.

A) o’zbek, uyg’ur B) turk, turkman

C) qirg’iz, qozoq D) tojik, afg’on



  1. Usmonli turk va ozar tili turkiy tillar oilasining qaysi guruhiga mansub?

A) qorluq guruhi B) o’g’uz guruhi

C) qipchoq guruhi D) chigil guruhi



  1. “Ozbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi”.

“Davlat tili haqida”gi Qonunning nechanchi moddasida shunday deb bitilgan?

A) 1-modda B) 2-modda C) 18-modda D) 24-modda



  1. “Davlat tili haqida”gi Qonun necha moddadan iborat?

A) 128 modda B) 96 modda C) 52 modda D) 24 modda

  1. Qaysi javobda bir-biriga qarindosh bo’lgan tillar nomi berilgan?

A) rus, fors, ingliz B) yapon, hind, golland

C) xitoy, koreys, mo’g’ul D) afg’on, arab, turkman



  1. Qaysi javobda xalqaro tillar nomi berilgan?

A) ingliz, ispan, fransuz, rus, arab, xitoy

B) ingliz, hind, xitoy, yapon, rus, ispan

C) xitoy, hind, ingliz, nemis, fransuz, rus

D) fransuz, nemis, ispan, italyan, ingliz, Portugal



  1. Bugungi kunda turkiy tillar oilasi nechta tilni qamrab oladi?

A) yigitmaga yaqin B) o’ttizga yaqin

C) qirqqa yaqin D) yuzga yaqin




Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling