1-dars “A” test til—ijtimoiy hodisa


Download 20.07 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi20.07 Kb.
#256016
1   2
Bog'liq
1-dars A

MORFOLOGIYAGA KIRISH

  1. So’zlarning atash ma’nolarini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi qanday nomlanadi?

A) morfologiya B) leksikologiya

C) leksikografiya D) morfemika



  1. So’zlarning borliqdagi ma’lum narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat kabilarni ifodalashi qaysi ma’nosi sanaladi?

A) grammatik ma’nosi B) uslubiy ma’nosi

C) atash ma’nosi D) ko’chma ma’nosi



  1. So’zlarni turkumlarga ajratishda, avvalo, qanday xususiyati hisobga olinadi?

A)gapdagi sintaktik vazifasi

B)umumiy grammatik ma’nosi

C)yasalishi va yasalish uchun asos bo’lishi

D)atash ma’nosining bor-yo’qligi



  1. Grammatik shakllar deganda qanday qo’shimchalar tushuniladi?

A) so’z yasovchi qo’shimchalar

B) lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar

C) shakl yasovchi qo’shimchalar

D) sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar



  1. Qaysi javobda yordamchi so’zlar(ko’makchi, bog’lovchi, yuklama)larga xos bo’lgan xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan?

1) atash ma’nosiga ega emas;

2) ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydi;

3) gapda sintaktik vazifa bajarmaydi;

4) grammatik ma’noga ega emas.

A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4


  1. Qaysi javobda atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlar berilgan?

A) shu, o’sha, bu B) hamda, sari, axir

C) chuchuk, beshinchi, ertalab D) Lochin, Zumrad, Rayhon



  1. Qaysi turkumga oid so’zlar harakat-holatning belgisini ifodalashga xizmat qiladi?

A) ot B) sifat C) ravish D) fe’l

  1. Ovchi qo’liga dasht durbinini oldi va atrofni sinchkovlik bilan uzoq kuzatib turdi.

Ushbu gapda nechta so’z atash(leksik) ma’nosiga ega emas?

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta



  1. Qanday so’zlar atash ma’nosiga ega bo’lmaydi?

1) mustaqil fe’llar 2) ko’makchi fe’llar 3) to’liqsiz fe’llar

4) olmoshlar 5) atoqli otlar

A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 3,4,5 D) 2,3,4


  1. So’zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o’rganuvchi tilshunoslik qanday nomlanadi?

A) morfologiya B) leksikologiya

C) sintaksis D) morfemika



  1. Qaysi javobda “olmalarni” so’zining lug’aviy ma’nolari berilgan?

1) mevali daraxt 2) daraxt mevasi

3) ko’plik ifodalangan ot 4) kelishik ifodalangan ot

A) 1,2 B) 3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,3


  1. Qaysi javobda predmetning belgisini ifodalovchi so’zlar berilgan?

A) gul, tuproq, bog’ B) eski, yassi, chuqur

C) sekin, doim, biroz D) birov, barcha, shunday



  1. Qaysi grammatik ma’no maxsus grammatik shaklsiz ifodalanadi? A) o’tgan zamon B) majhul nisbat

C) bo’lishlilik D) shart mayli

  1. Berilgan so’z tarkibidagi grammatik shakllar qanday grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qilgan? o’qitmadik

1) orttirma nisbat ma’nosi; 2) o’zgan zamon ma’nosi;

3) bo’lishsizlik ma’nosi; 4) I shaxs, ko’plik ma’nosi

A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4


  1. Grammatik ma’nosi umumiy bo’lgan so’zlarni toping.

A) kitob, suv, yaproq B) qizil, oltovlon, bola

C) o’qimoq, jo’rttaga, og’ir D) yozish, olqish, sarg’ish



Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling