1-dars Astronomiya nimani o‘rganadi? Uning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi


Astronomiyaning asosiy bo’limlari


Download 44.38 Kb.
bet3/5
Sana26.06.2023
Hajmi44.38 Kb.
#1655067
1   2   3   4   5
Bog'liq
birinchiMavzu

Astronomiyaning asosiy bo’limlari

Davr o’tishi bilan astronomiyaning amaliy ahamiyati yanada ortdi va butun tabiatshunoslik taraqiyotiga ta’siri kengaydi. 5-тестAstronomiya bir necha bo’limlarga bo’lindi:


1) 6-тестAstrometriya (“astron”... va yunoncha “metrio” o’lchayman) –astronomiyaning eng qadimiy bo’limi. U osmon jismlari vaziyatlarini aniqlash, ular orasidagi burchaklarni o’lchash va yer yuzidagi geografik koordinatalarni hamda azimutni belgilash, aniq vaqtni o’lchash, osmon jismlari diametrlarini va ular sirtidagi detallarning o’zaro uzoqligini aniqlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi.
2) Osmon mexanikasi. Butun olam tortishishi ta’sirida koinot jismlarining haqiqiy harakatlarini o’rganadi va Yer sirtida bo’ladigan ko’tarilish va pasayish qonuniyatlarini o’rganadi.
3) 7-тестAstrofizika – astronomiyaning kosmik jismlar va yulduzlararo muhitning fizik tabiatini, kimyoviy tarkibini hamda ularda bo’ladigan jarayonlarni o’zgarishi bilan shug’ullanuvchi bo’limidir. Astrofizika nazariy va amaliy qismlardan iborat. Amaliy astrofizika koinot jismlari va yulduzlararo muhitni tadbiq etish usul va asboblarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Nazariy astrofizika koinot ob’ektlarining tuzilishi, nurlanishi va taraqqiyotini o’rganadi. Tadqiqot usullariga ko’ra u astrofotometriya, astrospektroskopiya, radioastronomiya, Quyosh va yulduzlar fizikasi, tumanliklar va yulduzlararo muhit fizikasi, kometalar fizikasi va hokozolarga bo’linadi.
4) 8-тестKosmogoniya - koinot jismlari va ularning sistemasining paydo bo’lishi va rivojlanish muammolarini o’rganadi.
5) Kosmologiya – koinotning umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limdir. Kosmologiya va kosmogoniya bo’limlari talabalarda materialistik dunyoqarashni rivojlantiradi.


Astronomiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Zamonaviy astronomiya fizika, matematika, ximiya, biologiya, geografiya va gumanitar fanlar bilan uzviy bog’langan bo’lib, boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanadi va o’z navbatida ularni ham boyitadi. Boshqa fanlar oldiga yangidan-yangi vazifalar qo’yishi bilan ularning taraqqiyotini kuchaytiradi.


Umuman astronomiya tiabiatshunoslik fanlarining hammasi bilan ham uzviy bog’langan bo’lib, biz quyida astronomiyaning har bir fan bilan bog’likligini alohida-alohida ko’rib chiqamiz.
a) Astronomiyaning fizika bilan bog’liqligi. Astronomiyaning fizika bilan bog’liqligi, ayniqsa astronomiya kursining astrofizika bo’limini o’tishda yaqqol seziladi. Fizika fanidan olingan bilimlarni mana shu bo’limda ahamiyati kattadir. Masalan, osmon jismlarining magnit maydonida va gravitatsion maydonda harakati, jismlarning fizik holatini molekulyar–kinetik nazariya asosida tushuntirish, nurlanish jarayonlari, issiqlik tarqalishi va atom yadrosining yemirilishi va sintez hollarini tushuntirish fizika bilimlarisiz qiyinchilik tug’diradi. Yulduzlarning gazsimon jismlar ekanligi ma’lum. Ularning nuriy spetrlarini olish bilan yulduzlarning tarkibi, temperaturasi aniqlanadi. Quyosh nurlarining tarqalishida “Optika” bilimlariga asoslanmaslikning iloji yo’q, albatta. Planetalar harakatida esa kinematika va dinamika qonuniyatlariga tayanmaslik mumkin emas. Nьyutonning butun olam tortishish qonunidan olingan bilimlar Neptunning ochilishiga sabab bo’lgan edi.
XIX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab astrofizika astronomiya bilan fizikani bog’lovchi fan sifatida dunyoga keldi. Astronomiyada fotografiya, fotometriya, va ayniqsa, spektral analizning paydo bo’lishi astrofizikani jadal rivojlantirishga imkon berdi. Oy sirti, planetalar, Quyosh shuningdek Somon yo’li va tumanliklarning tuzilishini o’rganishga bag’ishlangan astrofizikaga oid qator tadqiqotlar astronomik kuzatishlarda teleskop tadbiq qilinganidan so’ng bajarildi.
Astrofizika yulduz astronomiyasi, geofizika, kosmogoniya va kosmologiya bilan chambarchas bog’liq. SHuningdek, astrofizik kuzatishlar fizikaning turli muammolarini ham hal qilishga yordam beradi. Masalan, koinot ob’ektlarini kuzatish hozircha laboratoriyada olib bo’lmaydigan fizik jarayonlarni ochishga imkon beradi. Materiyaning o’ta zich holati (1 sm kub hajmda bir necha 10 ming grammdan tortib to million grammgacha bo’lgan holati ), oq karliklar deb ataluvchi maxsus yulduzlar sinfini kuzatish tufayli aniqlandi. Koinotning g’oyat katta qismini kuzatish mumkinligi nazariy fizikaning juda ko’p xulosalarini amalda tekshirishga asoslanib, umumiy nisbiylik nazariyasining to’g’ri ekanligini aniqladi.
Sun’iy yo’ldosh va koinot, raketalarni uchirish o’zlashtirilgandan keyin astrofizika taraqqiyotida katta imkoniyatlar ochildi. Maxsus apparatlar bilan jihozlangan sun’iy yo’ldosh va kosmik raketalar yordamida spektrning ixtiyoriy qismini kuzatib borish mumkin bo’ldi. Yangi imkoniyatlar astrofizikada yangi va istiqbolli yo’nalishning paydo bo’lishiga olib keldi. Ularning qatoriga rentgen astronomiya, gamma astronomiya, kosmik nurlar astronomiyasi va boshqalar kiradi. Ularning ba’zilarida sezilarli yutuqlarga erishildi. Masalan, rentgen nurlarida Quyoshning tasviri olindi. Keyingi yillarda osmonda rentgen nurlarining 10 ga yaqin diskret manbalari topildi. Ulardan biri Savr yulduz turkumida joylashgan Qisqichbaqasimon tumanlikning markaziy qismi ekanligi aniqlandi. Bu tumanlik 1054 yilda o’ta yangi yulduzning portlashi natijasida paydo bo’lganligi aniqlandi.

Download 44.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling