1-dars Astronomiya nimani o‘rganadi? Uning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi
Astronomiya rivojining qisqacha tarixi
Download 44.38 Kb.
|
birinchiMavzu
Astronomiya rivojining qisqacha tarixi.
Astronomiya ham boshqa barcha fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan. Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarda bundan bir necha ming yil avval mavjud bo’lgan. Qadimgi Yunon astronomlari kuzatishlar bilan bir qatorda, kuzatilgan astronomik hodisalarning kelib chiqish sabablarini tushuntirishga ham harakat qilganlar. Xususan, Pifagor Yerning sharsimon shaklda ekanligini aytib o’tgan. Aristotel3-тест esa “Olamni markazida harakatsiz Yer joylashgan”, degan geotsentrik sistemaga asos solgan. 4-тестAleksandriyalik Eratosfen miloddan avvalgi uchinchi asrda birinchilardan bo’lib, Yer meridiani yoyini va keyinchalik shu asosda planetamizning radiusini o’lchadi. Mashhur grek olimi va faylasufi Gipparx yuzlab yulduzlarning koordinatalarini o’zida aks ettirgan birinchi yulduzlar jadvalini tuzdi. Eramizning ikkinchi asrida, mashhur yunon astronomi Klavdiy Ptolemey “Megale sintaksis” nomli asarida yunon astronomiyasi yutuqlarini umumlashtirib planetalarning ko’rinma- sirtmoqsimon harakatlarini tushuntira oladigan va asosida Aristotel va Gipparxlarning geotsentrik nazariyasi yotgan, olam tuzilishi haqidagi yangi ta’limotini yaratdi. Bu ta’limotga ko’ra, o’sha paytda ma’lum bo’lgan beshta sayyora epetsikl deyiluvchi aylanalar bo’ylab, mazkur epetsikllarning markazi esa, yer atrofida deferent deyiluvchi katta aylana bo’ylab aylanadi. Garchi geotsentrik bu nazariya olam tuzilishining haqiqiy manzarasini aks ettirmagan bo’lsada, biroq bu salkam o’n besh asr davomida tan olinib kelindi. IX-XV asrlarda, Yaqin va O’rta SHarq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yirik astronomik rasadxonalar qurib ishga tushirildi. Ularda Al-Battoniy, Al-Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Abdurahmon as-Sufiy va Ibn Yunus kabi mashhur ajdod olimlarimiz ijod qildilar. Xususan, Al-Battoniy yunon astronomiyasi erishgan yutuqlarni umumlashtirib, oy harakatiga doir ba’zi ma’lumotlarni aniqladi. Battoniy Abu Abdulloh Muhammad ibn Jobir (858-Batton -929) falakiyotshunos va riyoziyotchi. Raqqa va Bagʻdodda ijod qilgan. Yevropada Albategnius nomi bilan mashhur. "Sinuslar jadvali tuzishning mavhum usullari bayoni" ("Tajrid usul tarkib al-juy-ub"), "As-Sabiy ziji" ("Az-Zij as-Sa-biʼ") kabi asarlari maʼlum. Battoniy "As-Sabiy ziji"da 1/2 dan oralatib kotangenslar jadvalini bergan. Unda Quyosh va Oyning qaramaqarshi turish jadvali, 273 ta joyning geografik koordinati, 533 ta yulduzning jadvali va b. ham berilgan. Bu asar Yevropada ham trigonometriya fani rivojiga katta hissa qoʻshdi. Oyning koʻrinadigan tomonidagi bitta krater Battoniy nomi bilan atalgan. Al-Farg’oniy (797-865) yozgan “Astronomiya asoslari” nomli asari o’sha davr uchun astronomiyadan o’ziga xos entsiklopediya xizmatini o’tadi. Oy va uning harakatlari to’g’risidagi kashfiyotlari, Yer meridiani uzunligini o’lchash bo’yicha ishlari bilan Abu al-Vofa dunyoga tanildi. X-XI asrda yashab ijod etgan mashhur o’zbek allomasi Abu Rayhon Beruniyning astronomiyaga oid 40 dan ortiq asari bizgacha yetib kelgan. Olimning “Xronologiya” asarida Yevropa va Osiyodagi deyarli barcha xalqlarning turli davrlardagi taqvim (kalendar) tizimlari batafsil bayon qilingan bo’lib, ularda bu taqvimlarning asoslari va biridan ikkinchisiga o’tish usullari bayon qilingan. 9-тестXorazmiy (783-850) insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir Xorazmiyning “Zij”i Yevropada ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning taraqqiyot yoʻlini koʻrsatib berdi. U nazariy astronomiya va astronomik jadvallardan iborat boʻlib, arabcha qoʻlyozmalari saqlanmagan. Xorazmiy „Zij“i oʻrta asrlar fanidagi astronomiyaga oid dastlabki asar boʻlib, 37 bobdan iborat va 116 ta jadvalni oʻz ichiga oladi. Unda turli taqvimlar, xronologiya, Quyosh, Oy, sayyoralarning harakati, burjlar va boshqalar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Xususan, Quyosh va Oy harakati tenglamalari va tutilish muddatlarini aniqlash qoidalari, sinuslar jadvallari, geografik nuqtalarni topish qoidalari beriladi. „Zij“da birinchi marta tangens funksiyasi kiritilgan. Xorazmiyning „Kitob amal bilasturlobot“ („Astrolyabiyalar bilan amallar haqida kitob“) asarida qadimiy va oʻrta asr astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi boʻlgan astrolyabiya (arabcha asturlob) yasash va undan foydalanish, osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati va ekliptik koordinatalar, geografik obyektlarning koordinatalari, yangi Oy chiqish muddatlarini aniqlash va boshqa aniq va loʻnda qoidalar tarzida (algoritmik uslubda) bayon qilingan. Bundan tashqari, kitobda asr namozi vaqtini aniqlash, sinuskvadrat deb ataluvchi asboblar toʻgʻrisida ham soʻz boradi. Bu esa Xorazmiy ilmiy asbobsozlik bilan ham shugʻullanganligidan dalolat beradi. „Quyosh soati tekisligda soat yasash“ (Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanadi) kitobida gorizontal tekislikda quyosh soati yasash, yaʼni soyasi mil vazifasini oʻtovchi plastinka — gnomon oʻrnatish va soat shkalasini chizish qoidasi, gnomon soyasining shkaladagi holatiga qarab vaqtni aniqlash usuli bayon qilinadi. Gnomon soyasining uchi sirpanadigan chiziq — giperbolani yasashda qutb koordinatalari sistemasi qoʻllangan va bu analitik geometriyaga oid dastlabki faktlardan hisoblanadi. 10-тестBeruniyning (973-1048) “Geodeziya”, “Qonuni mas’udiy” va “Yulduzlar ilmi” asari to’laligicha astronomiyaga bag’ishlangan bo’lib, ularda quyosh, oy va sayyoralarning harakatlariga oid ko’plab ma’lumotlar, yer doirasini o’lchashning o’sha zamonda ma’lum bo’lgan bir necha usullari keltirilgan. Beruniyning izdoshi Umar Hayyom ham koinot haqida bir qator falsafiy fikrlar bildirib, nihoyatda katta aniqlikka ega bo’lgan quyosh kalendarini ishlab chiqqan. XV asrda sharq astronomiyasining yana bir buyuk namoyondasi Mirzo Ulug’bek– Samarqand podshohi tarix sahifalaridan buyuk olim, o‘z davrining ma’lum va mashhur siymosi, atoqli matematik va astronomi sifatida o‘rin olgan. Mirzo Ulug‘bek, shuningdek, Sharq Islom olamining yetuk olimlari qatorida o‘z mehnatlari va ilmiy xizmatlari bilan ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ta’sir ko‘rsatgan. Mirzo Ulug‘bek o‘rta asrlarda jahondagi eng muvaffaqiyatli rasadxonani tashkil qilgan edi. Uning “Zijji jadidi Ko‘ragoniy” astronomiya jadvali XVI asrda Turkiya orqali G‘arb ilm-fan doiralariga ma’lum bo‘ladi va uzoq yillar mobaynida dunyo astronomiya fanida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Tarixiy manbaalarning yozishicha, rasadxona tuzilishi silindr shaklida bo‘lgan. Uning balandligi 30,4 metr bo‘lib, 3 qavatdan iborat edi. Silindr diametri 46,40 metrni tashkil qilgan. Inshoot Temuriylar davri me’morchiligi uslublariga ko‘ra qad rostlagan. Uni qurishda alohida e’tibor rasadxonaning seysmik mustahkam bo‘lishiga qaratilgan. Shu bois, u bunyod etilgan sertosh tepalik 2,5 metr kovlanib, o‘rni pishgan g‘isht bilan qoplangan. Hosil bo‘lgan bu maxsus yerga mustahkam qilib burchak radiusi hamda vaqtni o‘lchash asbobi, ya’ni sekstant o‘rnatiladi. Sekstant shunday o‘rnatilgan edi-ki, bir qarashda uning o‘rnashgan joyi noodatiy bo‘lib, u janubdan sharqqa tomon yulduzlar yo‘nalishini ko‘rsatar edi. Aynan ana shunday tuzilishga ega bo‘lgani uchun ham, olimning kuzatish va hisob-kitoblari hayratlanarli aniqlikka ega bo‘lgan. Sektant ustida barpo etilgan aylana shakldagi binoda bir qancha asosiy va yordamchi xonalardan iborat bo‘lgan. Rasadxon Ulug‘bek va uning izdoshlari uchun 20 yildan oshiqroq vaqt davomida Alma-mater, ilmiy markaz bo‘lib kelgan. Rasadxonaning bir necha o’n yillik faoliyati davomida Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Qoshiy va Ali Qushchi kabi taniqli olimlardan iborat astronomiya maktabi shakllandi. Astronomiyaning keyingi ravnaqi Yevropada bir qator olimlarning astronomiya sohasidagi fundamental kashfiyotlari bilan bog’liq. Bu borada Polshalik astronom N. Kopernik (1474-1543) italiyalik J. Bruno (1548-1600) va G.Galiley (1563-1642), nemis Iogann Kepler (1572-1630) hamda ingliz olimi I. Nьyuton (1643-1727) larning ijodiy faoliyatlari ayniqsa barakali bo’ldi. XVI asrdan XX asrning boshlarigacha tabiatshunoslik yo’nalishi bo’yicha qilingan asosiy kashfiyotlar va qonuniyatlarning aksariyati yuqoridagi olimlarning nomlari bilan bog’liq. SHuningdek, bu davrda taniqli olimlardan O.K. Ryomer, Ye.Gollen, V.U.Struve, F.B.Bessel va boshqalarning astronomiya fanining rivojlantirishdagi xizmatlari yuksak baholanadi. XX asrning o’rtalarida spektral analizning kashf etilishi va astronomiyada fotografiyaning qo’llanilishi natijasida astronomiyaning yangi ufqlari ochildi. Bu osmon jismlarining fizik tabiatlarini o’rganish bilan shug’ullanadigan yangi fan astrofizikaga asos soldi. Download 44.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling