1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Download 189.01 Kb.
bet43/160
Sana09.01.2022
Hajmi189.01 Kb.
#259707
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Bog'liq
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu

Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “Alisherning yoshligi” matni o`rganilishi e`lon qilinadi.Yozuvchi Oybek hayoti va ijodi bilan qisqacha tanishtiriladi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yili Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan. Oldin o‘rta maktabda o‘qigan. 1922—1925- yillarda Toshkent pedtexnikumida ta’lim olgan. So‘ngra 0‘rta Osiyo Davlat (hozirgi Milliy) dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qigan. Uning she’rlari .«Tuyg‘ular» nomli to‘plamga kirgan. Oybek «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Bolalik» va boshqa asarlarni yozgan. Oybek «Navoiy» romani va boshqa asarlari uchun bir qancha orden va medallar bilan taqdirlandi. U 0‘zbekiston xalq yozuvchisi. Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Uning asarlari umumxalq mulki bo‘lib qoldi.Oybek 1968- yil 1- iyulda vafot etgan.

Xalqimiz sevimli adibini unutmaydi.

So`ng “Alisherning yoshligi ” matni o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi.Mazmuni tushuntiriladi. Matndagi notanish so`zlar o`quvchilarga tushuntiriladi.



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Kiyikni Alisherga kim olib kelgan edi?

  2. Alisherning do`sti kim bo`lishni orzu qildi?

  3. Alisher hayotda nimani zaruriyat deb bildi?

  4. Nima uchun maktab zaruriyat ekan?

O`quvchilar bilan “Topib o`qi” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi matndagi so`zlardan ayatdi. O`quvchilar matnda shu so`z qatnashgan gapni topib o`qib beradilar. Bunda o`quvchilarning ziyrakligi, tez o`qishga ishtiyoqi rivojlantiriladi.

So`ng darslikdagi topishmoqlar o`quvchilar tomonidan topiladi.



Bir-biriga suyalar.

Qimir etmas yil, asr,

Bag`rida xazina, sir. (tog`lar)


  • Oyna emas, jimirlar,

Tek turolmas, qimirlar. ( suv)


  1. Download 189.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling