1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Download 189.01 Kb.
bet49/160
Sana09.01.2022
Hajmi189.01 Kb.
#259707
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160
Bog'liq
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu

Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilarga tibbiyot ilmiga asos solgan alloma kimligi haqida muammoli vaziyat yaratiladi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi, so`ng yangi mavzu “Abu Ali ib Sino” haqidagi matn ekanligi tushuntiriladi.

Abu ali ibn Sino hayoti haqida qisqacha ma`lumot beriladi. Abu Ali ibn Sino tibbiyot olamida o`chmas iz qoldirgan. U kasalliklarni davolash sirlari haqida “Tib qonunlari” nomli asarini yaratgan. Hozirda butunjahon shifokorlari Abu Ali ibn Sino qoldirgan meros asosida insonlarni davolashmoqda. Ibn Sinoni chet el shifokorlari “Avitsena” nomi bilan tanishadi. U bolaligidan kitobga mehr qo`ygan va bor kuchuni, bilimini tibbiyot ilmining yuksalishiga sarf qilgan.

So`ng o`qituvchi tomonidan “Abu Ali ibn Sino” nomli matn ifodali qilib o`qib beriladi.

Abu Ali ibn Sino (Mirkarim Osim)

Inb Sino dunyoga mashhur hakim va olimdir. Asli ismi Husayn bo`lgan. Yoshligidan ilmga, tabobatga juda qiziqqan. Bobomiz o`z kitoblari bilan dunyo tibbiyot ilmiga asos solgan.

Abu Ali ibn Sino davolayotgan bemorlariga shunday degan: “Biz uch tarafmiz- men, sen va kasallik. Agar sen men tarafga o`tib olsang, u yengiladi. Agar u tomonga o`tib olsang, ikkalangni yengishim qiyin.”



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Abu Ali ibn Sino haqida nimalarni bildingiz?

  2. Abu Ali ibn Sinoning asli ismi qanday bo`lgan?

  3. U kishi bemorlarga nima degan?

Matnning tarbiyaviy tomoni o`quvchilarga singdiriladi. O`quvchilarga ozoda yurish, shxsiy gigiyenaga e`tibor berish, har doim o`z sog`liklari uchun qayg`urish kerakligi tudhuntiriladi.


  1. Download 189.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling