K. Chukovskiy – bolalar shoiri va adibi


Download 0.81 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1492831
  1   2   3
Bog'liq
K.Chukovskiy – bolalar shoiri va adibi

K.Chukovskiy – bolalar shoiri va adibi

Korney Chukovskiy (1882-1969) XX asr bolalar adabiyotining asoschilaridan biri, 2 yoshdan 5 yoshgacha boʼlgan bolalar psixologiyasi tadqiqotchisi. Bundan tashqari u ajoyib adabiy tanqidchi, tarjimon, adabiyotshunos olim ham boʼlgan. “Men bolalarni oʼrganishga ahd qildim… Bir vaqtlar xalqqa qaytganlaridek men ham “bolalikka qaytishga” qaror qilib, kattalar jamiyati bilan munosabatimni deyarli uzdim va uch yoshli bolalar bilangina muloqotga kirishdim”, – deb yozgan edi Chukovskiy oʼzining kundaliklarida.

Rus bolalar adabiyotining ulkan daholaridan biri Korney Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, taniqli olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan soʼz ustasi edi. U oʼz asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlarni – rahmdillik va insoniylik, doʼstlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targʼib etadi. K.Chukovskiy bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qilishni oʼzi uchun katta baxt deb biladi.

Chukovskiyning dastlabki “Sanʼat nima?” maqolasi 1901-yilda “Odisseykie novosti” gazetasida bosilib chiqqan. 1903-yilda u gazeta muxbiri sifatida Аngliyaga boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh toʼlamay qoʼyadi. U Britaniya muzeyiga ishga kirib, tirikchilik oʼtkazishga majbur boʼladi.

1905-yilda K.Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda “Signal” degan jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal sahifalarida chor hukumati siyosatiga qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi

Chukovskiyning taʼkidlashicha, bola oʼzining dunyosini, oʼzining mantiqini, oʼzining astronomiyasini yaratadi, agar kim u bilan muloqotga kirmoqchi boʼlsa, uning olamiga kirishi hamda u yerda yashashi lozim. Bolalar – oʼziga xos devonalar, chunki aniq va mustahkam voqea-hodisalar ular uchun shoʼx quvnoq va oʼtuvchan. Yoʼq, bolalar jurnalining vazifasi umuman bunda emas, yaʼni bolalarni bolalar aqlsizligidan davolashda emas, ular oʼz vaqtida bizning yordamimizsiz ham oʼzlarini davolab oladi, gap shundaki, bu aqlsizlikning ichiga kirib olishda. Bu antiqa, hayratlanarli, goʼzal, umuman boshqa dunyoga kirib yashashda hamda bolalar bilan ularning tilida, oʼsha boshqa olam tilida soʼzlashishda, ularning qiyofalarini oʼzida qabul qilishda hamda oʼziga xos mantiqini tushunishda (chunki bu olamning mantiqi oʼzgacha)”.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling