K. Chukovskiy – bolalar shoiri va adibi
Download 0.81 Mb.
|
K.Chukovskiy – bolalar shoiri va adibi
Аdibning “Ikkidan beshgacha” kitobining “Bolalar nashrlariga nasihatlar” bobi ana shunday mulohazalarga boy. Аslida bu kitobni Chukovskiy oltmish yildan ortiq vaqt mobaynida yozgan. Uning yaratilishi bolalar nutqi haqidagi suhbatdan boshlanib, vaqt oʼtgan sayin kitob bolaning oʼzi haqidagi, uning ruhiyati, atrof olamni oʼzlashtirishi bilan bogʼliq boʼlgan jarayonlar, uning ijodiy qobiliyatlari haqidagi fundamental asarga aylandi.Kitobning “Bolalar shoirlariga oʼgitlar” bobi shunisi bilan diqqatga sazovorki, unda Chukovskiyning bolalar adabiyoti borasidagi shaxsiy tajribasi, uning hamkasblari Marshak, Mixalkov, Barto, Xarms, Vvedenskiy kabi boshqa koʼplab shoirlarning umumlashma qarashlarini oʼzida mujassamlantirgan. Bundan K. Chukovskiy shunday xulosaga keladi: xalq poeziyasi va bolalarning soʼz ijodkorligi bitta qonuniyat asosida yaratiladi. Bolalar yozuvchisi xalqdan oʼrganishi kerak, chunki xalq koʼp asrlar mobaynida ideal badiiy uslublarni hamda bolaga toʼgʼri pedagogik yondashish mahoratini oʼz qoʼshiq va ertaklarida mukammal ishlab chiqqan.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling