Huquqiy hujjatlar
Download 118.45 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqti
- III. YAKUNIY QISM 5 daqiqa I. KIRISH
1 Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SEYSMIK FAOL HUDUDLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR, NORMATIV- HUQUQIY HUJJATLAR Mashg‘ulot maqsadi: Tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlari haqida umumiy ma’lumotlar berish, aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyatini yetkazish. Vaqti – 2 soat. Mashg‘ulot uslubi – nazariy. Mashg‘ulot o‘tish shakli – masofaviy. O‘quv savollari va vaqt taqsimoti: I. KIRISH 5 daqiqa II. ASOSIY QISM 70 daqiqa 1. O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlari haqida umumiy ma’lumotlar 15 daqiqa 2. “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning mazmuni va mohiyati 15 daqiqa 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 144-sonli Farmoni mazmuni va mohiyati 20 daqiqa 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794 sonli Qarori mazmuni va mohiyati 20 daqiqa III. YAKUNIY QISM 5 daqiqa I. KIRISH Mamlakatimizning geologik-geografik joylashuvi, iqlimidan kelib chiqqan holda aholini va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, odamlarning hayot faoliyati xavfsizligi va salomatligini saqlash alohida o‘rin tutadi, shuning uchun ham bu soha boshqa sohalar kabi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarari va insonlar halokati bo‘yicha tabiiy ofatlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyalik tadqiqotchi M.A.Klyachkoning 1850 yildan 1990 yilgacha va boshqa tadqiqotchilarning 2010 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlariga asosan yer shari bo‘yicha zilziladan halok bo‘lgan insonlarning soni taxminan 2,5 mln. kishini tashkil qiladi. Yirik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish borasidagi ilg‘or horij tajribasi 2 shuni ko‘rsatadiki, ularning oldini olish chorasini ko‘rish va bunga erishish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga qaraganda iqtisodiy jihatdan tejamli va samarali hisoblanadi. Shu boisdan, ilg‘or horij tajribasi asosida mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 144-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu normativ- huquqiy hujjatlarda respublikamiz aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu sohadagi huquq hamda majburiyatlari va boshqa bir qator masalalar yoritilgan. Download 118.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling