Huquqiy hujjatlar
Ushbu Farmonning 3-ilovasida
Download 118.45 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Ushbu Farmonning 3-ilovasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. 4-o‘quv savoli. Aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan Prezident qarorining mazmuni va mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-sonli Qarori 17 ta band va quyidagi ilovadan iborat: 1-ilova. O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish Dasturi. 2-ilova. Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik laboratoriyasi tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot sinovlarining asosiy yo‘nalishlari. 3-ilova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar. Ushbu qarorning 3-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — respublika va transchegaraviy hududlarda, shuningdek tabiiy va texnogen xavfli hududlarda hamda muhim ob’yektlarda seysmik xavfsizlik bo‘yicha monitoringni tashkil etish, kuchli va talafotli zilzilalar sodir bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lganida ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilangan. Qarorning 8-bandiga asosan: a) 2021 yil 1 apreldan boshlab respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlar, shuningdek ko‘p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish; 2021 yil 1 maydan boshlab yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi; b) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda mazkur amaliyot joriy etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlar hisoblanadi; v) shakllantirilgan elektron texnik pasportlardan seysmik xavf prognozi mavjud bo‘lgan hollarda binolar va inshootlarning seysmik mustahkamligini o‘rganish, sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish va uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. Ushbu qaroroning 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish Dasturi” 7 ta bo‘lim 32 ta banddan iborat. Dasturning 7-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda 2021 yil 1 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlar 11 vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi huzurida kuchli zilzila sodir bo‘lganda zilzila epitsentrida zararlangan o‘ta muhim bino va inshootlarning foydalanishga yaroqliligini baholash uchun epitsentral guruh tashkil etish”, 17-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda 2021 yil 1 yanvargacha “Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish”, Download 118.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling