Huquqiy hujjatlar
Download 118.45 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 (1)
Qounnning 5-bobi “YAkunlovchi qoidalar” deb nomlanadi, unda Seysmik
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlik, ushbu sohada qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash, qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish, Qonunning kuchga kirishi muddati belgilangan. 3-o‘quv savoli. Aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan Prezident farmonining mazmuni va mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 144-sonli Farmoni 24 ta band va quyidagi ilovalardan iborat: 1. 1-ilova. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish Konsepsiyasi. 2. 1a-ilova. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari. 3. 2-ilova. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish «YO‘L XARITASI». 4. 3-ilova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar. Ushbu farmonga asosan quyidagicha tartib o‘rnatilgan: a) 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili 4 toifaga mansub bo‘lgan ob’yektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi. Bunda, Qurilish vazirligi ekspertizadan o‘tkazilgan xavflilik omili 4 toifaga mansub ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olishga yo‘naltirishga, Fanlar akademiyasi ob’yektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berishga mas’ul etib belgilangan. Fanlar akademiyasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili 4 toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy etish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi; b) Fanlar akademiyasi tomonidan Respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasidagi ma’lumotlar asosida seysmik zaif ijtimoiy soha ob’yektlarining ro‘yxatini har yili 1 aprelga qadar shakllantirib borish hamda instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish ishlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tashkillashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 8 Bunda, instrumental-texnik tekshiruv ishlari uchun mablag‘lar Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash hisobidan qoplanishi belgilangan; v) 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy- joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi va xatlov natijasiga ko‘ra ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi. Bunda, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘p kvartirali uy- joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilangan; g) 2023 yil 1 maydan boshlab suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, mazkur yo‘nalishdagi mas’ul davlat organlari kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlab boriladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul davlat organi etib belgilangan. Bundan tashqari farmonning 7-bandida 2023 yildan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori bo‘lgan seriyali qurilishi rejalashtirilgan yoki tanlab olingan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, sifatini ta’minlash hamda kamchiliklarni oldindan bartaraf etish maqsadida vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv o‘tkazib borilishi, sinov va tekshiruvlar qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan buyurtmachi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek ushbu farmon bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab: a) seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari rahbar kadrlari va xodimlarining Aholining barcha qatlamlarini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platforma orqali malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari o‘tkazib boriladi. Bunda, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari rahbar kadrlarning aholiga zilzilalar vaqtida o‘zini tutish qoidalarini tushuntirish, kuchli zilzilalardan talafotlarsiz chiqish hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltiriladi; b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi: har uch yilda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etib boradi; milliy elektron platformaga malaka oshirish bo‘yicha zamonaviy dasturlarni ishlab chiqib, kiritadi va muntazam ravishda yangilab boradi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2022 yil 1 dekabrga qadar milliy elektron platformaning yuritilishi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish tartibini tasdiqlash va amalga kiritish vazifasi belgilangan. Ushbu farmonga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan: 9 Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 avgustga qadar aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani ishlab chiqishi; 2023 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqshi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan. Download 118.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling