Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar bilan bahor haqida, bahorda bollarning o`yinlari haqida suhbat uyushtiriladi. Bahorda tabiat o`zgarishi hawqida o`quvchilar so`zlab beradilar, yaxshi rasm chizadigan o`quvchilarga o`z fikrlarini ram asosida bayon qilish topshirig`i beriladi. Bir nechta o`quvchilar bu shartni bajaradilar.So`ng o`qituvchi tomonidan fikrlar umumlashtiriladi va yangi mavzu e`lon qilinadi. Anvar Obidjonning “Bekinmachoq” she`ri o`qituvchil tomonidan ifodali qilib o`qib beriladi.
Birgalashib uch o`rtoq-
Men, Aziza va Qo`shoq.
Keng lolazor qo`ynida
O`ynardik bekinmachoq.
Bekinmoqchi bo`lsam men,
Har lola imlab sekin,
Deydi: “Kelaqol , o`g`lon”
Bizning makonga bekin.
She`rning har bir misrasi o`qituvchi tomonidan izohlanadi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni musthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
She`r nima haqida?
Sizga she`rning qaysi misralari yoqdi?
Lolalar qaysi faslda ochiladi?
Bahorda qanday gullar ochiladi?.
Do'stlaringiz bilan baham: |