Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar bilan bahor haqida, bahorda bolalarning o`yinlari haqida suhbat uyushtiriladi. Bahorda tabiat o`zgarishi hawqida o`quvchilar so`zlab beradilar, yaxshi rasm chizadigan o`quvchilarga o`z fikrlarini ram asosida bayon qilish topshirig`i beriladi. Bir nechta o`quvchilar bu shartni bajaradilar.So`ng o`qituvchi tomonidan fikrlar umumlashtiriladi va yangi mavzu e`lon qilinadi. Bahorda nishonlanadigan Navro`z bayrami haqida o`quvchilarga tushuncha beriladi.Rauf Tolibning “Navro`z ” she`ri o`qituvchil tomonidan ifodali qilib o`qib beriladi.
Ko`hna Turon elida
Navro`zi olam.
Yellar tutar qo`limdan:
“Qani , yur, oshnam!”
Nur sochadi mo`lu-ko`l
Navro`z quyoshi.
Sayilgohda yurtimning
Keksayu yoshi.
Qozonlarda sumalak,
Yoziq dasturxon.
Navro`z bayram muborak,
Ey O`zbekiston!
She`rning har bir misrasi o`qituvchi tomonidan izohlanadi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni musthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
She`r nima haqida?
Navro`zda tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
Bahorda qanday taomlar pishiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |