Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. – Bolajonlar siz qanday manzarani yig`dingiz?
O`quvchilarning javoblari tinglanib, yangi dars mavzusi e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan qish tabiati , qishki o`yinlar yuzasidan suhbat o`tkaziladi.
Qish faslida tabiat qanday ko`rinishda bo`ladi?
Bolalar qanday o`yinlar o`ynaydilar?
O`quvchilar javobi to`ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
“Qish” haqida videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “:Qish ” she`rining matni o`qiladi.
O`qituvchi “Qish” she`rini ifodali o`qib beradi. Shoir haqida qisqacha ma`lumot beriladi.
Lug`at ishi o`tkaziladi:
Oq choyshabga o`ralib- tabiatni oppoq qor bilan qoplanishi
Tinim bermas- dam bermaslik
Dam olish daqiqasida o`quvchilar musiqaga qarab “Qish’ she`rini qo`shiq qilib kuylaydilar.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qasqa savol-javob o`tkaziladi.
Qish fasli sizga nimasi bilan yoqadi?
Qishda qanday o`yinlar o`ynaysiz?
O`quvchilarning javoblari to`ldirilib umumlashtiriladi.
Ekran orqali “Qish” o`yini o`ynatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |