4. Darsni mustahkamlash
Lotto o’yini.
Bunda xuddi “Sportlotto” kartochkalariga o’xshash kartochkalar tayyorlanadi. Har bir kartochka 8 bo’lakka bo’linadi. Bu bo’laklarga tushadigan savollarning javoblari yozilgan bo’ladi. O’qituvchi xaltadan savollar yozilgan kartochkalarni olib o’qiydi. O’quvchilar savolga javobni kartochkalaridan topib ustiga bo’sh kartochka bilan bekitadilar. Qaysi guruhning kartochkasi oldin to’lsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.
Savollar quyidagilar:
Quyosh yadrosida tempeatura qancha? (15,000,000°C)
Quyosh sistemasida nechta sayyora mavjud? ( 9 ta )
Sayyoralar necha guruhga bo’linadi? (2 guruhga)
Quyosh tarkibi qanday elementlardan iborat? (vodorod va geliy)
Quyosh sirtidagi temperature qancha? (5500°C)
Merkuriy va Venera Sharqda qanday nomlar bilan mashhur? (Utorud, Zuhro)
Mars va Yupiter Sharqda qanday nomlar bilan mashhur? (Mirrix, Mushtariy)
1781 yilgacha qaysi sayyora eng oxirgi hisoblangan? (Saturn)
1781 yilda qaysi sayyora topilgan? (Uran)
Neptun kim tomonidan va nechanchi yil topilgan? (Yo.Gale, 1846-yil)
Birinchi asteroid qachon topilgan va qanday nomlangan? (1801, Sereyra)
Pluton kim tomonidan topilgan? (Tombo)
1 . 2 . 3 .
Do'stlaringiz bilan baham: |