Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning uslubi: Taqdimot, bahs – munozara
Darsning jihozlanishi: electron darslik, CD disk, kompyuter, ekran, proyektor.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash (4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomalshib, o’quvchilar 6 guruhga ajratiladi:
1 – guruh: Quyosh 2 – guruh: Yupiter 3 – guruh: Venera
4 – guruh: Saturn 5 – guruh: Mars 6 – guruh: Neptun
2. O’tilgan mavzuni so’rash.
O’tgan mavzuga oid guruhlarga tezkor savollar beriladi. Har bir savolga to’g’ri javob 3 ball bilan baholanadi.Savollasr quyidagilar:
Qanday vaqtni o’lchash usullarini bilasiz?
J: qumli, shamli, suvli, quyoshli, elektron, mexanik soatlar bilan o’lchash usullari
Soat mintaqasi nechta? J: 24 ta
0-meridian qayerdan o’tadi? J: London yaqinidagi Grinvich observatoriyasidan
Taqvim nima? J: Yil oylarga, haftalarga bo’lib ko’rsatilib, unda haftaning ish va dam olish kunlari, bayramlar aks ettirilgan jadval.
Birinchi taqvim qayerda paydo bo’lgan? J: Misrda
Yil davomiyligi qancha? J: 365 sutka 5 soat 48 minut 46 sekund
Kabisa yili qanday yil? J: har 4 yilga keladigan yil
Kabisa yilida yil davomiyligi necha kun? J: 366 kun
Taqvim tuzishda nima asos qilib olingan? J: Yerning Quyosh atrofida aylanish davri
Oddiy yilarda yil davomiyligi necha kun? J: 365 kun
Birinchi marta taqvimga kimm davrida tuzatish kiritilgan? J: Yuliy Sezar davrida.
Biz hozirgi kunda qaysi taqvim bilan ish olib boramiz? J: Grigoryan taqvimi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |