Baholash: O’quvchilar masalalarni ishlashdagi faolligiga ko’ra baholanadi.
Uyga vazifalar.
1. «III bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari uqtiriladi.
23-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Ho’llash. Kapilyar hodisalar
Darsning maqsadi:
a) O'quvchilarga suyuqliklarning sirtida qanday hodisalar yuz berishi, jismlarni ho'llash va ho'llamaslik shartlari bilan tanishtirish, kapillar hodisalar haqida ma'lumotlar berish.
b) O’quvchilarga tabiatni va suvni muhofaza qilishga o’rgatish, axloqiy tarbiya berish
d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: ho'llash, ho'llamaslik, kapillar hodisasi.
Dars jihozlari: sovun eritmasi, simdan yasalgan ramka, qog'oz, mato (sintetik), shisha plastina, stakan.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum» interfaol metodi.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalaniladigan «Aqliy hujum» metodidan foydalanishga hozirlik ko'rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |