4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Nur dastasi suvdan (n = 1,33) havoga o'tmoqda. To'la ichki qaytish yuz berishi uchun shisha ichidagi tushayotgan nur qanday burchak ostida tushishi kerak?
Nur dastasi nur sindirish ko'rsatkichi 1,5 bo'lgan bir muhitdan ikkinchi muhitga 53° burchak ostida tushganda to'la ichki qaytish kuzatila boshlaydi. Ikkinchi muhitning nur sindirish ko'rsatkichini toping.
Nur dastasi bir muhitdan nur sindirish ko'rsatkichi 1,1 bo'lgan ikkinchi muhitga 47° burchak ostida tushganda to'la ichki qaytish kuzatila boshlaydi. Birinchi muhitning nur sindirish ko'rsatkichini toping.
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida bergan javoblariga ko’ra baholanadi
6. Uy vazifalari: 54- rasmdagi shisha prizmaga tushgan nurning yo'lini davom ettiring.
35-dars Sana: 9-sinf
Laboratoriya ishi: Shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash yuzasidan tajribani namoyish etish
b) O’quvchilarga nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashni o’rgatish
d) O’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |