Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash (4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1) Yorug’lik tezligi astronomik usulda qanday aniqlanganini tushuntiring
2) Yorug’Iik tezligini aniqlash bo’yicha Ryomerning ishlar qanday ahamiyatga ega?
3) Yorug’lik tezligini aniqlash bo’yicha Fizo tajribasi nimadan iborat?
4) Yorug’lik tezligining hozirgi zamonda aniqlangan iymati qancha?
3. Yangi mavzu bayoni:
Modda molekulalari yorug'lik energiyasini yutib, parchalanishi va boshqa molekulalarga aylanishi mumkin. Molekulalarning bunday o'zgarishi kimyoviy jarayondir.
Yorug'likning kimyoviy ta'siri — yorug'lik ta'sirida moddalarda yuz beradigan kimyoviy o'zgarishlardir.
Yorug'Iik ta'sirida ammiakning azot va vodorodga ajralishi kuzatiladi. Vodorod va xlor gazlari qorong'ilikda ta'sirlashmaydi. Lekin yorug'Iik tushishi bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, portlash yuz beradi.
Ko'pgina kimyoviy moddalar yorug'Iik tushmasligi uchun maxsus qora paketchalarga solinib, qorong'i joyda saqlanadi. Davolaydigan aksariyat dorilarni ham qorong'i joyda saqlash tavsiya etiladi.
Fotografiya - Fotoapparatning boshqa optik asboblardan asosiy farqi, undagi obyekt tasviri maxsus fotoplyonka yoki fotoplastinkada saqlab qolinadi. Bunda yorug'likning kimyoviy ta'siridan foydalaniladi.
Fotoplyonka (fotoplastinka)ning sezgir qatlami kumush bromid (AgBr) ning jelatinga botirilgan mayda kristallaridan iborat. Yorug'Iik ta'sirida kumush bromid parchalanib, toza kumush atomlari ajraladi. Kumush atomlari ajralib chiqqan joy qorayib qoladi. Surati olinayotgan obyektning turli nuqtalaridan fotoplyonkaga tushayotgan yorug'Iik intensivligi turlicha bo'ladi. Fotoplyonkaning qayeriga yorug'Iik ko'p tushsa, shu joyidan kumush atomlari ko'proq ajralib chiqadi va qorayishi kuchliroq bo'ladi. Natijada fotoplyonkada obyektning tasviri hosil bo'ladi. Lekin bu tasvir ko'zga ko'rinmaydi. Chunki bromdan ajralgan kumush atomlari hali plyonka ustida o'tirgan bo'ladi. Shuning uchun plyonkadagi bu tasvir yashirin tasvir deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |