1-dars. Sodda ifodalarni hisoblash Dars maqsadi


Download 95.5 Kb.
Sana08.11.2020
Hajmi95.5 Kb.
#142587
Bog'liq
10-синф-1-дарс

10-sinf




1-dars. Sodda ifodalarni hisoblash
Dars maqsadi:

Ta’limiy Maqsad:O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

Tarbiyaviy maqsad: O;quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

Asosiy tushunchalar:

Elektron jadval, Excel elektron jadvali, kiob, varaq, ustun, satr, arifmetik amallar.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.



Mavzuni yoritish:

MS Excel 2010 elektron jadvalida yangi interfeysi asosida tasma (ingliz tilida “Ribbon”) deb nomlanuvchi va asosiy oynaning yuqori qismida joylashgan ko‘p varaqli soha joylashgan.

MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan:

Главная – jadvallardagi ma’lumotlarni kiritishga va tahrirlashgamo‘ljallangan;

Вставка – jadvalga biror rasm, diagramma kabi obyektlarnijoylashtirishga mo‘ljallangan;

Разметка страницы - jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchinsahifalarning chegaralari va boshqa parametrlarini belgilash uchun mo‘ljallangan;

Формулы – jadvallardagi hisoblashlarni amalga oshiruvchi har xilformulalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan;

Данные - jadvallarning ustun va satrlaridagi ma’lumotlarni filtrlash,saralash, nusxalarini ko’paytirish, keraksizlarini yo’qotish, tashqi axboratlarni kiritish;

Рецензирование – matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash;

Вид – jadvallarni ekranda turlicha namoyish qilishga moslashtirish.


Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi panel mavjud bo‘lib, u yerda xotirada saqlash, oxirgi amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin.

Ushbu panelga yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin.

Tasmaning tagida elektron jadvalning ishchi sohasi joylashgan. Jadval ko‘rinishida berilgan fayl Excelda kitob (Книга) deb ataladi. Kitob esa Avvalambor, kalkulyatorning imkoniyatlari va kamchiliklari haqida o‘quvchilarga ma’lumot beriladi.

Insonlarda hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi dasturlarga bo‘lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.

Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Lekin ular­ning yordamida muxandislik masalalarini yechish, formulalar bo‘yicha hisob-kitoblar bajarish mumkin.

Elektron jadvallar qo‘llanilayotgan sohalar juda ko‘p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo‘jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar.

Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo‘lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.

Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo‘g‘liq bo‘lib, asosan, quyidagilardan iborat:



    • ma’lumotlarlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va ko‘rinishini o‘zgartirish;

    • jadval elementlarini formatlash;

    • formulalardan foydalanish(hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);

    • katakchalarni avtomatik to‘ldirish;

    • turli xildagi funksiyalar majmuidan foydalanish;

    • ma’lumotlarni qidirish va almashtirish;

    • ma’lumotlar asosida turli ko‘rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;

    • ma’lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.

Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc nomi bilan o‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda.

Dastlabki naqli (versiyasi) 1994 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir.



Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi kabi uch xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin:

  • masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;

  • ish stolidagi yorlig‘i yordamida;

  • quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali bajariladi:

Excel dasturida ishni tugallash uchun esa piktogrammasini yoki fayl menyusining Выход– ya’ni chiqish buyrug‘ini tanlash yoki Alt + F4 klavishalarini birgalikda bosish yetarli.

Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli – Книга1 (Kitob1) nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi. Tavsiya etilgan kitobda 3 ta varaq (Лист1, Лист2, Лист3) bo‘lib, zaruratga qarab yana varaqlar qo‘shish mumkin bo‘ladi.

1-mashq. B1 katakka 231 ini, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3 da hosil qiling.



Bajarish:B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi.


Odatda, tayyorlangan xujjatni diskda fayl ko‘rinishida biror nom bilan saqlab qo‘yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls (eslang, Wordda -.doc, Bloknotda - .txt, Paintda - .bmp) bo‘ladi.

Elektron jadvallarda jadval bo‘ylab sichqoncha, kursorni boshqarish (yo‘nalish) klavi­shalari, varaqlash (PgUp va PgDn) klavishalari, Home va End klavishalari yordamida harakatla­nish mumkin.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va interfaol usulda mavzu mustahkamlanadi.Mustahkamlash uchun turli soda topshiriqlardan foydalaniladi.



A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;



Uyga vazifa:

  1. Excelda Kitob va varaq hosil qilish uchun bajariladigan amallar ketma-ketligini yozish.

2*. Algebraik ifodalarni Excelda yozilishiga misollar tuzish.

3. Excel elektron jadvali yordamida (a+b)*(c+d) ifoda o‘zgaruvchilarning ixtiyoriy qiymatlarida hisoblang.










Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling