1. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi (1)da, so‘ngra (2)da boshlangan edi


Download 48.54 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2023
Hajmi48.54 Kb.
#1080268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-sinf kashfiyotlar

I-BO‘LIM. Eng qadimgi tuzum
Bo’lim yuzasidan takrorlash uchun tuzilgan murakkab test savollari
1.Quyidagilarni to’g’ri tartibda joylashtiring.
1) Mil. avv. 1 million – 100-ming yil; 2) mil. avv. 100 – 40-ming yil; 3) mil. avv. 40 – 12-ming yil; 4) mil. avv. 12 – 7-ming yilliklar; 5) mil. avv. 6 – 4-ming yilliklar; 6) mil. avv. 4 – 3-ming yillik o‘rtalari.
a) o‘rta paleolit davri b) so‘nggi paleolit davri c) O‘rta Osiyoda ilk paleolit davri d) neolit davri e) mezolit davri f) eneolit davri
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d, 5-e, 6-f
B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-f, 6-d
C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-d, 6-f
D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-f, 5-d, 6-e
2.Bronza davriga kelib odamlar dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkoninini qo'lga kiritdi. Natijada...
A) qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi.
B) ular ixtiyorida ortiqcha miqdorda qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi.
C) O'rta Osiyo janubida sug'orma dehqonchilik vujudga keldi.
D) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.
3.O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manbalar ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.
A) ”Avesto”, shumer yozuvlari, Gerodotning ”Tarix” asari, Behustun yozuvlari
B) Ramayana, ”Avesto”, Yunon-rim manbalari, Persopol yozuvlari
C) ”Avesto”, Behustun yozuvlari, Gerodotning ”Tarix” asari, Yunon-rim manbalari
D) ”Avesto”, Yunon-rim manbalari, Xitoy solnomalari
4.Arxeologiya – yunoncha «arxayos» – ……….., «logos» – ……,degan so‘zlardan tashkil topgan.
A) «qadimgi fan» B) «qadimgi topilmalar»
C) «qazishmalar haqidagi fan» D) «o'tmishdagi fan»
5.Quyidagilarni to’g’ri tartibda joylashtiring.
1) qadimgi tosh davri; 2) o‘rta tosh davri; 3) yangi tosh davri; 4) mis-tosh davri;
a) mezolit b) paleolit c) eneolit d) neolit
A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
6.Qadimgi dunyo tarixida quyidagi voqealarning qaysi biri boshqalarga nisbatan kechroq yuz bergan?
A) O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Selungur makonidan va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq manzilgohidan ham topilgan.
B) Old Osiyoda xo‘jalikning yangi tarmoqlari – ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.
C) Muzlik davri poyoniga yetdi
D) Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga – urug‘ jamoalariga birlashdilar.
7.Qadimgi dunyo tarixida quyidagi voqealarning qaysi biri boshqalarga nisbatan ertaroq yuz bergan?
A) sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar.
B) inson o‘q-yoy yasashni o‘rganib oldi.
C) odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa dastlabki aravalar vujudga kelgan.
D) misdan foydalanishga,undan mehnat qurollari yasashga o‘tishdi.
8.Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyodagi xettlar foydalana boshlashidan oldin sodir bo’lgan voqealarni toping?
1) Surxon vohasida (hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joy) Jarqo‘ton manzilgohi vujudga kelgan.
2) Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi.
3) Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi tufayli asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar va
zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi.
4) kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa dastlabki aravalar vujudga kelgan.
5) temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osiyodan ham topilgan.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 3,4 D) 3,4,5
9.Bronza davriga oid ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor qaysi hududdan topilgan?
A) Surxondaryo vohasi B) Buxoro viloyati
C) Xorazm viloyati D) Farg'ona vodiysi
10.O`rta Osiyoda temir asriga o`tish davrida jamiyatning tuzilishi ketma-ketligi to`g`ri berilgan qatorni aniqlang.
1) qo`shnichilik jamoasi; 2) urug` jamoasi; 3) patriarxal oila; 4) qabila; 5) qabilalar ittifoqi.
A) 3, 1, 2, 4, 5 B) 3, 2, 1, 4, 5
C) 5, 2, 1, 3, 4 D) 3, 1, 2, 5, 4
11. …………….. Muzlik davri poyoniga yetdi.
A) inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshlagan davrda
B) Mezolit davri boshlanishi bilan
C) Ovchilar itni qo‘lga o‘rgata boshlagan davrda
D) Neolit davri boshlanishi bilan
12.Mehnat qurollari, taqinchoqlar, qurol aslahalar qanday manbalar sirasiga kiradi?
A) moddiy manbalar B) ashyoviy manbalar
C) yozma manbalar D) A va B
13.Qadimiy yodgorliklar va odam suyaklari topilgan quyidagi hududlarning qayerda joylashganini aniqlang?
1) Zinj vodiysi; 2) Yava oroli; 3) Kromanyon g`ori.
a-Indoneziya, b-Fransiya, c-Sharqiy Afrika
A) a-2, b-1, c-3 B) a-2, b-3, c-1
C) a-3, b-2, c-1 D) a-3, b-1, c-2
14.Ilk turar joylar qurila boshlagan davrga oid voqealarni belgilang.
1) Buyuk muzlik davri boshlandi;
2) Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga – urug‘ jamoalariga birlasha boshladilar;
3) Inson o‘q-yoy yasashni o‘rganib oldi;
4) Inson sun’iy tarzda (yog‘ochni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish orqali) olov hosil qilishni o‘rganib
oldi;
5) Odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishgan;
6) Inson taqinchoqlar – munchoqlar, tumorlar va uzuklar yasay boshlagan; 7) Ovchilar itni qo‘lga o‘rgatdilar.
8) Kromanyon odami yashagan; 9) Kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisidan foydalana boshladi;
10) Muzlik davri poyoniga yetdi;
A) 1,2,4,5,6,7,9,10 B) 2,4,6,8,9,10
C) 2,4,5,6,8,9 D) 2,3,4,5,6,7,8,9
15.Chopperlar…
1) mayda mehnat qurollari 2) qo`pol tosh qurollar
3) bir tomoni urib o`tkirlangan 4) mezolit davrida paydo bo`lgan 5) Farg`ona va Toshkentdagi manzilgohlardan topilgan.
A) 1, 3, 5 B) 1, 4 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 5
16.Chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati paydo bo`lgan davrga oid voqealarni belgilang.
1) Buyuk muzlik davri boshlandi; 2) O`troq turmush tarziga o`tish boshlandi. 3) Muzlik davri poyoniga yetdi; 4) Paxsa imoratlar vujudga keldi;
5) Hayvonlarni qo`lga o`rgata boshlashdi; 6) Doimiy turar joylar qurish boshlandi;
7) Old Osiyoda xo‘jalikning yangi tarmoqlari – ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi;
8) O`q-yoy kashf etildi;
A) 3,5,7,8 B) 1,2,4,6
C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 3,4,5,6,7,8
17.Quyidagilardan qaysilar Jarqo`ton manzilgohiga xos emas?
1) ilk shahar alomatlarini ko`rish mumkin. 2) uch qismdan iborat; 3) ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko`zga tashlanadi;
4) yirik davlatning poytaxti ekanligi ko`zga tashlanadi;
5) zeb-ziynatlar yasaydigan ustaxona qoldiqlari topilgan;
6) ibodatxona qoldiqlari topilgan 7) qal’a va uning atrofida jamoa a’zolari bo‘lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan.
A) 2,3,4,5,6 B) 2,3,7 C) 2,3,4,5 D) 1,6,7
18.Ilk poleolitning so`nggi davrida qanday jarayon odamlarni yangicha turmush tarziga moslashishga undagan edi?
A) ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`tilishi
B) iqlimining iliy boshlashi
C) Buyuk muzlikining chekinishi
D) Buyuk muzlikning boshlanishi
19.Inson taqinchoqlar yasashni qaysi davrda o`rganib oldi?
A) So`nggi paleolit davrida
B) O’rta paleolit davrida
C) Mezolit davrida
D) Neolit davrida oxirida
20.Qadimgi dunyo tarixi manbalariga ko'ra, temir buyumlardan dastlab foydalana boshlagan xalqlarni aniqlang.
A) forslar B) xettlar C) hindlar D) armanlar
21. So`nggi paleolit davri bilan bo`g`liq voqealarni aniqlang.
1) inson endilikda taqinchoqlar yasay boshladi; 2) idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi;
3) bu davrda kromanyon odami yashagan; 4) o`troq turmush tarzi vujudga keldi; 5) odamlar urug` jamoalariga birlashdilar; 6) kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisidan foydalana boshlashdi; 7) dastlabki turar joylar qurildi
8) Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o`simlik naqshlari bilan bezatila boshlandi;
A) 1, 3, 6, 8 B) 1, 3, 5,6,7
C) 1, 3, 4, 5, 6, 8 D) 2, 4, 8
22. Urug` jamoasida yetakchilik qay tariqa erkak kishiga o`ta boshladi?
A) mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllarining takomillashuvi
B) iqlimning o`zgarishi va tez yurar hayvonlarning paydo bo`lishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi
C) qarindoshchilikning ota tomoniga o`tishi
D) tosh qurollarning iste’moldan chiqa boshlashi
23.Katta maydonlarda dehqonchilikni rivojlantirishga imkon yaratib bergan omilni aniqlang.
A) qabila sardorlari va harbiylarning ozaro yerlarni bo`lib olishi va xususiy mulkchilik
B) ota urug`ining yuzaga kelishi va asosiy xo`jalik ishlariga erkaklarning jalb qilinishi
C) temir omoch va boltalarning paydo bo`lishi
D) charxpalakning ixtiro qilinishi
24.Behistun qoyatoshi haqidagi noto`g`ri hukmlarni aniqlang.
1) Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan; 2) Doro III buyrug`iga binoan yozilgan;
3) Qoyatoshda Xorazm, Sug`d, Parfiya sanab o`tilgan;
4) O`rta Osiyo tarixiga oid eng qadimgi yozma manba;
5) O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni keltirgan;
6) O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi, davlat sifatida shakllanishi, shaharsozlik sirlari hamda madaniyati haqida
ma’lumotlar keltiradi; 7) Fors shohi Doro I buyrug‘iga binoan yozilgan.
A) 1,3,4,7 B) 1,6,7
C) 2,3,4,5,6 D) 1,2,3,4,5,6
25.O`troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi natijasida…
A) jamoalarning dehqonchilikka o`tish imkoniyatini yuzaga keldi B) ota urug`i jamoasi vujudga keldi
C) dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi
D) dastlabki shahar va davlatlar vujudga keldi
26. Quyidagi shaxslardan qaysi biri boshqalaridan oldin yashab o`tgan?
A) Gerodot B) Arrian
C) Strabon D) Kvint Kursiy Ruf
27. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi…
A) urug`ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklarning qo`liga o`tishiga olib keldi
B) o`troq turmush tarziga o`tilib, doimiy turar joylar qurilishiga olib keldi
C) hunarmanchilik shakllanishiga olib keldi
D) chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga olib keldi
28.Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko`ra joylashtiring.
1) Teshiktosh g‘ori; 2) Maykop qo‘rg‘oni
3) Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g‘orlari; 4) Zamonbobo manzilgohi; 5) Obishir, Qo‘shilish va Machay manzilgohlari;
A) 1,3,5,4,2 B) 1,3,5,2,4
C) 2,4,5,3,1 D) 2,5,1,3,4
29.Muzrabod tumanida joylashgan bronza davriga oid manzilgohdan quyidagilardan qaysi biri topilmagan?
A) yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan
B) qurol-yarog` yasaydigan ustaxona
C) bronzadan yasalgan mehnat qurollari
D) xom g`ishtdan qurilgan uy-joylar
30. Boysun tog‘laridan topilgan o‘rta paleolit davriga oid Teshiktosh g‘oridan quyidagilardan qaysi biri topilmagan?
A) tosh qurollari va ularning parchalari
B) tog‘ echkisi, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilarning suyaklari
C) 8 – 9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari
D) yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan
31.Quyidagi topilmalarning qaysi biri bronza davriga tegishli?
A) ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor
B) oltindan yasalgan ot-arava
C) arxar shoxi bilan o`ralgan bola qabri
D) Zarautsoy darasidagi qoya rasmlari
32. Xorazm hududidan mil.avv I asr va milodiy dastlabki asrlarda zarb qilingan tangalar topilgan, ulardagi yozuv va tasvirlarni tarixning qaysi bo`limi o`rganadi?
A) epigrafika B) lingvistika
C) etnografia D) numizmatika
33.Keltirilgan voqealarning qaysi biri ilk paleolitning so`nggi davrida yuz berdi?
A) tabiiy olov kashf qilindi
B) buyuk muzlik davri boshlandi
C) ilk dafn tartiblari paydo bo`ldi
D) ilk diniy e’tiqod kurtaklari paydo bo`ldi
34.Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaysi jihatlari bilan hayvonot dunyosidan farqlanib turishgan?
1) nutqining rivojlanganligi; 2) qaddini tik tutib yurgani;
3) mehnat qurollari yasash va ularni ishlatishni bilgani;
4) birgalikda ov qilishgani
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) barcha javob to`g`ri
35.Olis o‘tmishda O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. O‘rta Osiyoning ko‘hna qadamjolarni qazish chog‘ida arxeologlar qayerlik hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan?
1) Mesopotamiya 2) Hindiston; 3) Yunoniston; 4) Xitoy; 5) Eron;
A) 1,2,5 B) 1,2,4 C) 2,3,5 D) 1,2,3,4,5
36.Kvint Kursiy Rufning “Makedoniyalik Aleksandr tarixi” deb nomlangan asari Arrianning “Aleksandrning harbiy yurishlari” asaridan … yozilgan.
A) uch asr keyin B) bir asr avval
C) bir asr keyin D) ikki asr avval
37. Noto`g`ri hukmni toping
A) Temir asri boshlarida O‘rta Osiyoda aholi to‘rtta guruhga bo‘lindi: kohinlar, jangchilar,dehqonlar, hunarmandlar;
B) Temir qurollarning keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu esa ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga
zamin yaratdi.
C) Temirdan birinchi bo‘lib mil. avv. XIV–XIII asrlarda Mesopotamiya, Eron,Kavkazorti xalqlari foydalana boshlaganlar.
Temir buyumlarning tarqalishi jadal suratlarda yuz berdi.
D) Altamir, Lasko, Kapova g`orlaridan odamlar chizgan ilk rasmlar topilgan. Odamlar mazkur rasmlar bo‘lajak ovda bizga
yordam beradi, deya ishonishgan. Rasmlar qarshisida hayvonlar harakatlariga taqlid qilib, raqsga tushishgan, ov manzaralarini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan.
38.Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorligi qanday topilmalari bilan mashhur bo’lgan?
A) Misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlaribilan.
B) Temi'dan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan.
C) G‘ordagi devoriy suratlari bilan.
D) Tilladan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan.
39.Makedoniyalik Aleksandr haqida asar yozgan tarixchilarni aniqlang.
A) Sim Siyan, Strabon.
B) Arrian, Poliyen.
C) Kvint Kursiy Ruf, Arrian.
D) Gerodot, Kvint Kursiy Ruf.
40.Urug‘ jamoasida yetakchilik qay tariqa erkak kishiga o’ta boshladi?
A) Iqlimning o‘zgarishi va tezyurar hayvonlarning paydo bo‘lishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi.
B) Mehnat qurollari va xo'jalik yuritish shakllarining takomillashuvi.
C) Qarindoshchilikning ota tomoniga o‘tishi.
D) Tosh qurollaming iste’moldan chiqa boshlashi.
41.Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan paytda O’rta Osiyo janubida ...
1) Xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurilaboshlandi;
2)Idishlami pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanish boshlandi;
3) Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o‘simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlandi;
4) Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi;
5) Paxsa imoratlar qurila boshlandi;
6) Urug‘ jamoasi o‘troq turmushga o‘ta boshladi.
A) 1,4, 5, 6. В) 1, 3, 5. C) 1,2, 5,6. D) 1,2,3.
42.Qadimgi dunyo tarixi qaysi manbalar asosida o‘rganiladi?
A) arxeologik va antopologik manbalar
B) etnografik va lingvistik, numiznatik
C) arxeologik va yozma manbalar
D) Barcha javoblar to’g’ri
43. Qadimgi dunyo tarixi qanday yozma manbalarda o‘z aksini topgan?
A)Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmui biografiyalarida
B)Qadimgi Sharq saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmui, biografiyalarida
C) Yunoniston saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmuyi, biografiyalarida
D) Rim saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmuyi, biografiyalarida
44. Qadimgi dunyo tarixining yozma manbalarida nimalar haqida hikoya qilinadi?
A) yurishlar va janglar haqida hikoya qilinadi
B) ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi haqida hikoya qilinadi
C) qadimgi fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi
D yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimgi fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi
45. "Avesto",Behistun bitiklari va yunon-rim tarixchiiarining asarlarida o‘lkamiz haqida qanday ma’lumot beriladi?
A) o‘lkamizda yashagan qadimgi xalqlar, alohida joylar, tog‘lar, daryolar va ko‘llar, afsonaviy qahramonlar va podsholar nomlari, mamlakatimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risida
B) o‘lkamizda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar haqida
C) o‘lkamiz madaniyali, san’ati va ilm-fani haqida
D) o‘lkamizning tabiati, qadimgi xalqimizning urf-odatlari haqida
46. Ilk paleolitning dastlabki davrlarida yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan kezlarda eng qadimgi odamlar manzilgohlari qayerlarda joylashgan edi?
A) kichkina daryolar va soylar yaqinidagi tepaliklarda
C) suvli jilg‘alar va soylar atrofida
B) unumdor yerlar va o‘rmonlar atrofida
D) unumdor yerlar va tog‘larda
47. O‘zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g‘oridan qanday buyumlar topilgan?
1) tosh qurollari; 2) sopol buyumlari; 3) hayvon suyaklari; 4) dehqonchilik qurollari; 5) qoyatosh rasmlari; 6) inson suyaklari
1)1,2,5 B)2,4,5 C) 1,4,6 D) 1,3,6
48.Qaysi davrda insoniyat o’z rivojida yana bir bor yuksak pog’onaga yuksaldi?
A) So’nggi paleolit B) Mezolit
S) Neolit D) Eneolit
49.Qaysi davrda insonlarda dalalarga ancha durust ishlov berish, ekin maydonlarini kengaytirish va ular ixtiyorida ortiqcha miqdorda qishloq xo’jalik mahsulotlari paydo bo’lishi imkoniyati vijudga keldi?
A) Mezolit B) Neolit
S) Bronza D) Temir davri



Download 48.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling