Davlatning tashkil topishi Ijtimoiy tuzum
Download 22.04 Kb.
|
QADIMGI XITOY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning tashkil topishi
QADIMGI XITOY REJA: Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot Davlatning tashkil topishi Ijtimoiy tuzum Davlat tuzumi Sin davlati 1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biridir. Arxeologik ma’lumotlarning xabar berishicha, Xitoyda odamlar qadimgi tosh davridayoq yashaganlar. Eng qadimgi Xitoyda matriarxat hukmron bo`lgan. Eng qadimgi Xitoy qabilalaridan miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Xuanxe qirg`oqlariga shimoldan ko`chib kelgan Shan qabilasi ayniqsa kuchayib ketgan. Bu qabila boshqa qabilalarni (shu jumladan, Sya qabilasini ham) o`ziga bo`ysundirib, Xuanxe daryosi havzasining ko`p qismini egallab olgan. Miloddan avvalgi V-III ming yilliklarga kelib Xuanxe daryosining o`rta oqimida dastlabki dehqonchilik vujudga kelib, aholi daryo bo`yidagi kichik-kichik qishloqlarda yashagan. Shunday qilib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib kelgan. Bu hol Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratgan. Qadimgi Xitoy davlati tarixini quyidagicha to`rt: 1) Qadimgi Xitoy davlatining tashkil topishi - Shan (In) davlati (miloddan avvalgi XVIII-XII asrlar); 2) Chjou davlati (miloddan avvalgi XI-III asrlar); 3) Sin podsholigi (miloddan avvalgi 221-207 yillar); 4) Xan podsholigi (miloddan avvalgi 206 yildan milodning 220 yiligacha) davrlariga bo`lib o`rganiladi. So`nggi davr quldorlik davlatining feodal davlatga o`sib o`tishi bilan xarakterlanadi. Davlatning tashkil topishi Qadimgi Xitoyda shahar tipidagi sivilizatsiyaning dastlabki o`choqlari miloddan avvalgi II ming yillikda Xuanxe daryosi havzasida tashkil topa boshlagan. Xitoy an’analarida aytilishicha, qadimgi Xitoyda davlat miloddan avvalgi XVIII asrda sya qabilasining shan qabilasi tomonidan bosib olinishi natijasida tashkil topgan. O`sha vaqtda shan qabilasi boshlig`i Chen Tan degan kishi davlatga asos solib, unga hukmdor qabilaning nomi bilan Shan davlati deb atagan. Unda quldorlik munosabatlari bilan bir qatorda jamoa ishlab chiqarishiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlangan. Bu yerda hukmron sinf in dunyoviy aristokratiyasidan, kohinlardan va bo`ysundirilgan qabilalarning aristokratlaridan tashkil topgan. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling