oliy maslahatchi organ - imperatorlik kengashi tuzilgan.
II asrning ikkinchi yarmida Xitoyda yana og`ir vaziyat vujudga keladi, siyosiy guruhlar o`rtasidagi kurash chuqur siyosiy inqirozga olib keladi. Mamlakatning xo`jalik tizimi tushkunlikka uchraydi. 184 yilgi kuchli "sariq ro`molliklar" qo`zg`oloni butun mamlakatni qamrab olgan. Qo`zg`olon hukumat qo`shinlari tomonidan katta talofotlar evaziga zo`rg`a bostirilgan. Jang natijasida 80 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan, yerlar bo`shab qolgan, ba’zi yirik shaharlar vayron etilgan. 188 - 207 yillarda ham Hitoyning ko`p joylarida kuchli qo`zg`olonlar bo`lib o`tgan. Ammo ularning hammasi hukumat qo`shinlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan. Lekin shunga qaramay, qo`zg`olonlar Xan saltanatini zaiflashtirib yuborgan va oxir oqibatda uning qulashiga olib kelgan. 220 yilda Xan podsholigi Vey, Shu va U kabi davlatlarga bo`linib ketgan. Bu Xitoy tarixida Uch podsholik davri deb ataladi. Shu bilan qadimgi Xitoy tarixi o`z nihoyasiga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |