1. Davlat byudjetining mohiyati Byudjet daromadlari


Download 1.28 Mb.
Sana27.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1656713
Bog'liq
Chorshayeva Malohat.19

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 81-22 guruh talabasi Chorshayeva Malohat

Davlat budjetining davlat hokimiyati, boshqaruv,sud, prokuratura organlarini saqlash xarajatlari

Reja

1.Davlat byudjetining mohiyati

2.Byudjet daromadlari


Davlat budjeti davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjatdir.
Davlat budjetini tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun moliyaviy asosni shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning istiqboldagi rejasini amalga oshirish, aholi daromadlarini qayta ko‘rib chiqishdir. Davlat budjeti daromad va xarajat qismlaridan tashkil topadi.
Davlat budjeti – davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati.
Davlat budjetining daromad manbalariga quyidagilar kiradi:
— fuqarolar daromadidan olinadigan soliqlar;
— korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar;
— davlat korxonalarining foydasi;
— davlat qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tushgan pul;
— davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar;
— davlat boji va boshqa tushumlar.
Boj — davlat muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi bir xizmatlar uchun yoki davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadigan haq.
Davlat byujeti –mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi,moliya tizimining markaziy bugunidir.Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iktisodnisamarali rivojlantirish va umumdavlat mikyosidagi ijtimoiy vazifalarni xal kilish uchun sharoit yaratishdir.
Budjet mablag‘lari quyidagi sohalarga sarflanadi:
— ta’lim va fan, madaniyat va san’at;
— sport va sog‘liqni saqlash;
— milliy xavfsizlik;
— qarilik va nogironlik pensiyalari, nafaqalari hamda stipendiyalar;
  • -ishsizlik nafaqalari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
  • -atrof-muhitni himoya qilish;
  • -jamoat tartibini saqlash;
  • -davlat korxonalari va boshqaruv organlarining moliyaviy ta’minoti;
  • -ba’zi bir davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sohalarni moliyaviy qo‘llabquvvatlash va boshqalar.

Ko‘rib turganingizdek, davlat budjeti mablag‘lari, asosan, jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlar sotib olishga, aholining turli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan transfert to‘lovlariga sarflanar ekan.
Bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Yil yakunlangandan so‘ng hukumat budjetning ijrosi bo‘yicha Oliy Majlisga hisobot beradi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling