1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Download 68.19 Kb.
bet16/20
Sana04.01.2023
Hajmi68.19 Kb.
#1078245
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar 1-38

Sanksiya – yuridik normaning tarkibiy elementi bo‘lib, u huquqiy norma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etilgan xatti-harakat sodir etilgan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan davlat ta’sir chorasining turini belgilaydi. Sanksiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo‘lgan jazoning yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag‘batlan-tirishning turi va o‘lchovi ifodalangan bo‘ladi. Shunday qilib, yuridik normaning tarkibiy qismlari quyidagilarni o‘rnatadi:
Gipoteza – dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kim va qachon bajarishi lozimligini va qaysi sharoitda bajarishi lozimligini ko‘rsatadi; dispozitsiya esa bajarilishi lozim bo‘lgan qoida nimadan iboratligini ko‘rsatadi, unda huquqiy munosabat ishtirokchilarining subyektiv huquqlari va majburiyatlarining mazmunini aks ettiradi; sanksiya esa huquq normasini bajarmaslik oqibatlarini ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, huquqiy normalarning hammasida ham uning uch elementi birgalikda kelavermaydi. Ko‘pchilik konstitutsiyaviy normalar gipoteza va dispozitsiyadangina iborat. Konstitutsiyaviy normalarning sanksiyasi boshqa qo-nunchilik hujjatlarida, tegishli kodekslarda mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24- moddasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», degan mazmundagi huquqiy qoida mustahkamlangan. Bu normada insonni hayot-dan mahrum etganlik uchun qanday jazo berilishi ko‘rsatilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasida qasddan odam o‘ldirganlik uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ayni paytda, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning maxsus qismi, ya’ni huquqbuzarliklar ko‘rsatilgan qismida joylashgan moddalar, asosan, dispozit-siya va sanksiyadan iborat (jinoyat va ma’muriy javobgarlik kodekslarining maxsus qismi normalariga qarang), ularning gipotezasi mazkur kodekslarning umumiy qis-mida, ayrim hollarda boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlangan bo‘ladi. Masa-lan, JKning 97-moddasida taqiqlangan jinoyatning subyekti jinoyat qonunchiligida belgilangan yoshga yetgan, aqli raso, mazkur jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar JKning umumiy qismida ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday qilib, huquq normasining tarkibi – bu uning o‘zaro mazmunan uzviy bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ichki tuzilishidir.


28.

“Ҳаракатлар стратегияси”да давлат ва жамият қурилишини такомиллаштиришга йўналтирилган демократик ислоҳотлар мазмунини амалий мисоллар орқали ёритиб беринг.


Download 68.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling