1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Dispozitsiya tushunchasi, turlari va oʼziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari boʼyicha qonunchilikdan misollar keltiring


Download 68.19 Kb.
bet2/20
Sana04.01.2023
Hajmi68.19 Kb.
#1078245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar 1-38

5.Dispozitsiya tushunchasi, turlari va oʼziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari boʼyicha qonunchilikdan misollar keltiring.
Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy yelementi boʼlib,
unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning boʼlishi mumkin boʼlgan xatti-harakatlari variantlari koʼrsatiladi. Masalan,
Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet yelga chiqish yoki Oʼzbekiston
Respublikasiga kirish yoxud chegaradan noqonuniy oʼtganlik uchun javobgar-
lik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi – hukumatning ruxsati-
siz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoki buning uchun belgilangan chegara
punkti orqali oʼtmay, davlat chegarasidan noqonuniy oʼtishning taqiqlanganli-
gidir.
oddiy, tavsif yetuvchi,
blanket va havola yetuvchi dispozitsiyalarga boʼlinadi. Oddiy dispozitsiyada
xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga maʼlum tushuncha, ibora,
(masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi «qasddan odam oʼldirish») yordami-
da taʼriflanadi. Bu kabi dispozitsiyalarda izoh va sharh talab yetilmaydi, ammo
ular qonunchiligimizda juda kam uchraydi.
Tavsif yetuvchi dispozitsiya – huquqbuzarlik belgilarining toʼliq bayonini
oʼz ichiga oladi (masalan, JKning 169-moddasi: oʼgʼrilik – oʼzgalar mulkini yashi-
rin ravishda yegallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan oʼrinli boʼlmasa-da,
talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushu-
narli boʼlishi uchun maʼlum bir maʼnoda, qisqa shaklda bayon yetiladi.
Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu
qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli
qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yongʼin xavfsizligi, texni-
ka xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa
qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning
mazmuni Jinoyat kodeksida yemas, balki JKning moddalarini qoʼllashda muro-
jaat qilish zarur boʼlgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. «Blanket» soʼzi «blank» iborasi asosida vujudga kelgan boʼlib, asl maʼnosi blank tarzidagi
norma mazmunini boshqa huquqiy qoida vositasida toʼldirish lozimligini
anglatadi. Yuqorida keltirilganidek, «texnika xavfsizligi qoidalarini buzganlik»
ka doir javobgarlikni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida
tasdiqlangan «Texnika xavfsizligi qoidalari» degan hujjatni olib, uning qaysi
qoidasi kodeks normasiga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab, yaʼni shu
qoida mazmuni bilan Jinoyat kodeksining blanket normasi toʼldirilishi kerak
boʼladi. Undan soʼng aybning hajmi va jazoning miqdori hal yetilishi mumkin.
Havola yetuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga yega
boʼlmagan, balki oʼsha qonunning boshqa normasiga (masalan, JKning 110-m.
«Qiynash») yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat yetishni nazarda tutuvchi
dispozitsiya havola yetuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.

Download 68.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling