1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Ijtimoiy normalar va huquq oʼrtasidagi oʼzaro farqli va oʼxshash jihatlarni tahlil eting


Download 68.19 Kb.
bet3/20
Sana04.01.2023
Hajmi68.19 Kb.
#1078245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar 1-38

6.Ijtimoiy normalar va huquq oʼrtasidagi oʼzaro farqli va oʼxshash jihatlarni tahlil eting.
Ijtimoiy normalar tizimi – bu jamiyatda kishilar xulq-
atvorini, muayyan guruh va jamoalar oʼrtasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi qoidalar majmuidir.

Ijtimoiy normalar oʼzaro umumiy jihatlar bilan birgalikda


oʼziga xos xususiyatlarga ham ega. Buni huquq va axloq normalarining
oʼzaro nisbatida ham koʼrib chiqish mumkin.
Huquq va axloqning umumiyligi quyidagilarda namoyon
boʼladi:
-ular birgalikda normativ tartibga solish tizimini tashkil
etuvchi ijtimoiy normalardan iboratdir;
- falsafiy nuqtai nazardan huquq va axloq – ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy va boshqa omillar bilan bir xil darajada bogʼliq
boʼlgan ustqurma kategoriyalardir;
-huquq va axloq mavjud ijtimoiy munosabatlardan iborat
birdan-bir boshqarish obʼektiga ega hamda ularning har ikkalasi ham
shaxslar va ularning jamoalariga yoʼnaltirilgan;
-huquq va axloq normativ hodisalar sifatida shaxslarning
zarur va mumkin boʼlgan xatti-harakatlari chegaralarini belgilaydi 82
hamda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni uygʼunlashtirish vositasi
sifatida maydonga chiqadi;
- inson faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida ular shaxs
irodasining erkinligi va xatti-harakatlarini tanlash
imkoniyatlariga asoslanadi;
- huquq va axloq oxir-oqibatda bir xil vazifa, yaʼni ijtimoiy
hayotni tartibga solish va takomillashtirish, unga tashkiliy asoslarni
kiritish, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish
vazifalarini koʼzda tutadi.
Huquq va axloq normalari bir-biridan quyidagi jihatlar
boʼyicha farqlanadi:
1. Huquq va axloq bir-biridan, eng avvalo, oʼrnatilishi,
shakllanish usullari va manbalari boʼyicha farq qiladi.
2. Huquq va axloq normalari taʼminlash usullari boʼyicha
bir-biridan farq qiladi.
3. Huquq va axloq normalari ifoda etish shakliga koʼra farq
qiladi.
4. Аxloq va huquq normalari kishilar ongiga taʼsir etish
xususiyati va usullariga koʼra bir-biridan farq qiladi.
5. Huquq va axloq normalari ularni buzganlik uchun
javobgarlik mohiyati va tartibi boʼyicha bir-biridan farq
qiladi.
6. Huquq va axloq normalari amal qilish sohalari boʼyicha
farq qiladi.
7. Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi va ularni normativ tartibga solishning obʼektiv zaruriyatini tushuntiring.
Har qanday jamiyatda uning aʼzolari munosabatlarini tartibga
solish jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy hayotda
tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini
belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun
zarur yoʼnalishlar berish, uni aniq maqsadni koʼzlagan holda muayyan
bir qolipga tushirish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki
xil – normativ va individual koʼrinishga ega. Normativ tartibga
solish umumiy xususiyatga ega boʼlib, bunda norma (qoida)lar
jamiyatning barcha aʼzolariga yoxud uning muayyan qismiga tegishli
boʼladi. Shu oʼrinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi –
ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri
boʼlib, uning taraqqiyotida yirik sifat oʼzgarishlarini, tub
burilishlarini boshlab berganligini alohida taʼkidlash joiz.
Individual tartibga solish esa aniq subʼektga taalluqli
hisoblanadi, yaʼni tegishli tarzda harakat qilish uchun berilgan
individual koʼrsatmalardan iborat boʼladi. Bunda normativ tavsifga
ega boʼlgan normalar aniq vaziyatlarda ikki yoki undan ortiq shaxslar
yohud ularning uyushmalari oʼrtasida yuzaga keladigan muayyan
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan boʼladi.
Tartibga solishning har ikki turi bir-biri bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, ular oʼzaro bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birining mavjudligini taqozo etadi.

Download 68.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling