1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati
Download 0.87 Mb.
|
1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning vazifalari
- Mavzuning tarkibiy tuzilishi
Mavzuning maqsadi: Ushbu kurs ishining maqsadi davlatning ichki va tashqi qarz holatini o'rganishdir. Davlat tashqi qarzini muhtojlik tufayli olingan oddiy qarz ma’nosida tushunmaslik kerak. Tashqi qarz aslida maqsadli kreditlar, sarmoyalar va boshqa mablag‘larning mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini bildiradi. Xalqimizning farovon hayotini va barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun, avvalo, infratuzilmani rivojlantirish talab etiladi. Aholining yashashi, ishlab chiqarish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun zarur bo‘lgan energetika, suv ta’minoti, transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish uchun katta mikdordagi sarmoyalar talab etiladi.
Ichki imkoniyatlar chek langan holatda davlat tashqi qarzi, asosan, infratuzilma, sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalariga yo‘naltirilmoqda. Tushunib olishimiz kerakki, birinchidan, O‘zbekistonning hozirgi kundagi tashqi qarzi miqdori juda past darajada, deb hisoblanadi. Ikkinchidan, tashqi qarz xavotirga tushiradigan sabab emas. Agar bu qarz noto‘g‘ri sarflansa yoki shaffof bo‘lmagan jarayonlar orqali o‘zlashtirilsa, ana shundagina xavotir o‘rinli va asosli bo‘ladi. Mavzuning vazifalari: Yuqoridagi maqsadimga erishish yuzasidan quyidagi ketma ketlikda bajariladigan vazifalarni o’z oldimga belgilab oldim: Dastlab mavzu yuzasidan xorijiy adabiyotlar va ilmiy maqolalarni o’rganish va ularga o’z fikrlarimni bildirish; Davlat qarzi tushunchasi va mohiyatini o`rganish.Davlat qarzining turlari haqida bayon etish. O`zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati tahlili o`rganib chiqish. Davlat qarzining makroiqtisodiy oqibatlarini ko`rsatib berish. Mavzuning tarkibiy tuzilishi: Kurs ishimning tarkibiy tuzilishi kirish, asosiy qismni yoritib beruvchi 4 ta reja, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismida tadqiq qilinayotgan muammoning dolzarbligi asoslari va maqsadi, vazifalari hamda kurs ishining tarkibiy tuzilishi yoritilgan. Asosiy qismida reja asosida ma’lumotlar mukammal tarzda yoritilgan. Kurs ishining yakuniy qismida xulosa va takliflar bayon etilgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling