1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati


-rasm 1-rasm. 2019-2022 yillarda YAIMning o`sish su’ratlari


Download 0.87 Mb.
bet5/12
Sana05.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1692836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati

1-rasm

1-rasm. 2019-2022 yillarda YAIMning o`sish su’ratlari
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichi Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hisoblanadi. 2020−2022 yillarda sof YAIMning o‘sish sur’atlari 5,5−6,2 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
Xarajatlar: 2020 yilda Davlat byudjeti xarajatlari 131,104 trln. so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga ko‘pdir.
2-rasm

2-rasm. 2020-yil davlat byuidjet xarajatlarining tuzulmasi, mlrd. so`m1
Davlat byudjeti xarajatlarning qariyb yarmi ijtimoiy sohaga yoki umumiy xarajatlarning 22,9 foizi ta’lim sohasiga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
2020 yilda umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarini moliyalashtirish uchun 20,885 trln. so‘m yoki umumiy ta’lim xarajatlaridan 70 foizini yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
2020 yilda Davlat byudjeti hisobidan sog‘liqni saqlash sohasiga 14,842 trln. so‘m ko‘zda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlangan ro‘yxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash kiritiladi. O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekiston hududida muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el fuqarolari tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganda asoslantirilgan murojaatlar bilan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega.
Shuningdek, 2020 yilda Davlat byudjeti hisobidan aholiga nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlariga 6,573 trln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga ko‘pdir. 2020 yilda Davlat byudjetining 10 foizi iqtisodiyot va markazlashgan investitsiyalarga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Iqtisodiyot xarajatlariga 14,132 trln so‘m yo‘naltiriladi. Kelgusi yilda arzon uy-joylar qurish ishlari davom ettiriladi. Davlat byudjetidan 1,905 trln. so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan.


3. O`zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati tahlili.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etdi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling