1. Davlat ta’lim standartlarining mazmuni
Download 30.36 Kb.
|
1. Davlat ta’lim standartlarining mazmuni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sillabusning tarkibiy qismlari
Sillabus (lat. Syllabus Errorum - «ikkilanishlar rо‘yxati») - 1864 yilda Rim cherkovi tomonidan ishlab chiqilgan muhokama qilinadigan ta’limot va tamoyillar rо‘yxati. Qadimda mazkur atama (lat. syllabus – katalog) Rim cherkovi tomonidan papa tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni kodifikatsiyalash uchun qо‘llanilgan.
Sillabus –о‘qitiladigan fanning manbalarini, uning qisqacha mazmunini, mavzusi va har bir mashg‘ulotning davomiyligini, mustaqil ta’lim topshiriqlarini, maslahat beradigan vaqtni, о‘qituvchining talablarini, baholash mezonlarini, oraliq nazorat jadvalini va adabiyotlar rо‘yxatini kо‘rsatib beradigan о‘quv dasturi. Sillabusning tarkibiy qismlari: Professor-о‘qituvchi haqida ma’lumot. Murojaat uchun ma’lumotnoma. Prerekvizitlar (Prerequisite). Postrekvizitlar (Postrequisite) . Fanning qisqacha tavsifi. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanni о‘rganishga qо‘yiladigan talablar. Taqvim-mavzuiy reja. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar rejasi. Talabalarning mustaqil ishlarini о‘tkazish (konsultatsiya) rejasi. Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish jadvali. Kurs ishi mavzulari banki. Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati. Talabaning о‘quv ishlari natijalarini nazorat qilishga doir savollar. Talabalarning bilimini baholash tizimi. Talabaning reytingini belgilash shkalasi. Yakuniy baholash tartibi. Talabaning о‘quv natijalarining reyting-balli va an’anaviy baholash tizimi. Silabusda nafaqat talaba о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan fanlar, imkoni boricha aniq mavzular, bilim va kо‘nikmalar rо‘yxati keltirilishi kerak. Talabalarga о‘quv fanini mustaqil faoliyatda о‘rganish va bilimlar sifatini doimiy о‘zi tekshirishini tashkillashtirishda yordam berish uchun mо‘ljallangan. Download 30.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling