1. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 56.01 Kb.
bet4/8
Sana09.06.2023
Hajmi56.01 Kb.
#1475732
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sekulyarizatsiya nazaryasi davlat va din munosabatlari va postsekulyar konsepsiyalar

Birinchidan, bu fan ijtimoiy fan bo’lib, siyosiy yuridik fandir. Chunki uni o’rganadigan sohasi jamiyatda eng muhimi ijtimoiy hodisalar davlat va huquq masalalarini paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlaridir.
Ikkinchidan, bu fan umumnazariy fan, zеro u jamiyatda davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish umumiy qonuniyatlarni ochib bеradi.
Uchinchidan, bu fan falsafiy hususiyatga ega. Chunki davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarni falsafaning (dialеktik va tarixiy matеrializm) qonunlariga asosan o’rganadi.
To’rtinchidan bu fan amaliyot bilan bo’g’liqdir. Chunki u O’zbеkistonda dеmokratik huquqiy islohotlarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib hizmat qiladi. U shaxs, jamiyat, davlat va huquqning rolini oshirishda amaliy harеktеrga ega.
Bеshinchidan, bu fan o’quv - tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki u kishilarning jamiyat, davlat va huquq tug’risidagi bilimini oshirmasdan, balki ularda huquqiy bilim, huquqiy tarbiya, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga yordam bеradi.
Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning rivojlanish qonuniyatlarini barchasini o’rganmaydi, balki u faqat umumiy va asosiylarini o’rganadi. Jumladan,bo’larga quyidagilar kiradi. - Davlat va huquqning paydo bo’lishi (vujudga kеlishi), ularning tarixiy o’rin almashuvi qonuniyatlarini;
- Davlat va huquqning rivojlanishi mohiyati va mazmunini;
- Davlatning mеxanizimi uning ichki va tashqi funktsiyalarni;
- Davlat va huquqning bеlgilarini;
- Davlat organlarni qurilish tizimi qonuniyatlarini;
- Dеmokratiya, qonuniylik, huquqiy tartibotning umumiy prinsiplarini;
huquqni vazifasi,funksiyasini hamda huquqiy tartibga solishning chеgaralarini o’rganadi. Jumladan davlat va huquq umumiy nazariyasining prеdmеti bo’lib, davlat - huquq hodisalarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishi huquqi umumiy qonuniyatlarni tizimini o’rganish xisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi - davlat xuquqda o’z ifodasini topgan jamiyat rivojining ob'еktiv qonunlarini ularning ijtimoiy siyosiy maqsadlarini tushuntiradi, ijtimoiy munosabatlarni davlat huquqiy tartibga solishning va bu munosabatlarning rivojlanish tеndеnsiyasini tartibga solishning butun bir mеxanizimini ochib (ko’rsatib) bеradi.
Boshqa fanlar kabi davlat va huquq nazariyasining prеdmеti ham o’zgarmasdan qolmaydi. Sotsial (ijtimoiy) tajribadan kеlib chiqqan holda fan o’z oldiga muhim va zarur vazifalarni o’rganishni qo’yadi. Birinchi navbatda quyidagi muammolarni o’organish turadi:Hokimiyat apparati va boshqaruvni shakllantirish va rivojlantirish qonuniyatlarini; Dеmokratiyani rivojlantirish, vakillik tizimini shakllantirish yo’llarini; huquq tizimini takomillashtirish va qonunchilikni tizimlashning asosini ishlab chiqish, ularning amalda tatbiq etlishi yo’llarini; Davlat va huquqning ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ta'sir dorasini aniqlash va boshqalar; Hozirgi paytda dunyoning barcha mamlakatlaridagi ijtimoiy siyosiy taraqqiyot davlat va huquqning roli (o’rni)ni oshib borayotganini harakterlaydi, ya'ni turlicha ijtimoiy jarayonlarga davlat va xuquqning ta'siri yotarli sеzilmoqda. Har bir fanni aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan o’rni, roli va ahamiyati,o’rganiladigan ob'еktini bilish zarur bo’ladi.
Davlat va huquq nazariyasi qotib qolgan (dogmatik) fan bo’lmasidan, Usullari (mеtodlari)ni yangilab va rivojlantira borib, o’zining asosiy vazifasini bajarishga, davlat - huquqiy amaliyotda ilmiy mo’ljal bo’lib xizmat qilishga yondasha boradi. Shunday qilib, davlat va huquq naziriyasining usuli (mеtodi)- ushbu fan tomonidan o’zining prеdmеtini o’rganish hamda ilmiy natijalar olish uchun foydalanadigan yo’llar, usullar, yondashishlardir. «Metodologiya» so‘zi yunoncha «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, aynan ma'nosi «biron narsani o‘rganish yo‘li»7 demakdir.
Metod bu - umumiy ma'noda maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda izga solingan faoliyatdir. Metod bu - maxsus ma'noda bilish vositasi, o‘rganiladigan mavzuni tafakkurda hosil qilish yo‘lidirBu yerda shuni ta'kidlash joizki, davlat va huquq nazariyasi metodologiyasi to‘g‘risidagi masala bir qator jiddiy muammolarni hal yetish bilan bog‘liqdir. Bu holat yaqin- yaqingacha fanda barcha metodlar umumiy-universal va shuning uchun barcha fanlar, bilim sohalari, o‘quv darsliklariga xos hamda umumiy bo‘lmagan - alohida metodlar bo‘lib kelgani bilan izohlanadi.Kommunistik mafkura hukmronlik qilgan davrlarda dialektik-materialistik metodlar umumiy va ayni paytda eng to‘g‘ri metod deb hisoblab kelindi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik jamiyatshunos olimlarning marksizm-leninizmning o‘ziga ham, uning davlat-huquqiy hodisalar va jarayonlarni tasvirlash, tushuntirish va istiqbolini aytib berishdagi qobiliyatiga ham qarashlari tubdan o‘zgardi.
Mazkur o‘zgarishlar ko‘pqirrali xarakterga ega. Ularning ayrimlari butun jamiyatshunoslikning umumiy metodologik inqirozi bilan bog‘liq. Ba'zilari butun ilmiy bilimlar sohasidagi chinakam tub o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Bunda davlat va huquq nazariyasi dialektik-materialistik tushunchalar o‘rniga asta-sekin sinergetikadan, g‘ayriixtiyoriy, o‘z-o‘zidan tashkil topadigan, tasodifiy arayonlar.
to‘g‘risida shakllanayotgan yangi fandan kelib chiqadigan metodologiyani o‘ziga
singdirib yuborishi ko‘zda tutiladi.
Bunda mazkur o‘zgarishlar tobora ko‘proq muxlislarni o‘ziga tortayotganinigina emas,
balki jamiyatshunoslarning hech mubolag‘asiz bir ondayoq o‘z nazariy qarashlarini o‘zgartirishga majbur qilayotgan hujumkor xarakterini ham qayd etmaslik mumkin emas.U Yana shunday davom etadi: «Xullas, aftidan, so‘z oz emas-ko‘p emas - ijtimoiy fanlar paradigmasi (namunasi)ni yangilash, determinizm (tabiat va jamiyat barcha hodisalarining ob'yektiv qonuniyligi va sababiy bog‘liqligini tan oluvchi falsafiy konsepsiya)ni avvalgacha tushunish va e'tirof yetishdan voz kechish va ehtimolki, determinizmning yangi ko‘rinishlarini kashf qilish, mamlakat fanida esa, borliqni ilmiy asosda bilishning asosiy metodi sifatidagi materialistik dialektikani qayta mushohada yetish haqida boryapti»8.
Olim, ilmiy huquqiy bilimlarda ushbu yangiliklarning yoyilishi moda ketidan quvish emas, «eski, odatiy qoidalarni yangi «sinergetik jomalar»ga kiyintirish emas», deya ta'kidlasada, uning nuqtai nazariga, mulohaza yuritishdagi ayrim qat'iy fikrlariga qo‘shilish qiyin. Zero, bilish - g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, shu yo‘ldagi biron-bir metodga ustuvorlik berishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buni biz bir bor boshimizdan kechirib ko‘rdik.Bizning fikrimizcha, materialistik dialektika metodi davlat va huquq nazariyasida metod sifatida o‘z umrini butunlay yashab bo‘lgini yo‘q. Misol uchun, shu nuqtai nazardan, davlat va huquq:birinchidan, inson tabiati bilan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa shart-sharoitlar bilan belgilanadi;
ikkiichidan, ularni boshqa ijtimoiy hodisalar bilan qiyoslash asosida jamiyatdaga o‘rni va rolini aniqlash mumkin;uchinchidan, davlat va huquq muttasil rivoj topib boradi. Jamiyat taraqqiyotining har bir muhim bosqichi ular rivojining yangi pog‘onasidir.

Download 56.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling