1. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Download 56.01 Kb.
|
Sekulyarizatsiya nazaryasi davlat va din munosabatlari va postsekulyar konsepsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Qiyosiy- huquqiy usul
- Statistik matematik uslub
- Kibernetik uslub
- «Navbatdagi muhim masala - respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir.
Sistemali-strukturali usul- fan va uning predmetini mustaqil ijtimoiy sistema sifatida, uni davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o`rganish , uning strukturasi, hodisalarni tarkibiy element sifatida bilish usuli. Unda quyidagilarga e`tabor qaratiladi
sistema qismlari bir butun kompleks sistema tashqi muhit bilan aloqador tahlil qilinayotrgan sistema boshqa yirikroq sistemaning tarkibiy qismi o`rganilayotgan sistemaelementlari kichik sistemalarni hosil qilishi. Qiyosiy- huquqiy usul- qiyoslash, taqqoslash, chog`ishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o`rganish, ularning o`ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlash usuli.Aniq-sotsiologik usul- davlat va huquq masalalarini davlat idoralari faoliyati, davlat va jamiyat boshqaruvini huquqiy tartibga solish yo`llarini real hayot bilan bog`lab o`rganish usuli. Bunda anketa o`tkazish, jamoatchilik firkini aniqlash, statistic ma`lumotlani to`plash va tahlil qilish usullardan foydalaniladi.Statistik matematik uslub-aniq-sotsiologik metod bilan bog`liq bo`lib, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish organlari faoliytiga oid amaliyot, boshqa organlar faoliyatidan kelib chiquvchi statistik ma`lumotlarni ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy jarayonlarini xolis aniqlash va baholash usuli.Kibernetik uslub- davlat va huquq hodisalarini o`rganishda hozirgi zamon texnikaviy vositalarini qo`llab, huquqiy ma`lumotlar to`plash, ularga ishlov berish va umumlashtirib ishlash usuli. Bunda modelashtirish muhim hisoblanadi. Ijtimoiy- tajriba usuli- davlat va huquqqa oid biror bir institutni , organni, normani hayotga joriy etishdan avval ularni tajriba usuli yordamida sinab ko`rish usuli.Misol tariqdsida A.B.Vangerov kabi mashhur xukuqshunosni olib ko’raylik. O’zining 1995 yilda yozgan darsligida materialistik dialektika to’g’risida gapirarkan, u: «agar ushbu metod yordamchi, juz’iy, ikkinchi darajali deb qaralgan boshqa barcha metodlarga zid bo’lmasa» - undan bemalol foydalanish mumkin, deb hisoblaydi. 1996 yilda chop etilgan o’zining shu nomdaga darsligida u shunday yozadi: «Sinergetika hozirdayoq dunyoning o’z tuzilishi asoslaridagi zaruriy (qonuniy) va tasodifiy hodisalarni tushunishni tubdan o’zgartiruvchi, dunyoni yangacha ko’rish, yangacha idrok etish metodi sifatida maydonga chiqmokda. Jonsiz materiya hamda inson faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va boshqa sohalaridagi tarixiy jarayonlar rivojining sabablari va shakllari yangicha talqin etila boshlandi. Hodisalarni biologik va ijtimoiy evolyutsiyannng mustaqip omili sifatida yangicha tushunish, o’zidan o’zi tashkil bo’luvchi jarayonlarda uning rolini e’tirof etish yuzaga kelmoqda»2 U yana shunday davom etadi: «Xullas, aftidan, so’z oz emas-ko’p emas - ijtimoiy fanlar paradigmasi (namunasi)ni yangalash, determinizm (tabiat va jamiyat barcha hodisalarining ob’yektiv qonuniyligi va sababiy bog’likligani tan oluvchi falsafiy konsepsiya)ni avvalgacha tushunish va e’tirof etishdan voz kechish va ehtimolki, determinizmning yangi ko’rinishlarini kashf qilish, mamlakat fanida esa, borliqni ilmiy asosda bilishning asosiy metodi sifatidagi materialistik dialektikani qayta mushohada etish haqida boryapti»3 Boz ustiga u, ijtimoiy fanlar metodologiyasida yangi paradigma «...yo sinergetikaning alohida metodi sifatida dialektikani o’z ichiga oladi - shunda ham faqat ayrim sohalar uchun qo’llaydi yoxud uni borliqqa tamoman yangacha yondashuvlar bilan umuman almashtiradi», deb hisoblaydi.Metodologiyadagi qat’iy biryoklamalik qadriyatlarga munosabatda ham xatolarga olib keldi. Haddan ziyod mafkuraviylik davlat haqidagi tasavvurlarning soxtalashtirilishiga sabab bo’ldi. Davlatning funksiyasi oqibat-natijada faqat ezuvchilarni himoyalashga qaratiladi, deb hisoblanardi. Shu sababdan ham davlatni ta’riflashda uning sinfiylik jihatiga urg’u berilardi. Huquqqa munosabatda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgandi: «hukmron sinfning qonun darajasiga ko’tarilgan irodasi» sifatida uning imperativ - sinfiy jihatlari ta’kidlanardi.Shu darajada soxtalashtirilgan, noto’g’ri mafkuraviylashtirishning sabablari nimada? Bunday sabablar, aftidan, ko’p bo’lib, ularning birini XX asrda soxtalashtirilgan sotsiologizmning rivojidan qidirish kerak. Aynan shu davrda A.YA.Vishinskiy o’z izdoshlari yordamida mamlakatni ma’muriy buyruqbozlik asosida boshqarish ehtiyojlariga muganosib huquq nazariyasini qaror toptirdi.1938 yili sobiq sovet huquqshunoslik fani xodimlari-ning Butunittifoq kengashi tomonidan ilgari surilgan quyidagi taklif huquqni yangicha tushunishga asos qilib olindi: «Sovet sotsialistik huquqi sotsialistik davlat tomonidan belgalangan yoki tasdiqlangan hamda ishchilar sinfi va barcha mehnatkashlar irodasini ifodalovchi xulq-atvor qoidalari (normalari) majmui bo’lib, ularning qo’llanilishi sotsialistik davlat tomonidan majburlov kuchi bilan ta’minlanadi»Hozirgi zamon davlat va huquq nazariyasi uchun ob’yektivlik tamoyili ham katta ahamiyat kasb eta borib, ilmiy xulosalar va takliflarda g’arazgo’ylik, u yoki bu siyosiy tuzilmaga «yaxshi ko’rinish» istagi kabi illatlardan fanni xalos qilish jarayoni kechmoqda.Bu tamoyil ilmiy izlanishlarda mamlakatimiz yutuqlarini xorijiy tajribani o’rganish bilan qo’shib olib borishni metodologak jihatdan uddalashni ko’zda tutadi. O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy hayotida yuz berayotgan yangilanish jarayonlari sharoitida inson haq-huquqpari va erkinliklari jahon andozalarini bilish, ularni respublikamizda ijodiy qo’llash zaruriyatga aylanmoqda.Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida so’zga chiqar ekan, Prezident I.Karimov kuyidagi masalaga e’tiborni qaratdi: «Navbatdagi muhim masala - respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir. Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda hukumatning o’z fuqarolari oldidaga majburiyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo’lmagan ishlar belgalab berilgan. O’zbekiston hozircha bu standartlardan 15 tasiga qo’shilgan»4 Biroq, bu narsa mutlaqo xorijiy tajribani ko’r-ko’rona o’zlashtirib olishni anglatmaydi. Mazkur ishda xalqimizning madaniy va ma’naviy an’analarini hisobga olish shart. Bu esa, har qanday tajribani o’zlashtirishga jiddiy yondashishni talab qiladi.Davlat va huquq nazariyasining metodologaya sifatidagi ahamiyati davlat faoliyatining muayyan sohalarida huquqiy tartibga solishning qoida va shartlarini o’rganuvchi maxsus sohaviy yuridik fanlar uning qonuniyatlaridan foydalanishida yorqin namoyon bo’ladi. Biroq, davlat va huquqni bilishning ham maxsus, ham alohida metodlari shunday bilish vositalarini qo’llashdan iboratki, ular faqat davlat-huquqiy reallikning o’ziga xos sohalarini o’rganishgagina yaraydi. Alohida metod orasida, bizningcha, aniq-sotsiologik, qiyosiy-huquqiy, rasman-yuridik (qat’iy normativ), huquqiy modellashtirish, shuningdek, matematik, matematik-statistika, kibernetika va boshqa metodlarni aytib o’tish kerak.Qabul qilingan qarorlar samaradorligini, huquqiy tartibga solish yoki huquqiy muhofazaning o’z vaqtida va ta’sirchan bo’lishini baholash chog’ida huquqiy va davlat institutlari faoliyatining turli sohalarini o’rganishda aniq sotsiologik metod ko’pincha yagona to’g’ri yo’l bo’lib chiqadi.Ushbu metod ijtimoiy amaliyot ehtiyojlarini o’rganish hamda muhim davlat-huquqiy masalalarni hal etishga yondashishga ko’maklashibgina qolmay, balki yaqin kelajakda birinchi navbatda echilishi zarur bo’ladigan bir qator muammolarni aniqlashga ham yordam beradi. Buni misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz.Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga shaxdam qadamlar bilan kirib bormokda. Bu juda murakkab va qiyin jarayondir. Binobarin, bu erda davlat va huquq rivojining umumiy qoida va tamoyillarini, xususiyatlari va yo’nalishlarini aniqlashning o’zi kifoya qilmaydi. Respublikamizda bu masalalarga katta e’tibor berib kelinyapti va ularning ko’pchiligi muvaffaqiyatli hal etilnpti. Jumladan, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyati jarayonlarini muvofiqlashtirib borishni ta’minlovchi qonun hujjatlari faol shakllantirildi. Ularning asosiy qoidalari banklar, bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik to’g’risidagi, sug’urta, birjalar faoliyati to’g’risidagi, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risidagi va boshqa qonunlarda o’z aksini topdi. Mazkur qonunlarning qabul kilinishi bilan bozor mexanizmlarini rivojlantirishining mustahkam poydevori yaratildi.”5 Shuni ta’kidlash joizki, huquqshunos olimlar bu metodga ancha yuksak baho beradilar, ba’zan baholari shu qadar jonli va ehtirosli bo’ladiki, bu ta’rif-tavsiflarni badiiy nasrdan deyarli farq qilolmaysiz. Mana ulardan biri: «Bu vositadan foydalanib (rasmiy yuridik metod nazarda tutiladi), huquqiy materiyaning ich-ichiga kirib borish, huquq anatomiyasini ikir-chikirlarigacha bilib olish mumkin. Huquq va uning tarkibiy qismlarini, qonunlarni, ayrim huquqiy tavsiyalarga «ishlov berish», ushbu metodni jarroh pichog’idek qo’llash bilangana yuridik norma qanday qismlardan iborat ekanligani, uning sanksiyasi qanday tuzilishi kerakligani, har bir normativ-huquqiy hujjat uchun majburiy tarkibiy qismlar nimalardan tashkil topishi zarurligini aniqlash mumkin»6 Vaholanki, yaqin-yaqinlargacha sho’ro huquqshunoslik fanida davlat-huquqiy hodisalarni rasmiy-yuridik jihatdan qarab chikish ko’pchilikka ma’qul kelmasdi. Bu o’rinda o’sha vaqtlardagi huquq amaliyoti uchun va nafaqat huquq, balki boshqa sohalar uchun ham noyob bo’lmagan bunday yondashuv haqida yaqin o’tmishda keng tarqalgan bir ibora - «...rasman to’g’ri, mohiyatan tahkdrning o’zginasi» jumlasini eslash kifoya. Ayni paytda bu metodni nazar-pisand qilmaslik, unga e’tiborsizlik bilan qarashga asos yo’q. Rasmiyatchilik - huquqning ajralmas xususiyatidir. Rasmiy metod huquq va davlatni ilmiy idrok etishda majburiy, zaruriy bosqichdir. Zero, u olingan bilimni tavsiflash, umumlashtirish, tasniflash, bir tizimga solish, imkon qadar aniq va ravshan etkazib berishga ko’maklashadi. Rasmiy-yuridik metodning unsurlarini davlat va huquq, ayniqsa, huquqiy modellashtirish, matematik-statistika metodlari kabi o’rganish vositalarida ham uchratish mumkin.Davlat-huquq ob’yektlari murakkab tizimlardan iborat ekanligi va ular kechayotgan jarayonlarning ziddiyatli va xilma-xilligani hisobga oladigan bo’lsak, metodlarning butun bir majmuini qo’llash zarurati tushunarli bo’lib qoladi.Ular orasida huquqiy modellash metodini alohida ko’rib chiqish joiz. Uning asosida o’xshashlik g’oyasi, turli xil ob’yektlar o’rtasida o’zaro bir xil mutanosiblik qaror topishi mumkin, degan taxmin yotadi. Unga ko’ra, bunday mutanosiblik o’sha ob’yektlardan birining tavsifi (modeli)ni bilib olish asosida boshqasi (asli) haqdda etarli anshdshk bilan mulohaza yuritish imkonini beradi.Davlat va huquq nazariyasining fanining prеdmеti bo’lib, jamiyat bilan jamiyat o’rtasidagi ko’p qirrali va murakkab harakatlar, jamiyatning siyosiy tizimidagi davlat va huquqning roli va o’rni xizmat qiladi.Bu fan nafaqat davlat-huquqiy hodisalarni va jarayonini o’rganibgina qolmasdan, balki ular to’g’risidagi kishilarning tasavvurlarini ham o’rganadi.Davlat va huquq o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, bir-birini ifoda etadi, ajralgan holda bo’lmaydi.Davlat va huquq normalarni o’rganadi, ularning ijrosini taminlaydi; huquq esa, davlat tizimini, uning funksiyalarni, kompеtеntsiyasini mustahkamlaydi va bu bilan u davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish uchun aniq ifoda baxsh etadi.Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasi barcha inistitutlarni birgalikda olib o’rganadi, o’zluksiz bog’liqlikda ko’rib chiqadi, huquq rivojlanish qonuniyatlarni tahlil qiladi. Shunday ekan, davlat va xuquq ma'lum ajratilgan ilm (fan) sohalari bo’lib qolmasdan, balki u yagona fandir.Lеkin u yagona fan sifatida bo’la turib, nisbatan mustaqil bo’lgan ikkita qismga bo’linadi. Davlat va huquq nazariyasini prеdmеti jamiyatda davlat va huquqning paydo bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlarini, mohiyati, shakllari, prinsiplari, funksiyasi, siyosiy, huquqiy ongni va huquqiy tartibga solishni o’rgatadi. Davlat va huquq nazariyasi fani quyidagi hususiyatlarga ega. Download 56.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling