1. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 56.01 Kb.
bet5/8
Sana09.06.2023
Hajmi56.01 Kb.
#1475732
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sekulyarizatsiya nazaryasi davlat va din munosabatlari va postsekulyar konsepsiyalar

Muntazamlilik tamoyili. Bu ham davlat va huquq nazariyasi moxiyat-mazmunini ifodalovchi muhim tamoyillardan biridir.Bu, eng avvalo, ancha murakkab bo‘lgan davlat va huquqning ichki tuzilishiga aloqadordir.
Davlat va huquq tarkibiy bo‘linmalarini atroflicha, muntazam o‘rganish - davlat va huquq nazariyasi uchun majburiy metodologik talabdir.
Muntazamlilik tamoyili qonunchilik ishining ham zaruriy sharti bo‘lib qolishi kerak. Jumladan, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni ta'minlovchi qonunlar, uning siyosiy tuzilishi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir qonunlar, umuman butun qonunchiligimiz to‘laligicha muntazamlilik metodiga qat'iy asoslanishi kerak. Respublikamizda olib borilayotgan huquqiy islohotlar ham muntazamlilik asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.Shunday qilib, muntazamlilik tamoyili davlat va huquq nazariyasi metodologik bazasiga chuqur singib ketishi hamda ilmiy tadqiqotlarning mushtarakligini belgilab berishi, davlat va huquq nazariyasini o‘rganish va o‘qitishda ro‘yobga chiqishi kerak.
Ob'yektivlik tamoyili. Ob'yektivizm nomi bilan atalgan ushbu tamoyil sho‘rolar davrida burjuaziya fani tamoyili sifatida davlat va huquq nazariyasidan chiqarib tashlangan va partiyaviylik tamoyili bilan almashtirilgandi. Unga ko‘ra ijtimoiy fanlar ishchilar sinfi manfaatlarini ta'minlashi, kommunistik istiqbol maqsadlari uchun kurashib, kommunistik g‘oyalarni himoya qilishi kerak edi.
Hozirgi vaqtda davlat tuzilishi tamoyillarida, boshqaruv va davlat qurilishi shakllarida chuqur o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
Bu davrda jamiyat davlat va huquq nazariyasi sifatida maydonga chiquvchi metodologiyaga juda muhtoj bo‘ladi. Biroq bu yerda har qanday metodologiya ham to‘g‘ri kelavermaydi. Nazariyotchi olimlar oldida ob'yektiv ravishda ilmiy asosga ega bo‘lgan, haddan ziyod g‘oyaviylashtirish va sinfiy yondashuvlardan xoli metodlarni yaratish vazifasi ko‘ndalang bo‘ladi. SHo‘ro tuzumi davrida uzoq vaqt mobaynida davlat va huquqqa oid tadqiqotlarda mutlaq sinfiy yondashuv, haddan tashqari mafkuralashtirib, mutlaqlashtirilib yuborilgan nuqtai nazarlar hukmron bo‘ldi.
Bu esa, tarixning o‘nqir-cho‘nqir, notekis yo‘lini o‘tmish madaniy-ma'naviy merosiga bog‘lab o‘rganish imkonini bermasdi. Monopolizm tahli l vositalarining bir o‘lchovliligi, faqat bir yo‘nalishda ishlatilishi davlat va huquqning ziddiyatli, qarama-qarshi mohiyatini hisobga ololmasdi. Sinfiy yondashuv asta-sekin mafkuraviy
murosasizlik, biqiqlikka olib keldi. Sinfiy yondashuv muqarrar ravishda, Marksgacha bo‘lgan tafakkur, davlat va huquq hamda uning roli haqidagi prinsipial masalalarni nafaqat ochib berish, balki, hatto ularni to‘g‘ri qo‘yishni ham uddalay olmasdi, degan fikrga olib kelardi.Metodologiyadagi qat'iy biryoqlamalik qadriyatlarga munosabatda ham xatolarga olib keldi.
Haddan ziyod mafkuraviylik davlat haqidagi tasavvurlarning soxtalashtirilishiga sabab bo‘ldi. Davlatning funksiyasi oqibat-natijada faqat ezuvchilarni himoyalashga qaratiladi, deb hisoblanardi. Shu sababdan ham davlatni ta'riflashda uning sinfiylik jihatiga urg‘u berilardi. Huquqqa munosabatda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgandi: “hukmron sinfning qonun darajasiga ko‘tarilgan irodasi sifatida uning imperativ - sinfiy jihatlari ta'kidlanardi”9
Shu darajada soxtalashtirilgan, noto‘g‘ri mafkuraviylashtirishning sabablari nimada?
Bunday sabablar, aftidan, ko‘p bo‘lib, ularning birini XX asrda soxtalashtirilgan sotsiologizmning rivojidan qidirish kerak.
Aynan shu davrda A.Ya.Vishinskiy o‘z izdoshlari yordamida mamlakatni ma'muriy buyruqbozlik asosida boshqarish ehtiyojlariga mutanosib huquq nazariyasini qaror toptirdi.Hozirgi zamon davlat va huquq nazariyasi uchun ob'yektivlik tamoyili ham katta ahamiyat kasb eta borib, ilmiy xulosalar va takliflarda g‘arazgo‘ylik,
u Yoki bu siyosiy tuzilmaga «yaxshi ko‘rinish» istagi kabi illatlardan fanni xalos qilish jarayoni kechmoqda.Bu tamoyil ilmiy izlanishlarda mamlakatimiz yutuqlarini xorijiy tajribani o‘rganish bilan qo‘shib olib borishni metodologik jihatdan uddalashni ko‘zda tutadi.O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy hayotida yuz berayotgan yangilanish jarayonlari sharoitida inson haq-huquqlari va erkinliklari jahon andozalarini bilish, ularni respublikamizda ijodiy qo‘llash zaruriyatga aylanmoqda.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida so‘zga chiqar ekan, Prezident I.Karimov quyidagi masalaga e'tiborni qaratdi: «Navbatdagi muhim masala - respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me'yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir. Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda hukumatning o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo‘lmagan ishlar belgilab berilgan.
O‘zbekiston hozircha bu standartlardan 15 tasiga qo‘shilgan»10 Biroq, bu narsa mutlaqo xorijiy tajribani ko‘r-ko‘rona o‘zlashtirib olishni anglatmaydi. Mazkur ishda xalqimizning madaniy va ma'naviy an'analarini hisobga olish shart. Bu esa, har qanday tajribani o‘zlashtirishga jiddiy yondashishni talab qiladi.Davlat va huquq nazariyasining metodologiya sifatidagi ahamiyati davlat faoliyatining muayyan sohalarida huquqiy tartibga solishning qoida va shartlarini o‘rganuvchi maxsus sohaviy yuridik fanlar uning qonuniyatlaridan foydalanishida yorqin namoyon bo‘ladi.
Biroq, davlat va huquqni bilishning ham maxsus, ham alohida metodlari shunday bilish vositalarini qo‘llashdan iboratki, ular faqat davlat-huquqiy reallikning o‘ziga xos sohalarini o‘rganishgagina yaraydi. Alohida metod orasida, bizningcha, aniq-sotsiologik, qiyosiy-huquqiy, rasman-yuridik (qat'iy normativ), huquqiy modellashtirish, shuningdek, matematik, matematik-statistika, kibernetika va boshqa metodlarni aytib o‘tish kerak.Qabul qilingan qarorlar samaradorligini, huquqiy tartibga solish Yoki huquqiy
muhofazaning o‘z vaqtida va ta'sirchan bo‘lishini baholash chog‘ida huquqiy va davlat institutlari faoliyatining turli sohalarini o‘rganishda aniq sotsiologik metod ko‘pincha yagona to‘g‘ri yo‘l bo‘lib chiqadi.Ushbu metod ijtimoiy amaliyot ehtiyojlarini o‘rganish hamda muhim davlat-huquqiy masalalarni hal yetishga yondashishga ko‘maklashibgina qolmay, balki yaqin kelajakda birinchi navbatda yechilishi zarur bo‘ladigan bir qator muammolarni aniqlashga ham yordam beradi. Buni misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz.Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga shaxdam qadamlar bilan kirib bormoqda. Bu juda murakkab va qiyin jarayondir. Binobarin, bu yerda davlat va huquq rivojining umumiy qoida va tamoyillarini, xususiyatlari va yo‘nalishlarini aniqlashning o‘zi kifoya qilmaydi. Amaldagi munosabatlarda bozor qanday faoliyat ko‘rsatadi, Yana ham muhimrog‘i, butunicha davlat-huquqiy tizimi va uning har bir unsuri doirasida samarali faoliyat ko‘rsatishini qanday ta'minlaydi, buni aniq bilish lozim.Respublikamizda bu masalalarga katta e'tibor berib kelinyapti va ularning ko‘pchiligi muvaffaqiyatli hal etilyapti. Jumladan, Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaginidek, “bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyati jarayonlarini muvofiqlashtirib borishni ta'minlovchi qonun hujjatlari faol shakllantirish
Ularning asosiy qoidalari banklar, bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, sug‘urta, birjalar faoliyati to‘g‘risidagi, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarda o‘z aksini topdi. Mazkur qonunlarning qabul qilinishi bilan bozor mexanizmlarini rivojlantirishining mustahkam poydevori yaratildi.”11
YUqorida ko‘rsatilgan muammolarni muvaffaqiyatli hal yetish uchun davlat va huquq nazariyasi anketa so‘rovlari, muloqotlar uyushtirish, tajribalar o‘tkazish kabi qator metodlardan foydalanadi. Nihoyat, bularning hammasi huquqiy echimlarning eng maqbul yo‘llarini topish, ijtimoiy-huquqiy islohotlarni o‘tkazish sohasida,
jinoyatchilikka qarshi, uning eng xavfli ko‘rinishlari - uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashda ilmiy asoslangan istiqbol rejalarini ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan aniq sotsiologik metod doirasiga kiradi.
Ushbu metodning asosiy talablari: ilmiy tavsiyalar ko‘ngildagidek bo‘lishi Yoki bo‘lmasligi, ijobiy yoxud salbiyligidan qat'i nazar, barcha ijtimoiy omillarni atroflicha o‘rganish va hisobga olishga asoslanish kerak; haqiqiy ahvolni aniq va har tomonlama baholagan holda davlat va huquq sohasidagi qarorlarning ijtimoiy ahamiyati va oqibatlarini aniqlash darkor. Juda uzoq vaqt mobnyiida ushbu metod sho‘ro fanida nazar-pisand qilinmay kelingini, faktlar buzib ko‘rsatilib, davlat qurilishi, qonunchilikdagi mavjud buzilishlarni oqlash uchun hiyla-nayranglar ishlatilishi odatiy tusga kirganligini aytib o‘tirmasak ham bo‘ladi. endi ushbu metod o‘zining haqiqiy o‘rnini egallay boshladi va biz uning naqadar samaraliligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.Qiyosiy-huquqiy metod davlatshunoslik va huquqshunoslik metodologiyasida aniq-sotsiologik usul bilan bir qatorda muhim ahamiyatga molikdir. Qiyosiy metod tushunchalar, hodisalar va jarayonlarni solishtirish hamda ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqdarni aniqlashni ko‘zda tutadi. Qiyoslash natijasida umuman huquq tizimi, davlat qurilishi Yoki, masalan, alohida olingan huquqiy institutlar va normalarning sifatiy holati aniqlanadi. Biroq, bu yerda muhim bir shartni hisobga olish zarur - ya'ni qiyoslanadigan ob'yektlar haqiqatan taqqoslanadigan bo‘lishi kerak. Misollarda tushuntiramiz. Huquqiy tizimlarni, davlat tuzilmalarinibir xil nomdagi huquqiy institutlar va qoidalarni o‘zaro taqqoslash mumkin. Lekin, misol uchun, butun bir huquqiy tizimni ayrim olingan yuridik qoida bilan solishtirish mumkin emas. Mazkur ob'yektlarni o‘z darajasi, hajmi, mazmun va belgilari bo‘yicha bir-birlariga qiyoslab bo‘lmaydi. Huquq normalariga Prof.S.S.Alekseev fikri bilan yondashadigan bo‘lsak, u butun huquqni, huquq tizimini qandaydir bir binoga, huquq normalarini esa uning g‘isht bo‘lakchalariga qiyoslaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, huquq normasi huquq tizimining eng kichik, birlamchi unsuridir.Aytaylik, agar o‘z tarkibiga ko‘ra murakkab bo‘lgan yuksak darajadagi ob'yektlar (turli mamlakatlar huquqiy tizimlari) taqqoslansa - bu makroqiyoslashga kiradi. Mo‘jaz hajmli, tarkibi jihatidan ancha soha ob'yektlar (huquqiy qoidalar, respublika viloyatlari bo‘yicha jinoyatchilik darajasi singarilar)ni solishtiradigan bo‘lsak, mikroqiyoslash deyiladi.
“Bir vaqtning o‘zida Yoki o‘tmishning turli davrlarida mavjud bo‘lgan bilishning o‘xshash ob'yektlarini taqqoslamay turib davlat-siyosiy va huquq amaliyotini isloh
qilib Yoki takomillashtirib bo‘lmaydi. Turli tarixiy xildagi, turli mamlakatlar va qit'alardagi, bir mamlakatning o‘zidagi davlat Yoki huquqiy tizimlar solishtirilishi mumkin. Biroq, ular ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlariga oid bo‘lsa - bunday qiyoslashlar biron ahamiyatga molik bo‘lolmaydi”12. Muhimi bitta - haqiqatni topish uchun ob'yektning miqdoriy va sifat jihatlarini, uning nazariy va amaliy tavsifini tahlil yetish kerak.Huquqshunoslik, davlatshunoslik va yuridik amaliyotda qiyoslash metodining ahamiyati juda katta. Jumladan, qiyoslash asosi va natijasida
davlat va huquq taraqqiyotining har bir keyingi bosqichi oldingisidan ilg‘orroq bo‘lib chiqqanligi fanga ma'lum bo‘ldi.Faqat huquqiy materiallarni taqqoslash va natijalar olish yo‘li bilangina huquqiy tizimni takomillashtirishning, qonunchilik ishlarini yaxshilash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashning aniq yo‘llarinii belgilash mumkin.Huquqshunoslikda va yuridik amaliyotda qiyoslash metodining keng qo‘llanishi huquqshunoslik fani tarkibida nisbatan mustaqil yo‘nalish - qiyosiy huquqshunoslik (yuridik komparativistika)ning shakllanishiga olib keldi, achi olimlar, hatto, uni huquqshunoslik fanining mustaqil tarmog‘i deb hisoblaydilar.
Rasman-yuridik (qat'iy normativ) metodni huquqshunoslik faniga xos, uning tabiatidan kelib chiqadigan, tom ma'noda an'anaviy metod deb atash mumkin.
Uning mohiyati shundan iboratki, huquq butun borligicha o‘rganiladi. U hech narsaga taqqoslanmaydi, iqtisodiyot, siyosat, axloq, boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog‘lanmaydi.Bunda sof ko‘rinishdagi huquq - uning toifalari, tavsiflari, belgilari, tarkibi, tuzilishi, yuridik texnikasi ana shu usulning tadqiqot doirasiga kiradi. Mazkur metod ko‘pdan ma'lum bo‘lib, o‘rta asrlardayoq huquqiy qoidalarni talqin yetish hamda amaldagi qonunlarni rasmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi butun bir maktab va yo‘nalishlar (glossatorlar, postglossatorlar) tarkib topgan.Ushbu metodni ulkan asos bilan umumiy bo‘lmagan - alotsida metod deb atash mumkin. Chunki, u faqat huquqni o‘rganishdagina qo‘llaniladi. Shunisi qiziqki, bu holatda sof ko‘rinishdagi huquq tadqiqot mavzui bo‘lib qoladi. «Sof» huquq nazariyasi (huquq normativchiligi maktabi) asoschilaridan biri Gans Kelzenning yozishicha: «Huquq to‘g‘risidagi ta'limotning «sof» deb atalishining sababi shundaki, u faqat birgina huquq bilan shug‘ullanadi va jiddiy ma'noda huquqqa aloqasi bo‘lmagan hamma narsadan o‘rganilayotgan mavzuni «tozalaydi».Shuni ta'kidlash joizki, huquqshunos olimlar bu metodga ancha yuksak baho beradilar, ba'zan baholari shu qadar jonli va ehtirosli bo‘ladiki, bu ta'rif-tavsiflarni badiiy nasrdan deyarli farq qilolmaysiz.«Bu vositadan foydalanib (rasmiy yuridik metod nazarda tutiladi), huquqiy materiyaning ich-ichiga kirib borish, huquq anatomiyasini ikir-chikirlarigacha bilib olish mumkin. Huquq va uning tarkibiy qismlarini, qonunlarni, ayrim huquqiy tavsiyalarga «ishlov berish», ushbu metodni jarroh pichog‘idek qo‘llash bilangina yuridik norma qanday qismlardan iborat ekanligini, uning sanksiyasi qanday tuzilishi kerakligini, har bir normativ-huquqiy hujjat uchun majburiy tarkibiy qismlar nimalardan tashkil topishi zarurligini aniqlash mumkin»13
Vaholanki, yaqin-yaqinlargacha sho‘ro huquqshunoslik fanida davlat-huquqiy hodisalarni rasmiy-yuridik jihatdan qarab chiqish ko‘pchilikka ma'qul kelmasdi. Bu o‘rinda o‘sha vaqtlardagi huquq amaliyoti uchun va nafaqat huquq, balki boshqa
sohalar uchun ham noyob bo‘lmagan bunday yondashuv haqida yaqin o‘tmishda keng tarqalgan bir ibora - «...rasman to‘g‘ri, mohiyatan tahkdrning o‘zginasi» jumlasini eslash kifoya. Ayni paytda bu metodni nazar-pisand qilmaslik, unga e'tiborsizlik bilan qarashga asos yo‘q. Rasmiyatchilik - huquqning ajralmas xususiyatidir. Rasmiy metod huquq va davlatni ilmiy idrok yetishda majburiy, zaruriy bosqichdir. Zero, u olingan bilimni tavsiflash, umumlashtirish, tasniflash, bir tizimga solish, imkon qadar aniq va ravshan yetkazib berishga ko‘maklashadi. Rasmiy-yuridik metodning unsurlarini davlat va huquq, ayniqsa, huquqiy modellashtirish, matematik-statistika metodlari kabi o‘rganish vositalarida ham uchratish mumkin.Davlat-huquq ob'yektlari murakkab tizimlardan iborat ekanligi va ular kechayotgan jarayonlarning ziddiyatli va xilma-xilligini hisobga oladigan bo‘lsak, metodlarning butun bir majmuini qo‘llash zarurati tushunarli bo‘lib qoladi. Ular orasida huquqiy modellash metodini alohida ko‘rib chiqish joiz. Uning asosida o‘xshashlik g‘oyasi, turli xil ob'yektlar o‘rtasida o‘zaro bir xil mutanosiblik qaror topishi mumkin, degan taxmin yotadi. Unga ko‘ra, bunday mutanosiblik o‘sha ob'yektlardan birining tavsifi (modeli)ni bilib olish asosida boshqasi (asli) haqida yetarli anshdshk bilan mulohaza yuritish imkonini beradi.Bundan tashqari, davlat va huquq nazariyasi mavzuining muttasil kengayib va murakkablashib borish tamoyiliga ega akamliga uni tadqiqotlarning barcha aniq va jiddiy metodlariga murojaat yetishga majbur qiladi. Bularga matematik, matematik-statistika va shunga o‘xshash metodlar kiradi. Mazkur metodlar davlat va huquqni aniq tadqiq yetishda o‘z samarasini ko‘rsatdi. Lekin ulardan foydalanish kompyuter texnikasining mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida daliliy, ko‘p miqdordagi faktik ma'lumotlarni ishlashni tezlashtirish imkonini beradi.Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi metodi o‘z tuzilishiga ko‘ra murakkabdir. YUqoridagilardan ishonch hosil qilginimizdek, u davlat-huquq hodisalarini bilishning umumfalsafiy, umumilmiy va alohida metodlari, vositalarning yahli t tizimidan iborat.
Yana bir jihatni ta'kidlash va yaxshilab tushunib olish muhimki, u ham bo‘lsa - metodologiya hech qachon dastlabki Ko‘rinishicha doimiy o‘zgarmas holatda qolishi mumkin emas. U muttasil boyib, rivojlanib boradi, bu holat bizga tadqiqot mavzui - doimiy rivojlanishda bo‘lgan davlat va huquqni Yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.Binobarin, davlat va huquq nazariyasi haqidagi masala -davlat va huquq hodisalarini tadqiq yetishning muayyan nashriy tamoyillari, mantiqiy metodlari, maxsus vositalari majmui haqidagi masaladir. Davlat va huquq tarixi yuqoridagi muommolari tеkshirish bilan to’xtab qolmaydi, u muhim muammolar qatorida inson va fuqarolar huquqlari, hokimiyatlar taqsimlanishi, parlamеntlarizm, xususiy va ommaviy huquqning asosiy institutlarini kеlib chiqishi va rivojlanishini o’rganadi. U o’tmishda erishilgan yutuklardan o’rnak olishga imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdеk, yo’l qo’yilgan xatto va kamchiliklarni takrorlamaslikka urgatadi.
Shuningdеk uning mеtodologik asoslariga kеlganimizda, xozirgi vaktda tarixga nisbatan monistik-matеrialistik qarashlardan voz kеchish, mеtodologik ko’p xillik (plyuralizm) tobora kеng yoyilmokda. Bu fan o’rganadigan ob'еktning o’ziga xosligidan kеlib chiqib, uning asosiy mеtodlari konkrеt-tarixiy , kiyosiy-huquqiy va tizimli o’organish uslublaridan iboratdir. Shu bilan birga mazkur fanning xususiy ilmiy va maxsus uslublari xam mavjud. Huquqning tarixiy rivojlanishini anglamasdan sеzilarli darajada tarixiy sharoit va utmish huquqining ta'siri bo’lgan xozirgi zamon pozitiv huquqini tadkik etish mumkin emas.
Har qanday tarix kabi huquq tarixida xam xususiylik mavjuddir, uning o’ziga xos bеlgisi xam shundadir. Bo’sh uni anglatadiki, huquq tarixi vakt va makon doirasida, boshqalardan ajratilgan holda, konkrеt xususiy voqеalarni tadqiq etadi xamda uni konkrеt holatlarda tushuntirishga harakat qiladi. Bunday holda turli-tuman uslublardan foydalaniladi va huquq tarixida kachon, qanday holatda insonlar katnashayotgan vokеalar xakida so’z borishiga karab, barcha rеal, xakikiy usullardan, eng oldin sotsiologik mеtoddan foydalaniladi. Sotsologiya tarixdan farqli ularok, umulashtiriuvchi fan bo’lishga harakat qilib, bir turli vokеalarni o’organish asosida, aloxida olingan vokеalarni tushuntirib bеrish mumkin bo’lgan, umumsotsiologik tushuntirish orqali, sotsial tarix doirasida olingan natijalardan kеng foydalaniladi.Huquq tarixi, bitta milliy huquq tarixi xamda uning bo’limlaridan tortib, ko’plab xalqlarning huquq tarixi, huquqning umumiy tarixidan xam iborat bo’lib tor yoki kеng haraktеrli xam bo’lishi mumkin.
Ushbu fan o’z prеdmеtini o’organishda, davlat va huquq masalalariga ularni doimo taraqqiyotda, rivojlanishda va o’zaro aloqadorlikda olib dialеktik uslubda yondoshadi O’zaro aloqadorligi muxim axamiyatga ega bo’lgan bir nеcha milliy huquqiy tizimlarni tushuntirishga yordam bеradi.Tarixiy - huquqiy uslub komplеks mеtod xisoblanib, uning elеmеntlari o’z prеdmеtini-utmish huquqini tadkik etish tufayligina birlashadi. U talasincha olganda, barcha huquqiy mеtodlar rеal va idеal mеtodlar yig’indisidan tashqil topadi. Xudi ko’rsatilganidеk, bu mеtodlar o’zining moxiyatiga ko’ra, garchi ular utmishning huquqiy tizimlarini o’organish uchun qo’llanilsada, o’zgarmasdan qoladi, chunki ko’rsatilgan huquqiy tizimlar bilan xozirgi huquq orasida xеch qanday , ayirma tub o’zgarish yo’qdir. Xatto, huquqdagi o’zgarishlar tadkik etilayotgan vaktda xam tarixiy-huquqiy mеtod qandaydir yangi prеdmеtga duch kеlmaydi. Chunki, davrdagi pozitiv huquqning mazmunini tushuntirish eng avval shundan iboratki, tarixiy nuqtai nazardan yangi huquqiy tizimlar yaratish natijasida vujudga kеlgan o’zgarishlarni tushuntirishdan iboratdir.Muvaqqat farqlar tufayli vujudga kеladigan yagona o’ziga xos xususiyat tarixiy-huquqiy mеtodni qullayotgan tadqiqotchi,
zaruriy faktlarni yig’ish vaqtida katta qiyinchiliklarga duch kеladi. Bunday qiyinchiliklar agarda u uzoq o’tmishga oid huquqiy tizimlarni tadqiq etayotgan bo’lsa, yanada kuchayadi. Chunki faktlar tobora yo’qola boradi, ularni bilish qiyinchilik bilan boradi. Shunday bo’lishi xam mumkinki, huquq tarixchisi bo’lgan tadqiqotchi faktlarni tadqiq etishda kutilganga nisbatan xam ma'lumotlarga kam ega bo’lib qoladi. Shuning uchun xam tarixiy – huquqiy tadqiqotlar o’tkazish ancha murakkabdir. Shunday qilib, davlati va huquqi tarixi fani barcha ijtimoiy xodisalarga davlat va huquq to’g’risidagi ta'limot nuqtai nazaridan yondashadi.Insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga kеladigan har qanday fan o’z prеdmеti bilan birga tadkikot usullariga xam ega.Davlat va huquqning murakkab, xilma-xil, rang-barang xodisalarning xakikiy mazmunini, moxiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini bilishning aniq usullari mavjud bo’lib, ular ilmiy tadkikot va izlanishning yunalishini ifodalaydi. Bu еrda birinchi navbatda muayyan tarixiy, huquqiy xodisalarni, kеng ma'noda tarixiy – huquqiy fannning poydеvori xisoblangan, tarixiy faktlarni bilish vositalari, uslublari ko’rib chiqiladi.

Download 56.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling