1. Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari. Ombudsman


Download 115.85 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi115.85 Kb.
#1449196
1   2   3
Bog'liq
3 04.01.2020

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati




1-bosqich

Tazyiq va (yoki) zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar, jismoniy yoki yuridik shaxslar, vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari

Xotin-qizlar tazyiq va (yoki) zo‘ravonlikdan jabrlanganligi to‘g‘risida ichki ishlar organlariga murojaat qilinadi (xabar beriladi).

Zaruratga
qarab




2-bosqich

Ichki ishlar organlari navbatchilik qismi

1. Murojaat va xabarlar ichki ishlar organlari navbatchilik qismidagi daftarga qayd etiladi.
2. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismida belgilangan tartibda qayd etilgan murojaatlar va xabarlar profilaktika inspektoriga taqdim etiladi.

Darhol




3-bosqich

Profilaktika
inspektori

1. Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari tomonidan taqdim etilgan murojaatlar va xabarlarni o‘rganib chiqadi va uning yakuni bo‘yicha:
tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlangan taqdirda — himoya orderini rasmiylashtiradi;
tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlanmagan taqdirda — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralarni belgilaydi hamda bu haqda fuqarolar yig‘ini raisi va mahalladagi xotin-qizlar faoli ishtirokida dalolatnomani rasmiylashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda — himoya orderini berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallarini jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi.
2. Himoya orderi berilgani haqida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi, guruhi) (keyingi o‘rinlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi deb ataladi) boshlig‘ini xabardor qiladi.

24 soat
mobaynida
Himoya orderi berilganidan so‘ng uch kun muddatda




4-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Himoya orderini rasmiylashtirish uchun to‘plangan materiallarni o‘rganib, taraflar fikrini eshitgan holda profilaktika inspektorining himoya orderini berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishga haqli.
2. Himoya orderini berish faoliyati ustidan monitoring olib boradi.
3. Profilaktika inspektorlari tomonidan jabrlanuvchi, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga berilgan himoya orderi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni umumlashtirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga taqdim etadi.

Zaruratga qarab
Har oyda
Har oyning
2-kuniga qadar




5-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarni tazyiqdan himoya qilish, shu jumladan, himoya orderini berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tezkor yig‘ilishlarda muhokama qilib boriladi.

Har oyda




6-bosqich

Mehnat organlari,
ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari, ta’lim muassasalari,
davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari

1. Ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq zimmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
2. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida profilaktika inspektoriga xabar beradi.

Himoya orderi
amal qilishi
mobaynida




7-bosqich

Profilaktika
inspektori

1. Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shu jumladan, ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘radi.
2. Xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan va ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam ravishda profilaktika ishlarini olib boradi.
3. Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat qiladi hamda uning talablarini buzgan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi.

Muntazam ravishda
Muntazam ravishda
Himoya orderi amal qilishi davrida




8-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar ichki
ishlar bosh boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari

Jabrlanuvchi, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga berilgan himoya orderi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar umumlashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.

Keyingi oyning
5-kuniga qadar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qaroriga
2-ILOVA
Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan (keyingi o‘rinlarda tuzatish dasturi deb ataladi) o‘tishi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish bilan tahdid qilishga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik qilgan shaxs;
tuzatish dasturi — shaxsning zo‘ravonlikka moyil xulq-atvorini o‘zgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga hamda ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar majmui;
tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxs — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy zo‘ravonlikni sodir etgan hamda zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs.
3. Tuzatish dasturi zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning (keyingi o‘rinlarda zo‘ravonlik sodir etgan shaxs deb ataladi) xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonligining oldini olish va ularning tajovuzkor xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirish hamda uning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarini mustaqil nazorat qilishga ko‘maklashish orqali xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
4. Tuzatish dasturining vazifalari quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy tadbirlarni belgilash;
xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishiga olib kelgan va unga imkon bergan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish;
yashirin (latent) zo‘ravonlikni aniqlash, toifalash va yakka tartibda yoki guruh tarkibida tuzatish;
zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning sodir etgan xatti-harakatlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ular bilan yakka tartibda yoki guruh shaklida tushuntirish ishlarini olib borish;
zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning boshqa shaxslarning huquqlarini kamsitmagan va buzmagan holda o‘z hissiyotlarini ochiq namoyon etishga, xatti-harakatlarini nazorat qilishga o‘rgatish;
shaxsning nizoli holatga tushishining oldini olish, boshqa shaxslarga nisbatan bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish;
zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning atrofidagi shaxslar tomonidan unga nisbatan salbiy psixologik ta’sir o‘tkazilishi oqibatida uchinchi shaxsga nisbatan zo‘ravonlik o‘tkazish holatiga tushmaslik ko‘nikmasini shakllantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tuzatish dasturi zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni jamiyatda o‘rnatilgan umummajburiy xulq-atvor qoidalariga rioya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati, mehnat, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ va tashkilotlar deb ataladi) tomonidan bir oygacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
6. Vakolatli organ va tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida tuzatish dasturi borasidagi tadbirlarni boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan hamda ruhiy holati buzilgan shaxslar tuzatish dasturidan o‘tkazilmaydi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy davolanishga yuborilishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Tuzatish dasturidan o‘tkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Himoya orderining amal qilish muddati tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda profilaktika bo‘limi boshlig‘i deb ataladi) tomonidan uzaytirilgan taqdirda, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori (keyingi o‘rinlarda profilaktika inspektori deb ataladi) zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishini himoya orderida belgilab, tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxsga imzo qo‘ydirib tanishtiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Profilaktika inspektori tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxs haqidagi ma’lumotlarni 24 soat ichida mahalladagi xotin-qizlar faoliga taqdim etadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
10. Mutaxassis ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi daftarni yuritadi hamda ushbu daftarga tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxs haqidagi ma’lumotlarni qayd etib boradi.
11. Shaxs quyidagi tashkilotlarda tuzatish dasturidan o‘tadi:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yig‘ini oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasida — oila-turmush doirasidagi nizoli vaziyatlar yuzasidan;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
ta’lim muassasasida — tuzatish dasturidan o‘tishi belgilangan ta’lim muassasasida tahsil oluvchi, o‘qituvchi yoki boshqa xodim bilan bog‘liq nizolar yuzasidan;
sog‘liqni saqlash muassasasida — tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxsning ruhiy holati bo‘yicha;
mehnat organlarida — tuzatish dasturidan o‘tuvchi vaqtincha ishsiz shaxslarning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida — tuzatish dasturidan o‘tuvchi yoshlarning bandligini ta’minlash va yoshlar bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Bunda shaxs qaysi tashkilot(lar)da tuzatish dasturidan o‘tishi lozimligi profilaktika inspektori tomonidan profilaktika bo‘limi boshlig‘i bilan kelishgan holda belgilab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mahalladagi xotin-qizlar faoli:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxslar bilan vakolatli organ va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni umumlashtirish maqsadida har bir shaxs bo‘yicha alohida yig‘ma jild ochadi;
shaxsni tuzatish dasturidan o‘tishini amalga oshirish tadbirlarini tashkil qilish uchun fuqarolar yig‘ini raisining imzosi bilan ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda vakolatli organ va tashkilotlarga xat yuborilishini ta’minlaydi.
Vakolatli organ va tashkilotlar tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxs bilan tegishli xulq-atvorni tuzatishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi hamda hisobini olib boradi.
13. Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning tuzatish dasturidan o‘tishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yig‘ini oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi oila-turmush doirasidagi nizolardan kelib chiqib tuzatish dasturidan o‘tishga yuborilgan shaxsni o‘z vakolati doirasida o‘rganadi, nizoni bartaraf etib, tuzatish tadbirlarini amalga oshiradi va tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxsni o‘z nazoratiga oladi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
ta’lim muassasasi tuzatish dasturidan o‘tuvchi tahsil oluvchilar, o‘qituvchi yoki boshqa xodim bilan bog‘liq nizolarni bartaraf etish choralarini amalga oshiradi, nizolashuvchi tomonlarni kelishtiradi va sodir etilishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlarning oldini oladi;
sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda shaxslar ruhiy holati tekshiriladi va ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan tartibda tuzatish dasturidan o‘tadi. Bunda tuzatish dasturidan o‘tkazishning aniq muddati tegishli sog‘liqni saqlash muassasasi rahbari tomonidan shaxsning ruhiy-psixofiziologik holati hisobga olingan holda mustaqil belgilanadi;
mehnat organlari tuzatish dasturidan o‘tuvchi vaqtincha ishsiz shaxslarning bandligini ta’minlaydi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
Yoshlar ittifoqi tuzatish dasturidan o‘tuvchi yoshlar bilan yakka va guruh tartibida tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni ta’minlaydi, profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi va zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarni o‘tkazadi.
(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
14. Ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan vakolatli organ va tashkilotlar tuzatish dasturini amalga oshirishda zo‘ravonlikni sodir etgan yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar hamda boshqa shaxslarda zo‘ravonlikka qarshi immunitet shakllantirilishiga ko‘maklashadi.
15. Vakolatli organ va tashkilotlar tuzatish dasturidan o‘tuvchi shaxslar bilan o‘tkazilgan yakka tartibda va guruh shaklida psixologik, pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yo‘nalishlardagi tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fuqarolar yig‘iniga yuboradi.
Mutaxassis vakolatli organ va tashkilotlardan tuzatish dasturidan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va uning yakunlari fuqarolar yig‘inida tegishli profilaktika inspektori ishtirokida muhokama qilinishini ta’minlaydi.
Fuqarolar yig‘ini muhokamasida shaxsni tuzatish dasturidan o‘tkazishda ishtirok etgan vakolatli organ va tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Tuzatish dasturidan o‘tish jarayonida zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar, shaxsning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
17. Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning tuzatish dasturidan o‘tishini qayd etish
DAFTARI


Download 115.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling