hatti-xarakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi alohida belgilab o‘tilgan.
NNTlar faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlarga ob’ektiv
nazar tashlansa, mazkur ma’ruzaning xulosasi sifatida shuni qayd etish mumkinki, ularning
barchasi:
- birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining muhim davlat qarorlarini qabul qilishdagi
o‘rni va ta’sirini kuchaytirish;
- ikkinchidan, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning
farovonligini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini yuksaltirish;
- uchinchidan, NNTlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks
choralarni amalga oshirish, NNTlar va boshqa fuqarolik institutlarini institutsional rivojlantirish,
ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilganligini ta’kidlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |