1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat. 2, Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar


Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat


Download 37.86 Kb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1785888
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU1

1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir ( Konstitutsiyaning 117-moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali davlarning eng muhim siyosiy masalalarini muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar ( Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov huquqi- fuqaroning saylovdagi ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish kabi sub’ektiv huquqini ta’riflab berish uchun ishlatiladi.
Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir biridan farq qilish kerak. Aktiv saylov huquqi fuqaroni saylash, vakillik organlarini saylashga bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi- saylanish huquqidir. Professor A. Saidov ta’kidlashicha “Saylov huquqi” tushunchasi va ifodasi ikki ma’noda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu saylov huquqi saylab qo’yiladigan davlat organlarini shakllantirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir. Saylov huquqlarini manbalari Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik organlariga saylovlar qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning saylab qo’yiladigan organlarini tuzishda qatnashish, ya’ni unga o’zlarining saylanish (passiv saylov huquqi) va ularning tartibini saylash (faol saylov huquqi) huquqlaridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o’n yil O’zbekiston hududida muhim yashagan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekistonning 25 yoshga to’lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiga yoki Senati a’zolariga saylanishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kunigacha 21 yoshga to’lgan O’zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
Davlat organlari o’zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning ba’zi organlari saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga o’tkaziladigan saylovlar demokratik asosda o’tkaziladi. O’zbekistonda ildiz otib borayotgan demokratiya jahonda tan olingan demokratik an’analarni o’zida mujassamlashtiradi. Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va boshqa cheklashlarni bilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlarini saylash va tuzish tartibi ularning qaysinisining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, “ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi, “ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi va “ O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunlar tashkil qilinadi va o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o’z oldiga insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini qo’ydi va bu vazifa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasigada e’lon qilindi. Konstitutsiya O’zbekiston- suveren demokratik respublika ekanligini, O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishini, ularga ko’ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini mustahkamlab qo’ydi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Konstitutsiyada fuqarolarning asosiy siyosiy huquqlaridan biri sifatida fuqorolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi nazarda tutilgan. Chunonchi, Konstitutsiyaning 32-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini- o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashlik etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab aytganidek, “ Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya- saylov degani”. Shu sababli saylovlarsiz demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tasavvur qilib bo’lmaydi. Saylov-bu fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlarini, shakllantirishdagi ishtirokini ta’minlovchi huquqiy vositadir. Saylov xalqning irodasini ifoda etish shaklidir, uning natijasida davlat hokimiyatining vakillik organlari shakllanadi. Saylov huquqining demokratik ekanligini va erkinligi yangidan shakllantirilgan davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati sifatini yaxshilashga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Saylov huquqi har bir davlatda uning tarixiy an’analari, siyosiy tizim xarakteri, elektorat xulqi va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan o’z xususiyatlariga ega. Shu bilan birga, demokratik davlatlarda saylov huquqi xalqaro-huquqiy hujjatlarda ifodalangan va umume’tirof etilgan printsiplarga asoslanadi. Ular qatoriga saylov huquqining umumiyligi va tengligi, yashirin ovoz- berish va boshqalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi saylov huquqining asoslarini belgilab beradi. Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasining o’n sakkiz yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadir. Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi bo’lish mumkin. Qaraqalpog’iton Republikasi Jo’qorg’i Kengesi deputatlari uchun yigirma besh yoshga to’lganlik , xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashilari deputatlari uchun esa yigirma bir yoshga to’lganlik talab etiladi.

Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling