1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat. 2, Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar
Download 37.86 Kb.
|
MAVZU1
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga, hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko’rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo’lib, ularni quyidagi 3.1-chizma orqali ifodalash mumkin. Xulosa Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi harid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligi, avtomobilь sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi.Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki pasayishiga bog’liq . Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiklaydi. Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1) Qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lgan, ularning karpitalining ortishi; 4) qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha davom etgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. Download 37.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling