1. Detallarni polimer materiallar yordamida tiklash usuli, afzallik va kamchiliklari


Qo’shimcha detal quyib remont qilish


Download 47.5 Kb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1454449
1   2   3   4
Bog'liq
Detal tayyorlash zagatovkaning massasasini va meyyorini aniqlash

Qo’shimcha detal quyib remont qilish. Yoyilgan rezbali teshik parmalab kengaytiriladi, unda oldindan tayyorlangan probka uchun chala rezba (ikkita birinchi metchik bilan) qirqiladi.
Probka maxsus kalit yordamida teshikka tiralguncha burab kirgiziladi, probkaning o’tish qismi kesiladi va u detal tekisligi bilan birt xil satxda tozalanadi. Burab kirgizilgan probka deametri 3 mm va o’zunligi kamida 10 mm bo’lgan yassi shtift bilan mahkamlanadi.
BF-2 yelim surkab, epoksidli asos bilan mahkamlash mumkin. Rezba qirqilgandan keyin probka devorining qalinligi kamida 4 mm bo’lishi kerak.
Xozir rezbali probkao’rniga prujina quymalar keng ishlatilmoqda. Quymaning ko’ndalang kesimi romb shaklidagi prujina simidan tayyorlanadi. Rombning o’tkir burchagi 60o, ya‘ni metrik rezba profiliga mos keladi.
Yangi joyda rezba qirqib tiklash shundan iboratki, bunda detal konstro’qtsiyasi yo’l kuysa, yoyilgan rezbali teshik yonidan yangi teshik parmalab, normal o’lchamli rezba qirqiladi.
Bu usul traktor va avtomobillarni remont qilishda keng qo’llaniladi.
Kichraygan o’lchamga moslab tiklash. Val va o’qlardagi yoyilgan rezba yunilib, kichik diametrli yangi rezba qirqiladi va shunga moslab yangi gayka yasaladi. O’zaro o’zgaruvchanlik bo’ziladi. Diametr kichrayishi bilan rezbaning mustaxkamligi kamayadi. Shu sababli, bu usulni bir marta (tiklash) qo’llash mumkin.
Suyuqlantirib qoplab tiklash. Val (o’q) dagi rezbalarni tiklash mumkin. (40 mm dan kichik detallarni) Nn-30 simi bilan vibro yoy usuli bilan qoplash. 40 mm dan ortiqdiametrli vallarni flyus qatlami (bilan) ostida suyuq qoplab, nominal o’lchamda rezba ochiladi.


4. Detallarni kavsharlab tiklash.


Kavsharlash deb qattiq holatdagi metallarni oson suyuqlanuvchan yordamchi (oraliq) metall (yoki qotishma) vositasida biriktirish jarayoniga aytiladi.
Kavsharlash ikki xil bo’ladi: yumshoq kavshar bilan kavsharlash va qattiq kavshar bilan kavsharlash.
Yumshoq kavshar yordamida hosil qilingan chok katta yo’qlanishlarga chiday olmaydi, shu sababli, asosan katta kuchlanishlar ta‘sir etmaydigan detallarni zich biriktirish uchun qo’llaniladi. Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda suyuqlanish harorat i past (450So va undan kam) va birikmaning Mexanik mustahkamligi 200 Mpa gacha bo’ladi. Remont ishlarida POS-18, POS-40 va POS-61 kabi qalay-qo’rg’oshin kavsharlari ko’p ishlatiladi. Kavshar markasidagi raqamlar qotishmadagi qalay miqdorini foizlarda ko’rsatadi. Yumshoq kavsharlar radiatorlarni, yonilg’i naychalarini, elektr jixozlarni (simlarni) kavsharlashda ishlatiladi.
Qattiq kavsharlarning suyuqlanish harorat i 450So dan yuqori, xosil qiladigan birikmaning Mexanik mustaxkamligi 500 Mpa gacha bo’ladi.
PMTs-48, PMTs-54, L62 mis-rux kavsharlar rangli va qora metallardan tayyorlangan detallarni kavsharlashda ishlatiladi. Markadagi raqamlar misning kavshar tarkibidagi foizi miqdorini, qolgani rux ekanligini bildiradi.



Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling