1. Diagnostika stendlarining turlari. Kuch va inertsiya stendlari. Yonilg’i sarfini aniqlash qurilmalari. Chiqindi gaz tarkibini aniqlovchi qurilmalar


Diagnostika stendlarining turlari. Kuch va inertsiya stendlari


Download 0.93 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1510366
1   2   3   4
Bog'liq
Avtomobillarning diagnostikalash istiqbollari

1.Diagnostika stendlarining turlari. Kuch va inertsiya stendlari.
Avtomobillarning tortish–iqtisodiy xususiyatlarini kompleks diagnostikalash - transport vositasining ekspluatatsiya samaradorligini belgilaydigan asosiy ishchi parametrlarini o’lchashdir.
Avtomobil tortish-iqtisodiy xususiyatini diagnostikalashda yetaklovchi ‘gildiraklardagi quvvat va uning xosilalari, tortish kuchi, xarakat tezligi, xarakatga ko’rsatiladigan qarshilik, erkin yo’l, tezlab ketish yo’li, tezlab ketish vaqti, tezlab ketish tezlanishi, xarakterli tezlik va yuklama rejimlaridagi yonil’gining solishtirma sarfi, ishlatilgan gazlarning zaxarliligi, shovqin miqdori kabi parametrlar o’lchanadi.
Bu parametrlar tortish xususiyatini diagnostikalash stendlarida KI-4856, GAZ, ZIL transport vositalari - KI-8935; KI - 8930 - GAZ, ZIL, MAZ, KrAZ, KamAZ; KI - 8946 - UAZ; K - 409 - yengil avtomobillar uchun yoki qurama stendlarda aniqlanadi.
Sinash natijasida umumiy xolati nosoz deb topilgan transport vositalarining agregat va tizimlari elementlar bo’yicha chuqur diagnostikalanadi.
Dinamometrik stendlar (yoki transport vositalarining tortish xususiyatini baholash stendlari) transport vositalarining xarakterli tezlik va yuklama rejimlarini imitatsiya qiladi va asosiy parametrlarni o’lchaydi hamda asosiy agregat va tizimlarning texnik xolatini aniqlaydi.
Stendlar yuklash usuli bo’yicha ikkiga bo’linadi:
- kuch stendlari: -ular yuklama moslamasi bilan jihozlangan va doimiy test rejimida ishlashga mo’ljallangan (3.1-rasm).
- inersiya stendlari: -ular maxovik massalari bilan jihozlangan va tezlab ketish test rejimida ishlashga mo’ljallangan (3.2-rasm).


a)



b)

3.1-rasm. Kuchlar orqali ishlovchi rolikli stend ko’rinishi.

Kuch stendlarida ‘gildiraklardagi tortish kuchi, ularning aylanish tezligi, transmissiya qarshiligi va yonil’gi sarfini to’’gri uzatmada, berilgan barqaror yuklama va tezlik rejimlarida, maksimal buralish momenti va dvigatelning maksimal quvvati rejimlarida o’lchaydilar.


Kuchlar orqali tortish xususiyatlarini tekshiruvchi stendlar ko’p tarqalgan bo’lib, ular quvvat ko’rsatkichlari bilan bir qatorda avtomobilning yonil’gi iqtisodiy ko’rsatkichlarini ham aniqlashga imkon beradi. Bu jihozlar 2 ta barabandan (3.2-rasm) bitta yoki 2 ta bir juft barabandan tuzilgan bo’lib, ulardan biri yuklovchi qurilmaga ulangan bo’ladi. Hozirgi vaqtda yuklovchi qurilmaning gidravlik va induksion tormozli turlari keng tarqalgan.
Тortish xususiyatlarini belgilovchi 4819M modelli stend quyidagilarni o’lchaydi: -tezlikni; tortish xususiyatlari va ‘gildirakdagi quvvatni; tezlanish vaqti va tezlanishning kerakli uzatmadagi intervalini; dvigatelning optimal sozlanganligini.
Тexnik ma’lumotlar:
1.O’lchash intervali (oraliqi);
-avtomobilning tezligi, kmsoat 10....100
-avtomobil qildiragidagi quvvat, kVt (o.k) 20....200 (27,2...272)
-tezlanish vaqti, s 0...99,9
-’gildirakdagi tortish kuchi, kN 2...20
2.Yuklanish beruvchi qurilmaning turi – elektrodinamikli, havo bilan sovutiladigan qurilma.
3.Stend parametrlari:
-bitta rolikka tushadigan maksimal vertikal yuklanish,kN 20
-rolik diametri, mm 318
-roliklar o’qlari orasidagi masofa, mm 650
-roliklar soni, 4
-pnevmotizimdagi havo bosimi, MPa,(kGksm2) 0,6...1,0(6-10)
-o’rnatilgan quvvat, kVt 6,5
Stendning ishlashi harakatning qaytarilish prinsipiga asoslangan. Sinash davrida avtomobil qo’z’galmas bo’lib, yetaklovchi ‘gldiraklar roliklarni aylantiradi. Elektrdinamik yuklovchi qurilma yetaklovchi ‘gildiraklarni yuklantiradi, elektrdinamik yuklovchi qurilmaga o’rnatilgan kuch o’lchovchi qurilma yuklanish kuchini o’lchaydi.
Stend konstruksiyasi bo’yicha bir xil bo’lgan o’ng va chap ikkita rolik blokka ega. Rolik bloklari payvandlangan rama, yetaklovchi va yetaklanuvchi roliklardan, egiluvchan muftadan, ko’targich, yuklamali va sozlash uskunadan iborat.
Avtomobil pnevmatik yuritmali ko’targich yordamida ‘gildiraklari bilan stend roligiga qo’yilgandan keyin, avtomobil dvigateli yurgiziladi va avtomobilning yetaklovchi ‘gildiraklari stend roliklarini 40 kmsoat tezlikkacha aylantiradi. Avtomobil ‘gildiraklaridagi aylantiruvchi moment oldingi yetaklovchi rolikka, so’ngra egiluvchan mufta orqali yuklovchi qurilmaga uzatiladi. Elektrdinamik yuklovchi qurilmaga uzatilgan elektr toki teskari aylanuvchi momentni hosil kiladi, bu esa stend boshqarmasidagi pultda qayd etiladi va kuch o’lchovchi qurilmada o’lchanadigan avtomobil tortuvchi ‘gildiraklarida yuklanishni hosil kiladi.
Avtomobilning rolikli stendga erkin kirishi va chiqishi yetaklovchi va yetaklanuvchi roliklar orasiga o’rnatilgan pnevmatik ko’targich orqali amalga oshiriladi. Ikki tomonlama ko’taruvchi asbob oqirligi 1,6 tonnagacha bo’lgan yukni 0,6 MPa bosim bilan ko’tarish xususiyatiga ega.
Ko’targich boshqaruv pultida joylashgan tumblerlar orqali ishga tushiriladi. Havo taqsimlagichda joylashgan elektromagnit, tumbler orqali ishga tushiriladi va u siqilgan havo oqimini silindrning pastki bo’shliqiga uzatishni ulaydi (maydonchaning tushirilishi). Maydoncha tushirilayotganda pastki bo’shliqdagi havo taqsimlagich zolotnigi orqali atmosferaga chiqib ketadi. Ko’targichni yuqori holatga keltirayotganda boshqaruv pultidagi qizil chiroq yonadi va ko’targich tushirilayotganda o’chadi.
Yuklanishli qurilma avtomobil ‘gildiraklarining tormozlanishi oqibatida vujudga kelgan elektrdinamik yuklovchi qurilma korpusidagi reaktiv moment, uning korpusiga mustahkamlangan pishang va tortgich yordamida kuch o’lchovchi datchik orqali qabul qilinib, boshqaruv pultiga uzatiladi. Reaktiv moment bosimli datchik orqali elektr signaliga aylanadi va u mikroampermetrda o’lchanadi.
Boshqaruv pulti ajraluvchi paneli, karkas konstruksiyali tuzilishga ega. Stendni boshqarish pultida o’lchash tizimidagi o’lchash apparati, kuzatuv tizimi apparati, signal apparati, elektr tizimini boshqarish apparati mavjud.




3.2-rasm. Тortish xususiyatlarini diagnostikalash inersion stendi.
1-maxovik; 2-jihoz barabanlari; 3-zanjirli uzatma; 4-elektromagnitli mufta; 5-reduktor; 6-elektrodvigatel.

Inersiya stendlarida (3.2-rasm) quvvatni to’’gri uzatmada, drosselning to’liq ochilgan xolatida, transport vositasi ‘gildiraklarining burchak tezlanishi hamda tezlab ketish vaqtini o’lchagan xolda aniqlaydilar.


Stendlar asosan transport vositasining bitta yetaklovchi ko’prigiga moslab chiqariladi, konstruksiyasida ikkita yetaklovchi ko’prigi bo’lgan transport vositalari uchun stendni yuklama moslamasi bilan bo’gliq bo’lmagan qo’shimcha barabanlar bilan jihozlaydilar. Ular tayanch barabanlari bo’lib xizmat qiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling