1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinning paydo bo`lishi. Dinlar tasnifi. Urug’- qabila dinlari


Download 0.94 Mb.
bet13/106
Sana05.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#217046
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Bog'liq
Дин Маърузалар матни 2019-2020,,,

3) jahon dinlari — dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qati nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar.

Bundan tashqari, dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik — yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik — ko‘pxudolik (hunduizm, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo‘linadi.

Xulosa qilib aytganda, metafizik umumbirlik falsafasi vakillari qarashlarida ayrim farklar bo’lishi bilan birga, ularning falsafasida umumiy tomonlar ham uchraydi. Barchasida olamning yaratilishi, insoniyatning yashashi haqida fikrlar bildirilib, gnoseologik, antropologik, psixologik va boshqa jihatlarga e’tibor qaratilgan.

1.3. Urug’- qabila dinlari. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.

Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, «ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatdi. U ibtidoiy bo’lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma’lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni engishga bo’lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko’payishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni engish va h.k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap «ongli yovvoyi» yoki «abstrakt fikrlovchi kishi» to’g’risida borayotgani yo’q, ayni jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20-50 kishidan iborat bo’lgan kichik qabila, mehnat faoliyati jarayoni (ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jihozlash, olovni saqlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug’doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida (nikoh aloqalari, tug’ilish va o’lim) ushbu jamoaning ruh homiylari, g’ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o’rtasidagi g’ayrioddiy aloqalar to’g’risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda o’zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta’sir eta olishi to’g’risidagi g’oyalar yuzaga keldi».




Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling