1. Do’ktorlik dissertatsiyasi xaqida tushuncha Doktorlik dissertasiyasini tayyorlash va rasmiylashtirish


DOKTORLIK DISSERTASIYASINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISH


Download 231.64 Kb.
bet2/22
Sana05.01.2022
Hajmi231.64 Kb.
#226986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Do’ktorlik dissertatsiyasi,maqsadi,

DOKTORLIK DISSERTASIYASINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISH


Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar

  Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attesta-siya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.

Dissertatsiyaning titul varag‘i mazkur Qoidalarning I va 1a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.



Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:

mundarija;

kirish (dissertatsiya annotatsiyasi);

asosiy qism;

xulosa;

foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

shartli belgilar va atamalar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);

ilovalar (mavjud bo‘lsa).

Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va para-graflarning nomlanishi hamda ularning beti ko‘rsatiladi.

Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’-lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon bo‘lishi kerak.

Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak:

dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;

tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (DSs) dissertatsiyasi uchun);

muammoning o‘rganilganlik darajasi;

dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi;

tadqiqotning maqsadi;

tadqiqotning vazifalari;

tadqiqotning ob’ekti;

tadqiqotning predmeti;

tadqiqotning usullari;

tadqiqotning ilmiy yangiligi;

tadqiqotning amaliy natijalari;

tadqiqot natijalarining ishonchliligi;

tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;

tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;

tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;

tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi;

dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.

Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi. Falsafa doktori (RO) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (05s) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.

Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda rasmiylashtiriladi.

Foydalanilgan  adabiyotlar  ruyxati dissertatsiya matnida havola qilingan barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi: normativ-huquqiy xujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar;

monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar;

foydalanilgan boshqa adabiyotlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.

Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dissertatsiyada foydalanilgan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular dissertatsiya va dissertatsiya avtorefeatida qayd etilishi shart.

Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar ro‘yxati qismida dissertatsiya matnida nisbatan ko‘p uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak.

Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini to‘ldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materiallar kiritilishi mumkin. Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga mos kelishi kerak.

 


Download 231.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling