1. Don jamoa va davlat xujaliklaridan kabul kilish
Kabul kilingan donni saklash korxonalarida joylashtirish
Download 42.47 Kb.
|
Don va don maxsulotlarini kabul kilish, joylashtirish va saklashning texnologik asoslari
3. Kabul kilingan donni saklash korxonalarida joylashtirish.
Donni joylashtirishda xar bir don partiyasining sifat kursatkichlari xisobga olinadi va uni kaysi maksadlarda foydalanilishi, shuningdek xar bir don partiyasining xar xil saklash sharoitlarida chidamliligi xisobga olinadi. Botanik xususiyatlari. Donning unboplik, non yopish va yorma olish xususiyatlarini belgilovchi tipi, kichik tipi, navi xisobga olinadi. Shuning uchun kelib tushgan don partiyalari navi , tipi, kichik tipiga karab aloxida-aloxida saklanadi. Don massasining namligi. Namligiga karab: kuruk va urta kuruk don massalari nam va namligi 22 % dan yukori bulgan don massasi esa xar 6 % dan keyin aloxida partiya kilib joylashtiriladi. Sholi uchun esa bu oralik 3 % ni tashkil kiladi. Kurukligi buyicha kabul kilingan don tarkibidagi namligiga karab kuyidagicha farklanadi: - kuruk don - namligi W < 14 %; - urta kuruk don - namligi W = 14,0...15,5 %; - nam don - namligi W = 15,5...17 %; - xul don - namligi W > 17 %. Don massasidagi aralashmalar soni va tarkibi. Don massasidagi aralashmalarning mikdori va tarkibiga karab xam don massasi aloxida partiyalar bilan joylashtiriladi. Tarkibida kup begona aralashmalarni saklagan don massasi siloslarda saklanilishi kerak. Toza va urta toza donlar bitta partiya kilib joylashtiriladi. Ifloslik xolati buyicha kabul kilingan don kuyidagicha farklanadi: - toza don - If < 1 %; - urta toza don - If = 1...3 %; - iflos don - If > 3 % . Don massasining xashoratlar va kanalar bilan zararlanishi. Zararkunandalar bilan zararlangan don kelib tushgandan keyin ularning tarkalishiga yul kuymaslik uchun uni boshka don saklagichlardan izolyatsiya kilingan don saklagichlarga aloxida joylashtiriladi. Bu don saklagichlar zararsizlantirish choralarini kurish uchun kulay bulishi kerak. Donni foydalanish maksadi. Bu xam joylashtirishda xisobga olinadi. Uruglik maksadidagi donlar ozuka maksadida kabul kilingan donlardan aloxida saklanadi. Boshka belgilariga karab joylashtirish. Don defektlariga karab joylashtirilishi mumkin. Usgan donlar aloxida joylashtiradi. Toshbakasimon-bit bilan zararlangan don partiyasi xam boshka donlardan aloxida kilib jщylashtiriladi. Shuningdek donlarni don saklagichlarga joylashtirish balandligi xam xisobga olinadi. Bu uning foydalanish maksadiga, xolatiga, saklash muddatiga, tipiga va texnologik xolatiga, yil fasli va korxonaning geografik zonasidan boglik. Ozuka va yem uchun foydalanishga muljallangan, aralashmalardan tozalangan kuruk don (kritik namlikdan past bulgan) balandligi cheklanmasdan saklanishi mumkin. Namligi 17 % dan yukori bulgan donni uning xarorati va yil faslidan boglik xolda 1,0-2,5 m balandlikda joylashtirish mumkin. Sovutilgan va aktiv shamollatish kurilmasi bilan uskunalangan omborlarda saklanayotgan donni yukori balanlikda joylashtirish mumkin. Download 42.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling